13
Yigit bosh chayqadi:
– Qaydam (Bilmadim)…
– Bu yerda qancha odam davolangan! Tog‘ havosi…
–…Xuddi doktorga o‘xshaysiz-a… Menga qarang, tag‘in shifokor
bo‘lmang?
– Yo‘q, – Qunduz ma’yus kuldi. – Farmatsevt bo‘lmoqchi edim…
– Kira olmadingizmi?
– Ha.
– E-e – dedi yigit. – Yana harakat qilib ko‘ring.
– O‘qish endi… – kelinchak kuldi. – Otasiz o‘sganman. Shuning uchun
amakim
nima desa, shu bo‘ladi.
– Ha –a, – dedi bosh irg‘ab Muzaffar…
* * *
Tog‘dan tushib kelyapman, – dedi Muzaffar ertasi kuni Qunduzni
ko‘rgan zahoti. Egnida qalin sviter, eshikka suyanib, hansirab turardi.
– Qalay?
–Tog‘lar o‘ksik mening ko‘nglimdek…– dedi yigit. – So‘z yo‘q!
Balandroqqa
chiqa olmadim-da, nafas qisib qoldi.
– Nega… o‘ksik? – so‘radi Qunduz deraza pardalarini surib.
– Chiqsangiz ko‘rasiz.
– Men hali chiqmaganman.
– Qo‘ying-e?!
– Ishonmaysiz-a? Bir marta 9 – sinfda lola tergani yonbag‘irgacha
borganmiz. Keyin vaqt bo‘lmadi.
– Yopiray!
– Bo‘zchi belboqqa yolchimaydi. – Qunduz xijolat bo‘lib kulimsiradi. –
Bahorda chiqmoqchimiz. Chiroyli joylar…
Muzaffarni yo‘tal tutdi. Mushtini og‘ziga tutib yotaldi, yuzlari qizarib,
yelkalari silkinar edi.
– La’nati-ey… – dedi xuruj bosilgach va yoshlangan ko‘zlarini artdi.–
Sahardan (ertalabdan) boshlanyapti-ya! Ha-a, chiroyli joylar…Kiroyi
joylar… – Javondan qora muqovali qalin kitobni oldi va o‘qishga kirishdi…
Qunduz zerikdi. Muzaffar bilan gaplashish qandaydir maroqli (yoqimli).
Ammo yigit berilib o‘qir, go‘yo uning olamda borligini unutgan edi. Qunduz
qat’iyat bilan
qimtilgan qalin lablariga, qiz bolaniki singari uzun ingichka
barmoqlariga bir-bir tikildi.
– Nima o‘qiyapsiz? – deb so‘radi nihoyat jur’at qilib.
Yigit bosh ko‘tardi.
– Gegel.
Qunduz Gegelning kimligini so‘rashga iymandi (uyaldi), tushungan kabi
bosh silkib qo‘ydi.
14
– Qiziqmi?
– Nima desam ekan? Har narsa ham qiziqsang qiziq. Faylasuf u.
– Kecha televizorda ham bir faylasuf chiqdi.
– Kim?
– Sharipovmi, Sharopovmi, shunaqa fan nomzodi bor ekan-ku?
–
Bilmadim, bo‘lsa bordir, – dedi yigit. – Bilasizmi, dunyoda nomzodlar,
bakalavrlar, doktorlar,
magistrlar, professorlar ko‘p – olimlar kam.
Kelinchak angrayib o‘tirar, g‘ayrioddiy tuyulgan bu so‘zlarni idrok
etishga (tushunishga) qiynalar edi.
O‘qimaganiga o‘ksindi. Agar o‘qiganda, u ham shunaqa chiroyli
gapirarmidi…
(Xayriddin Sultonovdan)
Dostları ilə paylaş: