75
3 D
Tayanch so‘z va iboralar:
kurash, yakkama-yakka olishuv, o‘zbek
turmush tarzi, halol, harom, chala, g‘irrom, polvon, ko‘rkam, yutmoq,
yengilmoq, chil bermoq, shiddat, bellashmoq, so‘rashmoq, sakramoq,
sapchimoq, olishmoq, hayqirmoq, chalmoq,
noyob topilmalar, ommalashgan,
dovrug‘, xalqaro musobaqa, o‘zbek kurashi, murabbiy, g‘olib chiqmoq,
sovrindor.
I.
Qavsni ochib, birikmalar tuzing.
Qoida (muvofiq) bellashmoq, qadim zamon (beri/buyon) ma’lum, irodali
(qilmoq) tarbiyalash, kurash (shug‘ullanmoq) ruxsat etmoq, shu davr
(mansub)
topilmalar, raqib (qutulmoq) chorasi.
Matnni o‘qing.
O‘ZBEK KURASHI
Kurash
sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining
yakkama-yakka olishuvi. Kurashish san’ati ko‘p xalqlarda qadim
zamonlardan buyon ma’lum.
Keyingi yillarda o‘zbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida dunyo
miqyosida tan olina boshladi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va
irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi.
Shifokorlar nazorati
ostida 12 yoshdan kurash bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi. Kurashazaldan
o‘zbek turmush tarzining uzviy qismi bo‘lganligini arxeologik topilmalar,
tarixiy qo‘lyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya hududidan topilgan jez
davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri
ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa
arxeologik topilmada esa polvonlarning kurash usullarini namoyish
qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5
ming yil ilgari
ham kurash ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi bo‘lganidan dalolat
beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (2—3-a.) va boshqa tarixiy
shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari
o‘zlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar
kuyovni shart qo‘yish yo‘li bilan aniqlashgan va bu shartda kurash
musobaqasi bo‘lgan. Bunga o‘zbek xalq qahramonlik dostoni –
"Alpomish"dagi Barchin shartlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ibn Sino
"Tib qonunlari" asarida yozgan: "Kurashning turlari ham bir necha xil.
Ulardan biri: ikki kurashuvchining biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab
o‘ziga tortadi, shu bilan birga o‘z raqibidan qutulishning chorasini qiladi...".
Bu ta’rif zamonaviy kurash qoidalariga yaqindir.
76
Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk", Alisher
Navoiyning "Hamsa", "Holoti Pahlavon Muhammad", Zayniddin Vosifiyning
"Badoye’ ul-vaqoye’", Husayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomayi
sultoniy", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida kurash
haqida qimmatli ma’lumotlar bor. IX-XVI asrlarda kurash xalq o‘rtasida
keng ommalashgan. Shu davrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon kabilar
kurash dovrug‘ini oshirishgan.
2000-yilda O‘zbekistonda kurash oyligi o‘tkazildi. Bu oylik davomida 2
mln.ga yaqin kishi kurash gilamiga chiqdi. Buyuk
Britaniyada IKA faxriy
prezidenti Islom Karimov nomidagi an’anaviy xalqaro musobaqaga asos
solindi. 2001-yildan Xalqaro kurash instituti (Toshkentda) faoliyat ko‘rsata
boshladi. IKA ga 66 ta milliy federatsiya a’zo bo‘lib kirdi. Yevropa, Osiyo,
Panamerika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari tuzildi. Hozirgi paytda
o‘zbek kurashi bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi
shug‘ullanadi. Kurashning bu turi bo‘yicha jahon, qit’a va mamlakatlar
chempionatlari hamda birinchiliklari, O‘zbekistonda at-Termiziy, Pahlavon
Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan va boshqa ko‘plab
xalqaro musobaqalar
muntazam o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 22 ta olimpiyada
o‘rinbosarlari maktabi, 37 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda 206 ta
kurash maktabida o‘quvchilar sportning bu turi bo‘yicha tahsil oladilar. Oliy
o‘quv yurtlarida 100 dan ortiq kurash to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.
Kurashchilar bilan 851 nafar murabbiy shug‘ullanadi. Osiyo Olimpiya
Kengashi 2003-yilda kurashning bu turini Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritdi.
Dostları ilə paylaş: