Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
496
2. «Hamma yoqqa jar solib, katta-kichik, barchaga xabar yetkazib deyilgan.
3. Iskandariya — Misr Arab Respublikasi shimolidagi qadimiy shahar. Nil daryosi deltasining
g‘arbiy qismida. U shaharki miloddan avval 332—331 yili Iskandar Zulqarnayi qurdirgan.
4. Ajal qo‘li nog‘orasini qoqqach, bo‘yniga abadiylik tomon jo‘nash ishini soldi».
5. Fan-hikmat ahillari — olamlar
kitoblardek qora libos kiyib, ilm singari siyohga burkanib
oldilar».
6. Ikki bayt mazmuni: «Chunki bir jahon xalqi yalang‘och bo‘lib. butun dunyoga g‘avgo solar edi,
nogoh bunday qiyomat yuz berib yer ko‘kka chiqib, falak pastga tushdi (dunyo ostin-usgun bo‘ldi)».
7. Ikki baytning mazmuni: «Lekin menga falakdan, tez uchadigan yulduzlaru beparvo dunyodan
nihoyatda og‘ir zulm bo‘ldi. Sendan ilgariroq u dunyoga men yo‘l olmadim,
u yerdan jannatdan senga
bir tuzukroq joy tayyorlamadim».
8. Bu misrada Iskandarning o‘lishi quyosh botishi (xurshid uyoqti)ga, Iskandarning onasi qari
osmon (zoli charx)ga o‘xsha-tilgan.
9. Uch baytning mazmuni: «Uning tanasini olib borib, xuddi ruhni tanaga kiritgandek, qabrga
kiritdilar. Qora tuproqning bag‘rini yorib, uning ichiga quyoshni ko‘mdilar.
Oxiri quyoshning qora
tuproqqa botishi, bu ko‘hna dunyoning rasmi — odatidir».
LXXXI
1. Dostonda bir qancha olimlar obrazi mavjud. Bular Naqumohis, Arastu, Filotun-Aflotun, Suqrot,
Asqalinus, Buqrot, Hurmus, Faysog‘urs kabilardir. Ularning ko‘plari juda qadim zamonlardan boshlab
Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lib, u olimlar tomonidan yaratilgan asarlarning
ko‘pchilik qismi arab tiliga tarjima qilinganligi tufayli keng tarqalgan hamda
shu joylarda yashaydigan
olimlar tomonidan ularga sharhlar berilgan. Xalq orasida Arastu, Aflotun haqida afsona va rivoyatlar
paydo bulgan, badiiy asarlar yozilgan. Alisher Navoiy bu afsona, rivoyat, asarlar bilan tanish bo‘lgani
ehtimoldan uzoq emas. Biroq Navoiy «Saddi Iskandariy»da olimlarning tarixiy obravlarini yaratish
yoki ularning
ilmiy ishlarini bayon etish, ijtimoiy-falsafiy qarashlarini talqin etishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘ygan emas. U an’analarga amal qilgani holda, yunon olimlaridan xalos topish osonroqdir»
ning nomlarini keltirgan. Bundan maqsad esa, ular obrazi orqali o‘z davridagi ijtimoiy-siyosiy,
falsafiy
qarashlarni yoritish edi. Shuning uchun ham Navoiy olimlarni antik dunyodan o‘z zamoniga olib
kirgan. Shoir ular orqali ilm-ma’rifatni targ‘ib qiladi hamda o‘z davridagi olimlarni el-yurt uchun
foydali ishlar bilan shug‘ullanishga undaydi. Bundan tashqari, Navoiy o‘z davri hukmdorlarini ilm-fan
ahllariga homiylik qilishlarini (shoirning o‘zi bunga yorqin misol bo‘la oladi),
ularning oqilona
maslahatlarini tinglab, davlatni idora qilishni uqtiradi.
2. Bonuyi iffatpanoh — Iskandarning onasiga ishora. Bu obraz o‘zining sabr-matonati, oqil-
donoligi hamda tadbirkorligi bilan diqqatga sazovor bo‘lib, u o‘zining ko‘pgina yaxshi fazilatlari bilan
«Farhod va Shirin»da tasvirlangan Mehinbonu obraziga yaqin turadi.
3. Ikki bayt mazmuni: «Dunyo Bonusi (Iskandarning onasi) yetti daryo (etti hakim)ning yuz
qo‘yganini bilgach, ularning qadamini muborak bilib, o‘z huzuriga kirishlariga ruxsat beradi».
4. «Chunki u, dunyoning eng aqllisi, aql bobida xaloyiq ustozidir».
5. «Gavhar daryoga cho‘ksa ham bor bo‘lsin, quyosh yer tagiga botsa ham qaytib chiqsin».
6. «Shoh vasiyatlarining hammasini ortig‘i bilan amalga oshirdi».
7. Yeti ato birla to‘rt ano — yetti iqlim bilan to‘rt unsur (tuproq, suv, o‘t, havo) demak.
8. «Pand-nasihat
tahsilini olgansan, senga aqli yetuk bo‘lmagan odamgina nasihat qiladi».
9. «Bu qadimdan rasmi odat bo‘lib, ollohning sunnat va qoidasidir».
10. «Sengga haq taolo shunday fazilatlarni bag‘ishlagan ekan, bunga kupdan-ko‘p shukr qilish
vojibdir».
11. «Ularga uzr aytish yo‘li bilan so‘zga kirishib, yetti konga (etti hakim ma’nosida) bir vayrona