Grammatika bo‘yicha mashqlar 1-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli fe’llarni shart maylida qo‘ying. 1. Agar u bizning shartlarimizga ….., biz u bilan shartnoma tuzamiz.
2.Sen …, biz birga ishlashimiz mumkin. 3. Agar ertaga bo‘sh vaqtingiz …,
ikkalamiz shaharni aylanaylik. 4. Uni yana yarim soat kutamiz, agar…,
ketamiz. 5. Mashina haydaganda, ko‘cha harakati qoidasini buzish mumkin
emas. Agar ...., to‘laysiz. 5. Men ertaga juda erta turishim kerak, iltimos,
agar erta… , meni ham soat 6 da uyg‘oting. 6. Agar imtihonlarga yaxshiroq
…., universitetga kirar eding.
(rozi bo‘lmoq, bor bo‘lmoq, buzmoq, tayyorlanmoq, kelmoq/kelmaslik, turmoq) 2-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying. 1. Agar sening bo‘sh vaqting bo‘l…., biznikiga kel. 2. Agar siz menga
o‘zbek tilida sekin gapir...., men gapingizni tushunaman. 3. Men testlarni
yaxshi topshir...., ota-onam juda xursand bo‘ladi. 4. Inson giyohvand
moddalarni ko‘p iste’mol qil…., ularga nisbatan tobe bo‘lib qoladi.5. U har
kuni sport bilan shug‘ullan…, sog‘lom bo‘ladi. 6. Agar sizga giyohvand
modda taklif qil….lar, “Yo‘q! Kerak emas” deb javob bering. 7. Biz o‘z
maqsadimizga erishsishni juda qattiq xohla….va unga erishish uchun juda
qattiq harakat qil…., albatta, o‘z maqsadimizga erishamiz. 8.Ular soat
uchgacha kelma…., biz boshqa kutmaymiz.
3-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli qo‘shimchalarni qo‘ying va -sa shart mayli qo‘shimchasi qaysi gapda faraz, qaysi gapda imkoniyat, qaysi gapda shart ma’nolarini ifodalayotganini aniqlang. 1. Dars tugadi. Biz ket…..maylimi? 2. Sog‘lom bo‘lishni ista……, sport
bilan shug‘ullan. 3. Bu masalani boshqacha yo‘l bilan yech….bo‘ladi. 4. Sen
har kuni ertalab yugur...., keyin hech ham charchamaysan. 5. Men o‘zbek
64
tilini yanada chuqurroq o‘rganmoqchiman. Qayerdan yaxshi lug‘at top....
bo‘ladi? 6. Bu yil yoz juda issiq bol….. kerak. 7. Vaqt juda kech bo‘ldi. Endi
u kelma….kerak. 8. Yaxshilab o‘ylab ko‘ril…, bu muammoni hal qil…
bo‘ladi.