Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
79
nav’ xirom munosibroq va Arastu yo‘qluq maqomig‘a yo‘l ko‘rguzmak va sabukborliq xiromi ohangi
tuzmak
Arastudin etti Skandar savol:
«Ki, ey fikratingg‘a
falak poymol,
Ne yo‘ldurki, maqsud erur manzili,
Ne ishdurki mahmud erur hosilig‘»
Dedi: «Xalqdin o‘zni fard aylamak,
Fano ko‘yi yo‘linda gard aylamak».
Dedi: «Ul kishikim tavongardurur,
Anga xayr ko‘prak muyassardurur».
Amalning
chu maqsud aro daxli bor,
Tavongarg‘a ko‘prak kerak e’tibor.
Birovkim savob etsa ko‘prak husul,
Anga ko‘prak o‘lg‘ay umidi vusul.
Dedi: «Xayrkim qilsa ahli manol,
Bu ishdin emastur yiroq ikki hol.
Biri ulki: mavqe’dadur ul ishi,
Ishin g‘ayri mavqe’ qilur ham kishi.
Gar ish g‘ayri mavqe’da mavjud erur,
Kishi har nekim qildi mardud erur.
Va gar o‘z yeridadurur qilg‘ani,
Ne ish qilsa maqbul tutsaq ani.
Nekim asldin topti ma’zulluq,
Ishi far’ ila bo‘ldi mashg‘ulluq.
Yerur rohzan kimki ogoh erur,
Bu yo‘lda nekim mosivalloh erur.
Birov shoh vaslig‘a qat’ etsa yo‘l,
Kerak voqif o‘lsa qaroqchidin ul.
Qaroqchig‘a bo‘lg‘on
kishi muttafiq,
Qachon shoh bazmig‘adur mustahiqg‘
Vale ulki raf’ etti budu nabud,
Gumon qilmadi Haqdin o‘zga vujud.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
80
O‘zin chunki maqsud aro qildi yo‘q,
O‘zi qolmayin, qoldi maqsudi-o‘q.
Gumon
qilma mundin biyikrak maqom,
Kishi anda chun yetti, bo‘ldi tamom».
Bu durlarnikim sochti gavharfurush,
Sadaf og‘zidek soyil o‘ldi xamush.
XIX
Iskandarning saltanat tojidin sarkashlik qilib, xilofat taxtidin ayoq tortqoni va Rum ahli boshlarin
oyog‘iga qo‘yub, aning maqdamidin taxt poyasin baland qilib, toj qadrin arjumand qilg‘onlari va
aning adli aynining quyoshi bila zulm shomining xuffoshin ko‘r etib, jahonni yorutqoni va zulm
ahlining zulmatdek olam yuzidin qiroq tutqoni
Guzorishqa ulkim, qalam qildi tez,
Qalamdin bu yanglig‘ bo‘lur nuktarez
Ki, chun Faylaqus o‘rtadin chekti raxt,
Skandarg‘a taslim etib toju taxt.
Skandarki
donoyi ofoq edi,
Bilik ichra ofoq aro toq edi.
Anga toj ila taxt tushmay qabul,
Bu andeshadin behad erdi malul
Ki, shahlig‘da haddin ko‘p ofot erur,
Ne qilsa falakdin mukofot erur.
Agar tarkiga ko‘nglini
shod etib,
Atoning vasiyatlarin yod etib.
Ko‘p oshufta qilg‘och ani bu mihan,
Ulusni yig‘ib, tuzdi bir anjuman.
Chu yaksar yig‘ildi sharifu vaze’
So‘ze qildi og‘oz behad bade’.
«Ki, ey qavmkim, mulkungiz keldi Rum
Ki, ollimda holo qilibsiz hujum.
Agar sarfaroz ar sarafgandasiz,
Bori Tengriga men kibi bandasiz.
Yeman
siz kibi, sizdin o‘ksuk base,
Atosiz, dil ozurdae bekase.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: