Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
Ko‘rar ayb dun sarf qilmoq diram,
Aningdekki, yig‘mog‘ni ahli karam.
Karamdin birovkim tihi jayb erur,
Tihi aylamak jayb anga ayb erur.
Bu ish himmat ahlig‘adur ibtilo
Ki, jaybi diram birla bo‘lg‘ay to‘lo.
Karamsizki
bor uyda maxzan anga,
Falokat bila foqadur fan anga.
Yemas elki amvol aro bo‘lsa g‘arq,
Alar birla muflislar ichra ne farqg‘
Desam ham bo‘lurkim, erur farqi kam,
Xirad ollida ko‘pdurur farqi ham
Ki, har necha bemoya bo‘lsa la’im,
Anga kimsadin yo‘qdurur
hech bim
2
.
Vale bo‘ldi chun ganjiyu maxzani,
Xaloyiq erur jonining dushmani.
Qizil tulku yoxud qaro kish kibi
Ki, bo‘lg‘ay tuki qatlining mujibi.
Sadafdekki
yiqqon uchun durri pok,
Qilurlar olur chog‘da ko‘ksini chok.
Ko‘ngul himmat ahlig‘akim bo‘ldi keng,
G‘ino birla faqr o‘ldi ollinda teng
3
.
Ne ganj o‘lsa bermakda bordur aziz,
Ne nomus
etar bergali bir pashiz
4
.
Mubohot qilmas yemaktin kuloch,
g‘amin bo‘lmas ar topsa yovg‘on umoch.
Xirad ahli chunkim taammul qilur,
Tafovut bu ikida ham topilur.
Ne
naqdeki ahli karam sarf etar,
Anga xalqdin ko‘p mashaqqat yetar.
Agar yo‘q anga bazl etar dastras
Ki, zoti aro himmati ganji bas.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: