Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 


22
V. 
Birinchi va ikkinchi sinfni Moskvada o‘qidim. 
1935-yilning mart yoki aprel oylarida bu azim shaharga keldik-da, 1937-
yilning avgustigacha yashadik. Otam yaxshi o‘qishim uchun astoydil jon 
kuydirardi. 
Ota-onam oddiy kishilar edi, olis bir o‘lkadan poytaxt Moskvaga – 
davlat markaziga kelib o‘qib, yashayotganlari uchun nihoyatda faxrlanardi.
Biroq… Biroq ularning Moskvadagi hayoti fojeaviy ravishda tugagan. 
1937-yil kelgan, siyosiy ta’qib otamning ham yoqasidan olib, o‘z komiga 
tortayotgandek edi… 
1937-yil avgustining oxirgi kunlarida ro‘zg‘or buyumlarimizning ko‘pini 
sotib, olti oylik singlim Rozani opichlab, to‘rt kishi yo‘lga chiqdik. Otam 
bizni Qozon vokzalidan kuzatdi. Xayrlashdik. Onamning yum-yum 
yig‘layotgan holati, otamning g‘amgin qiyofasi xuddi kechagidek ko‘z 
oldimda turibdi… 
Chingiz Aytmatov 
 

 
Matn bo‘yicha topshiriqlar 
1.
Matnning har bir qismidagi asosiy axborotni ajratib yozing.
2.
Quyidagi savollarga javob bering:
 

Yozuvchi Farg‘onani qanday tasvirlaydi? 

Yozuvchi otasi haqida qanday ma’lumotlar beradi? 

O‘sha davr haqida qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz? 

Moskvaga safar xotiralari nima bilan bog‘liq? 

„1937-yil kelgan siyosiy ta’qib otamni ham o‘z komiga tortayotgan 
edi…“ deganda qanday ta’qib haqida gapirilgan? Ma’lumot bering. 
3.
Quyidagi so‘zlar yordamida birikmalar tuzing: 
hodisa 
Namuna : favqulodda yuz berdi 
vaziyat 
 
insoniy, haqiqiy, ulug‘, taniqli, asriy, xat-savod, farahbaxsh, uzluksiz
qayg‘uli, jo‘yali, jonsarak, zalvorli, cheksiz, mutlaqo, fojiaviy. 
4. Quyidagi fe`l va iboralar ishtirokida qavs ichidagi savollarga javob 
bergan holda gaplar tuzing.
(nima bilan) birlashmoq, (qanday, qayerda) saqlanib qolmoq, (nimani) 
hal qilmoq, (nima) tashvishlantirmoq, (nimani, qanday) chiniqtirmoq,
(nima) hayratga solmoq, (nimani, qanday) tiklamoq, (nimaga) duch kelmoq, 
(qayerda) muhrlanmoq, (nima) komiga tortmoq, (nima) ko‘z oldida turmoq,
(nimadan) faxrlanmoq.


23

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin