Alisher Navoiy.
Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
68
Qilindi chu tahqiq tadqiq ila.
Qilay emdi tadqiq tahqiq ila.
Bu yanglig‘ bayon etti ta’rixsanj
Ki, chun yovar o‘ldi saroyi sipanj.
Skandarni topti malik Faylaqus,
Yasab mulkin andoqki zebo arus.
Ochib baxshishu bazl abvobini,
Tuzatti base sur asbobini.
Mulukona
tartibu oyin bila,
Yorutti ko‘zin ul jahonbin bila.
Qilib hifzig‘a kecha-kunduz qiyom,
Fuzunroq etib dam-badam ehtimom.
Berib parvarishqa munosib xo‘rish,
Munosib xo‘rishdin topib parvarish.
Ani asramay koxu ayvon aro,
Yasab yer ko‘ngul ichra, bal jon aro.
Nechukkim tengiz durri shohonasin,
Tengiz yo‘qki, kon la’li yakdonasin.
Anga tegrukim bo‘ldi
lafzi durust,
Taallum ishi vojib o‘ldi naxust.
Naqumohis
9
ollinda dastur edi
Ki, hikmatqa olamda mashhur edi.
Sipehr avjig‘a fikri sur’atnamoy,
Falak sayridin royi mushkilkushoy.
Nazar chobukin chun qilib tezbin,
Bo‘lub noziri vajhi aynul-yaqin.
Kishi yo‘q
bilik ichra monand anga,
Arastui farzona farzand anga.
Chu tadbir ila daf’i ofot etib,
Aning royidin shah mubohot etib.
Bori ilm aro, o‘yla sohib kamol
Ki, komil aningdek topilmoq mahol.
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: