Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


B  AMIR TEMUR SHAXSI HAQIDA



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

2 B 
AMIR TEMUR SHAXSI HAQIDA 
Sohibqironning muxlislari uni juda chiroyli inson sifatida tasvirlaydilar. 
Ammo dushmanlari, aksincha, yuzsiz, manfur va qutsiz (baxtsiz) deya 
ta`riflaydilar. Uning vatandoshlari orasida hozirgacha tildan tilga o‘tib 
kelayotgan hikoyalarga qaraganda, Temur o‘rta bo‘yli, oqbadan kishi bo‘lib, 
zahmatli umrini doimiy jang-u jadallarda o‘tkazganiga qaramay, umrining 
oxirgi daqiqalariga qadar tanasining ko‘rkamligini saqlay olgan. Garchi 
uning bir oyog‘i oqIasa-da, urush paytida bu nuqson uncha sezilmas edi. 
Uning yangroq ovozi jang baqiriq-chaqiriqlari ichida juda uzoqqa eshitilardi. 
Faqat yoshi yetmishlarga yetgandagina ko‘zlari ozroq xira tortgan. U 
Samarqandda Ispaniya elchilarini qabul qilgan vaqtda, ular yaqin kelgachgina 
tanigan ekan. 
U davrda turk irqi eron unsurlari bilan hali ko‘p aralashmagani uchun 
Temurning yuzida mog‘ullik belgilari kuchli edi. Temurning to‘qnashuvlar 
paytida qimmatbaho ipakdan keng kiyimlar kiyganini ko‘ramiz. Hozirgi 
vaqtda o‘rta osiyoliklar shunday kiyinadilar. Bu kiyimlar o‘sha zamonda 
musulmon Osiyosida makruh sanalardi. U bosh kiyimda mo‘g‘ul, xitoy 
qiyofasiga taqlid qilib, Sharafiddin (Ali Yazdiy)ga yarashgan sallani 
o‘ramadi, balki uzun, uchli boshli kigiz bo‘rk kiyib yurdi. Bo‘rk uchiga 
cho‘zinchoq yoqut qadalgan, uning atrofi durlar va javohirlar bilan bezatilgan 
edi. Uning katta va qimmatbaho zirak taqish odati – mo‘g‘ullarga xos edi. U 
umuman tashqi ziynatlarga va ochiq kiborliklarga moyil bo‘lgan. U o‘zining 
uzoq davom etgan sohibqironlik hayotida juda ko‘p yo‘qotishlar, 
nochorliklarni boshidan kechirgan bo‘lsa-da, doimo spartaliklar kabi 
soddaligiga sodiq qolgan. 
U yoshligida otasining va ruhoniy imomlarning ta’sirida hayotga islom 
va tasavvuf nuqtayi nazaridan qaragan edi. Uning qat`iy jangovar ruhi va 
chegara bilmas hukmronlik hissi bu sifatlar bilan kurashda edi. Bu kurashda 
uning tabiatiga xos jangovarlik va hukmronlik hissi g‘olib kelgan bo‘lsa 
kerakki, u shunday deydi: “Hokimiyatni qo‘lda qilich bilangina ushlab turish 
mumkin”. U askarlariga Isfaxonni talon-toroj qilishga ruxsat berganda, 
ulamolar mahallasiga shafqat qilishni amr etgan. Hirot va Halab ulamolari 
bilan esa diniy munozaralar qurgan. O‘ziga o‘xshab fikr qilmaydigan 
kishilarga, ya`ni o‘zgacha fikrlaydiganlarga, shohona hadyalar bergan. 
Ma’lumki, Temur alloma Sharafiddin Halabiy bilan nihoyatda keskin 
munozara qilgan. So‘ngra uni himoyasiga olib, o‘zi va muridlariga (ular 2000 
ming nafardan ko‘p edi) qimmatli hadyalar berishga buyurgan. Amir Temur 
qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o‘ljasi – shu o‘lkaning rassomlari, 


170
mohir ustalari hisoblangan. U Bursa kutubxonasidagi kitoblarni yuk 
tashiydigan hayvonlarga ortib, Samarqandga ko‘chirtirgan. Endi shu kishini 
marhamatsiz deb atash mumkinmi? Binobarin, Temurni Chingiz bilan bir 
safga qo‘yish xato. U avvalo Osiyo sarkardasi edi… Uning jazosi ham 
qattiq, lekin adolatli bo‘lgan.
(Herman Vamberi. “Buxoro yohud Movarounnahr tarixi”) 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin