Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
54
Ki, umrungg‘a aylab duo jon bila.
Yeshitgan malakson sifoting sening,
Duo birla istab hayoting sening.
Falak himmating avji ollinda past,
Falak ahli xuddomingga zerdast.
Qo‘lung
himmat avjida chun ochilib,
Nujum ul diramkim, quyi sochilib.
Yeshik xayli oni qabul etmayin
Ki, jam’ aylamakka nuzul etmayin.
Diram yo‘qki, bahri kafing dur sochib,
Sahob, o‘ylakim yerga mo‘ldur sochib.
Bu yanglig‘ yog‘inlar
bila ul sahob,
Berib charx bo‘stonig‘a obu tob.
Tun ul bo‘ston ichra sunbul kibi,
Vale kun ochilg‘on sarig‘ gul kibi.
Yoyib sunbuli mushk isin dahr aro
Ki, davron shabistonin aylab qaro.
Chu sorig‘ gulin charx bog‘i ochib,
Tabaq birla oalmg‘a oltun sochib.
Aningdekki bo‘lg‘onda ul zarfishon,
Yetib borcha olamg‘a andin nishon.
Alo, to quyosh zarfishon o‘lg‘usi,
Sahob ilgi gavharfishon o‘lg‘usi.
Qadah –
bazmi ayshing aro zarnigor,
Javohir qilib oni gavharnigor.
To‘lub ul qadah la’li raxshon bila,
Ne raxshanda la’l, obi hayvon bila.
Sen ichmakka aylab anga iltifot,
Damo-damki bo‘lsun mumiddi hayot.
Ketur soqiy, ul mayki raxshandadur,
Aning nash’asi fayz baxshandadur.
Ko‘ngul
maskanin lavnidin gulshan et,
Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
Dostları ilə paylaş: