Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
76
Hamul shahni kishvarg‘a shoh ayladi,
Hamul elga kishvarpanoh ayladi.
Shahu mulkdin ko‘ngli ting‘och tamom,
Yana mulk azmig‘a qildi xirom.
Magar fath bo‘lg‘onda Mag‘rib zamin,
Shahi zohir aylab edi qatlu kin.
Chu razm o‘ti bo‘lmish
edi bartaraf,
Shah o‘lmish edi razm ichinda talaf.
Skandar chu fahm etti xasmin qatil,
Anga mulki ichra tilatti adil.
Dedikim: «Bu kishvar salotinidin1,
Xabarliq jahonbonliq oyinidin,
Qolibmu ekin bir aningdek kishi
Ki, qilsam ruju’ anga bu mulk ishig‘
Ani
elga shoh aylasam mustaqil
Ki, mulk o‘zgaga bo‘lmasa muntaqil».
Dedilar xaloyiq duo aylabon,
Hadisig‘a jonlar fido aylabon.
Ki: «Ofoq aro sarfaroz o‘lg‘asen,
Hamisha raiyatnavoz o‘lg‘asen.
Bu yanglig‘ kishikim qilursen so‘rog‘
Ki, andin raiyatqa yetgay farog‘.
Qabul aylagay oni yaxshi-yamon,
Kishi yo‘q, magarkim birov bu zamon,
Vale
xalq ichindin firor aylamish,
Ajab nav’ ish ixtiyor aylamish.
Tiriklar arosig‘a qilmas ubur,
Matofi emas g‘ayri – eski qubur
2
.
Hamono tiriklarda ko‘rmay vafo,
Qubur ahlig‘a aylamish iktifo.
Boshi toj tarkin qilib ixtiyor,
Bo‘lub tark toji bilan baxtiyor.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: