Microsoft Word navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com doc



Yüklə 3,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/268
tarix14.12.2023
ölçüsü3,29 Mb.
#180212
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   268
navoiy saddi iskandariy nazm lotin ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
493
LXV 
1. Talmih san’ati ishlatilgan (Sulaymon, Farhod va Majnunga ishora) uch baytning mazmuni: 
«Agar Sulaymonsiz qolganiga motamzada bo‘lmaganida edi, uzuk o‘z ko‘ksiga tosh urmasdi. Tog‘ 
bechora Farhodsiz jon azobi chekadi shekilli, ertayu kech sado solib, fig‘on qiladi. Dasht, joni azobda 
qolgan Majnundan ajralgani uchun, katta yo‘lda yuzini timdalab yotibdi». 
2. Olti baytning mazmuni: «Firoq dastida jabrlanuvchilarning boshidagi balo bir necha xildir: 
biri.— molu davlat ayrilig‘i bo‘lib, jahon ahliga buning ta’siri zo‘rdir. Do‘st-yordan ayriliq dog‘i ham 
kishining yurak-bag‘rini kuydglrib yuboradi: qarindosh-urug‘, tuqqan jigarlarning hajri ham yomon, u 
kishi joniga iztirob soladi, yana biri ishq dardiga mubtalo bo‘lib, birovga ko‘ngil qo‘yishdir. 
3. Ayriliqlarning hammasida azob-uqubat boru ammo hech qaysisining mashaqqati mana shu 
keyingichalik emas. Agar haqiqiy maqsadga yetishish yo‘li topilmasa, bularning barchasidan mana 
shunisi mushkuldir». 
LXVI 
1. Majnun va Layli afsonaviy shaxslar bo‘lib, ularning samimiy sevgilari haqida hikoya qiluvchi 
ko‘p rivoyat, ertak va dostonlar mavjud. Layli va Majnun Alisher Navoiyning shu nomdagi dostonida 
bosh qahramon sifatida tasvirlangan. 
2. Najd — Arabistondagi tog‘lardan biry. Afsonalarga qaraganda, Majnun ko‘pincha ana shu tog‘ 
etagida yashagai. 
LXVIII 
1. Ya’juj — afsonaga ko‘ra, xunuk bashara, bahaybat, hamma narsani nobud qiluvchi, odamxo‘r 
maxluq. 
2. «O‘ng va so‘ldan hech kimning kelishiga yo‘l qo‘ymaydilar». 
3. Besh baytning mazmuni: «Bu yerda garmsel shamollar shunday hujum bilan esadiki, bu shamol 
tekkan zahoti kishi halok bo‘ladi. U yerning hatto mo‘‘tadil hisoblangan shamoli esganda ajdaho 
bo‘lsa ham mavh etadi. U dashtning qolgan uch kunlik yo‘li esa, hammasi ilonzordan iboratdir. U 
ilonlar kofcha, af’i, ja’fariy kabi zaharli ilonlar bo‘lib, har biri u yerdagi xazinalarni poylaydigan 
ajdaholardir. Ularning soni ming tumandan oshadi, ming tuman qayoqda, balki u ilonlarning son-
sanog‘i yo‘q». 
4. Hamul turki chin — Chin xoqoni Iskandarga tortiq qilgan go‘zal ayolga ishora. 
5. Xush so‘zi xash o‘qiladi. 
6. Qirvoi sarhadi— qadimiy eron viloyatlaridan biri. 
7. Uch baytning mazmuni: «Bu tog‘ bilan zulmat o‘rtasida bir vodiy bo‘lib, yo‘l boshlovchilar u 
tarafga bora olmaydilar. U zulmat emas, jahannamdir, vodiy emas — do‘zaxdir. Qisqasi, u yer — 
ya’juj deganlarning qarorgohidir. Bu ya’juj deganimiz yuz ming tuman balodan iborat. bo‘lib, biz shu 
behisob balolardan qochganlarmiz». 
8. Bu baytda ajoyib sifatlash — parokanda soch, kichraytirish — bir qarish, mubolag‘a — uch 
quloch ishlatilgan. 
9. O‘n ming qari — taxminan o‘n ming metrga teng masofa. 
10. Rang to‘kmoq — qurilish rejasini tortmoq, ma’nosida. 
11. «Hunarmand ustalar ganch o‘rniga haftjo‘sh (etti ma’dan qotishmasi)ni biriktirib yerga 
quydilar». 
12. Birinchi arz — yer, ikkinchisi en ma’nosida ishlatilgan. 


Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy 

Yüklə 3,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin