Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
87
Bu yanglig‘ qo‘yub adl bunyodini
Yarim kungacha berdi el dodini. 
Atosi zamonida har nav’ ish 
Ki, andin xaloyiqqa ozor emish, 
Tamomin ulus boshidin qildi daf’, 
Yetishsun deb andin xaloyiqqa naf’. 
Yana shohlar hodis etgan rusum 
Ki, bedod emish el aro bu umum. 
Alar tarhini buzdi bunyoddin, 
Xaloyiqni qutqordi bedoddin. 
Adolat tariqini fosh ayladi
Siyosat anga durbosh ayladi. 
Raiyatqa ma’lum etib ehtiyoj, 
Iki yil alardin ko‘tardi xiroj. 
Amal ahlig‘a qildi mashg‘ulluq, 
Yomonlarg‘a yetkurdi ma’zulluq. 
Vale yaxshig‘a taqviyat ayladi, 
Yana yaxshilar tarbiyat ayladi. 
Yana narxlarg‘a qilib ishtig‘ol, 
Og‘ir sotquchig‘a berib go‘shmol. 
Tuz aylab tarozu iki boshini
Temurdin yasab, muhr etib toshini. 
Qari ham temurdin anga bo‘ldi xos 
Ki, el bo‘ldi kam gaz olurdin xalos. 
Qaponni ham ul ixtiro ayladi, 
Qiyos ichra raf’i nizo ayladi. 
Yana tuzluk izhorig‘a tuzdi kayl 
Ki, el qilmag‘ay egrilik sori mayl. 
Yana tuzdi oltun tarozusini
Qaviy aylabon adl bozusini. 
Marohil aro qo‘ydi rahdorlar, 
Yo‘l ahlin xatardin nigahdorlar. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
88
Adolat qo‘lin tutti andoq biyik 
Ki, topti amon arslondin kiyik. 
Karak xaylig‘a qarchig‘ay darmiyon, 
Alar jo‘ja yanglig‘, bu bir makiyon. 
Yarim kungacha adl ila dod edi, 
Yana kun so‘ngg‘i yaxshi bunyod edi. 
Bu yanglig‘ chu oz vaqt tuzdi rusum
g‘ani bo‘ldilar adlidin ahli Rum. 
Ketur soqiyo, to‘ldurub jomi adl 
Ki, ko‘rguzdi Iskandar ayyomi adl! 
Taodul bila tut ani behamol, 
Icharda manga garchi yo‘q e’tidol. 
Mug‘anniy, navoda tuzub mu’tadil, 
Navosozliq qil manga muttasil. 
Qulog‘img‘a dilkash sadoe yetur
Meni benavog‘a navoe yetur! 
Navoiy, taoduldin etma udul, 
Qabul ahlidin gar tilarsen qabul! 
Chu odil shah ilgidin ichgung ayoq, 
Necha e’tidol asrasang yaxshiroq. 
Nechukkim, erur adl shahlarg‘a zeb, 
Yerur ham gado, xokirahlarg‘a zeb. 
Shahekim, adolatdur oning ishi, 
Teng ermas anga shohlardin kishi. 
XX
Adolat ayni ta’rifidakim, salotinning zulumoti zulmi orasida «aynul - hayot» jovidoniydurur va 
ichganga ziloli zindagoniy yetkurur 
Ne asmokim, ul Haq sifotig‘adur, 
Agar fikrating har bir otig‘adur. 
Ne amreki bo‘lg‘ay sifat doxili
Haq otidur ul amrning foili. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin