Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 

 
 Matnni o‘qing 
 
BIZ GIYOHVAND MODDALARGA QARSHI “YO‘Q! KERAK 
EMAS” DEYMIZ! 
Narkotik yunoncha 
narkotikos
– “qotib qolish, karaxtlik” so‘zidan 
olingan. (Tilimizda giyohvand modda deb ham yuritiladi). Giyohvandlik va 
giyohvand moddalar to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar eng qadimgi tarixiy 
hujjatlarda ham uchraydi. Aleksandr Makedonskiyning miloddan oldingi IV 
asrdagi harbiy yurishlari natijasida giyohvand moddalar O‘rtayer dengizi 
mamlakatlari aholisi o‘rtasida, keyinchalik esa butun dunyo bo‘ylab tarqala 
boshlaydi. Tarixda butun bir davlatlar giyohvand moddalarning odamda 
jismoniy va ruhiy qaramlik qo‘zg‘ash xususiyatidan xalqlarni tobe qilish 
maqsadida foydalanganliklari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Masalan, 
Yaponiya, Xitoy va Koreya aholisi orasida ushbu sarxush qiluvchi vositalar 
kishilarni giyohvand moddalarga o‘rgatib qo‘yish, keyin esa ularni katta 
pulga sotish, shu tariqa bu xalqlarni o‘ziga qaram qilib olish maqsadida 
tekinga tarqatilgan. 
BMT tomonidan bu holat insoniyatga qarshi eng og‘ir 
jinoyatlardan biri deb tan olingan.
Psixotrop, ya’ni ruhiyatga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar (giyohvand 
moddalar)ni 3 guruhga bo‘lish mumkin:


61
1. Depressantlar – asab tizimi faoliyatiga og‘ir ta’sir ko‘rsatuvchi 
moddalar. Ularga ko‘knori va undan tayyorlangan: morfin, omnopon, 
pantopon, promedol, fentanil kiradi. 
2. Stimulyatorlar (rag‘batlantiruvchilar) – qo‘zg‘atuvchi moddalar. Ular 
sirasiga kokain, efedrin, «ekstazi» sidnofek, kofein va boshqalar kiradi.
3. Gallyutsinogenlar – miyaga ta’sir ko‘rsatuvchi va gallyutsinatsiya 
qo‘zg‘ovchi moddalar. Ularga nasha, marixuana, LSD va boshqalar kiradi.
Giyohvand moddalar faqat organizmga tushganidan keyin ta’sir ko‘rsata 
boshlaydi. Giyohvand modda iste’mol qiluvchilarning xotirasi 
yomonlashadi, ularning yagona maqsadi – giyohvand modda topish va qabul 
qilish. Ular boshqa biror narsa haqida o‘ylash qobiliyatini yo‘qotadilar, ota-
onalari, do‘stlari, farzandlaridan voz kechadilar. 
Giyohvand 
modda 
iste’mol qiluvchi kishi istagan paytida bundan voz kecha olaman deb 
o‘ylaydi. Aslida, organizm giyohvand moddaga juda tez odatlanadi, agar uni 
vaqtida qabul qilmasa, qattiq xumor tutadigan bo‘lib qoladi. Xumor – 
abstinent sindromidir. Bu alohida organlar bilan birga butun organizm ham 
yemirila boshlaganining alomatidir.
Giyohvand moddalar savdosi juda katta daromad manbayi hisoblanadi 
va bu ish bilan shug‘ullanuvchilar o‘z daromadlarini oshirish uchun hech 
narsadan qaytmaydilar. Ular agar giyohvand moddaga o‘rgatib qo‘yilsa, 
mo‘may daromad manbayiga ega bo‘lishlarini yaxshi biladilar. Shuning 
uchun kishini giyohvand moddalarga o‘rgatib qo‘yish va doimiy mijozga ega 
bo‘lish uchun turli usullardan foydalanadilar: giyohvand moddani bepul tatib 
ko‘rishni taklif qiladilar, ko‘ndirishga urinadilar, kishilarning zaifliklaridan 
foydalanadilar. Agar kishi ma’nan zaif va ojiz bo‘lsa, juda tez tushkunlikka 
tushib qoladi. Mana shunday insonlar ba’zan osongina ularning mijozlariga 
aylanadilar. Shu sababdan ham giyohvandlik dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda. 
Giyohvand moddalar ko‘plab iste’dodli kishilarning azobli o‘limiga sabab 
bo‘lmoqda. Giyohvand moddalar qabul qiluvchilarning asosiy qismi o‘zlari 
istamagan holda giyohvand bo‘lib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 
giyohvand moddalarni tatib ko‘rganlarning 90 foizi ularni iste’mol qilishning 
xavfli oqibatlarini hatto xayollariga ham keltirmaganlar. Ularda giyohvand 
moddalar va ularning zararli ta’siri haqida yetarli ma’lumot olish imkoniyati 
bo‘lmagan! 


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin