Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

G R A M M A T I K A 
OTLARNING KICHRAYTIRISH, HURMATLASH VA 
ERKALASH SHAKLLARI 
O‘zbek tilida munosabat ifodalovchi kichraytirish, erkalash , hurmatlash 
otlari mavjud bo‘lib, hurmat, erkalash, kichraytirish kabi ma’nolarni 
bildiradi. Ular quyidagi qo‘shimchalar bilan yasaladi: 
˗
cha:
kuchukcha, uycha 
˗
choq, -chak, -chiq:
– toychoq, kelinchak, qopchiq 
˗
(a)loq
: qizaloq, bo‘taloq 
˗
jon:
onajon, Rustamjon
˗
xon:
Lolaxon, akaxon 
˗
oy
: Hulkaroy 
˗
begim:
Xonzodabegim 
˗
nisa:
Zaynabnisa 
˗
bonu
: Xurshidabonu 
˗
bibi:
Kumushbibi 
˗
bek:
Otabek, Azizbek 
˗
boy
: Mirzakarimboy, Tursunboy 
˗
gina:
qizgina, bolagina
˗
vachcha
: amakivachcha 
 

 
 Eslab qoling:
Otlarda son 
O‘zbek tilida ko‘plik – 
lar
qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi. 
Odam – odam
lar
, mashq – mashq
lar, 
qiz – qiz
lar.
Son+ot shaklida
 -lar 
qo‘shimchasi ishlatilmaydi: ikki o‘quvchi (ikki 
o‘quvchilar emas), uch kun ( uch kunlar emas).
 
-lar 
qo‘shimchasi ko‘plikdan tashqari hurmat ma’nosini ham bildiradi.
 
Otaml
ar, 
buvim
lar.
! Eslab qoling: 
hurmat ma’nosini ifodalash uchun ko‘plikdan oldin 
egalik qo‘shimchasi bo‘lishi 
kerak. 
Oyi
+m+lar. 
Ota
+ng+lar. 
Uchinchi 
shaxs bundan mustasno: Nigoraning buvi+
lar+i.


17
O‘zbek tilida ko‘plikdagi otlarda quyidagi hollarda
 –lar 
ishlatilmaydi: 
 
1.
 
Donalab sanalmaydigan predmetlarga nisbatan – tuz, suv, choy, 
guruch 
2.
 
Odam tanasining juft a’zolari – oyoq, qo‘l, ko‘z, lab, qosh 
3.
 
Mavhum (abstrakt) otlar – sevgi, mehr, yaxshilik, yomonlik, kuch
 
Ba’zan bunday otlarga -
lar
qo‘shimchasi qo‘shilishi mumkin, bunda 
quyidagi ma’nolar tushuniladi: 
1.
 
Donalab sanalmaydigan otlarga qo‘shilganda tur, har xillk, nav 
ma’nolari:
Supermarketda choylar ko‘p (qora choy, ko‘k choy, “Ahmad”choy). 
2.
 
Odam tanasi a’zolariga qo‘shilganda ma’no kuchayadi. 
ko‘zlari chiroyli, qoshlari qora. 
3.
 
Mavhum otlarga qo‘shilganda ma’no kuchayadi: 
yaxshiliklar, ko‘p yomonliklar. 
4.
 
Vaqt bildiruvchi otlarga qo‘shilganda taxmin ma’nosini bildiradi: 
Dushanbalari men bo‘shman. Tunlari uxlamayman. (Qaysi dushanba va 
qaysi tun ekanligi noma’lum). 
5.
 
Atoqli otlarga qo‘shilganda, ma’noni umumlashtiradi: Bugun 
Sevaralar kelishmadi-ya (Sevara va uning do‘stlari ma’nosida) . 


Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
5-mashq. 
–lar qo‘shimchasini qo‘shish mumkin bo‘lgan so‘zlarni toping. 
Ko‘p daraxt, bir gala qush, to‘rt yigit, qo‘g ‘oz, quyosh, oy, yurak, til, 
qo‘rquv, sog ‘inch, jahl, ko‘cha, oyoq, tish, shim, kuch, baxt, tarix, fan, 
bayram, din, xudo, meva. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin