1.Vоlеybоl turin xakamlik paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari
2. Voleybol turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish
bosqichlari
3.Xalqaro Musobaqalarda Voleybol tur bo'yicha musobaqalar o'tkazish va hakamlik qilish qonun qoydalari
Voleybol o‘yinining dastlabki rasmiy o‘yin qoidalari 1896-yilda ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo‘lgan:
- maydonchaning o‘lchami 7,6 x 16,1 m;
- to‘rning balandligi 195 sm;
- to‘pning og‘irligi 252-336 gr;
- o‘yinchilar tarkibi chegaralanmagan;
- to‘p o‘yinga maydonchani o‘ng tashqi qismida joylashgan 1x1 metrli to‘rtburchak shaklidagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo.
Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilarning o‘yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham o‘zgarib, takomillashib borgan.
1900-yil – hisob 21 ochkogacha, to‘rning balandligi 213 sm;
1912-yil – maydoncha 10,6 x 18,2 m, to‘r – 228 sm;
1917-yil – hisob 15 ochkogacha, to‘rning balandligi 243 sm;
1918-yil – o‘yinchilar soni bir jamoada – 6 ta;
1922-yil – to‘pni faqat 3 marta o‘ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m;
1925-yil – to‘p 66-69 sm, og‘irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 m;
1934-yil – to‘r ayollar uchun 224 sm.
Qoidalar rasmiy holda to‘liq 1946-yilda joriy etilgan, lekin 1951-yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi.
1947-yil – erkaklar o‘rtasida o‘yin 5 partiyadan iborat.
1950-yil – ayollar o‘yini 5 partiyadan iborat.
1952-yil – tanaffus 1 partiyada 2 marta.
1957-yil – tanaffus 1 daqiqadan 30 soniyagacha qisqaradi.
1961-yil – o‘yinchi almashtirish qoidasi tasdiqlandi.
1965-yil – to‘siq qo‘yuvchi qayta o‘ynashi (to‘pga tegishi) mumkin, u qo‘llarini raqib tomoniga o‘tkazishi mumkin.
1970-yil – chegaralovchi antenna (180 sm) joriy etildi.
1976-yil – kiritilgan to‘pga to‘siq qo‘yish.
1984-yil – to‘pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan «tegish» mumkin, to‘p o‘yinga kiritilayotganda uni to‘sish bekor qilindi.
1988-yil – eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taybreyk tarzida, ochkolar soni 2 ta farq bo‘lguncha davom etadi.
1992-yil – to‘p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin.
1998-yil – to‘p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo‘lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus olishlari mumkin; to‘p kiritish 9 metr oralig‘ida ijro etilishi mumkin; «Libero» o‘yinchisi joriy etildi.
2008-yil – to‘pni rangi o‘zgartirildi (sariq-ko‘k); to‘r oldida joylashgan o‘yinchilar to‘rni pastki qismiga tegishli mumkin.
1. Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari.
Musobaqalarning turi (birinchiliklar, saralash musobaqalari, chempionatlar, Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va boshqalar) miqyosidan (tuman, viloyat, shahar, Respublika, Osiyo, Yevropa, Jahon) qat’iy nazar, har bir musobaqa o‘ziga xos ssenariy va dastur asosida o‘tkaziladigan ochilish hamda yopilish marosimlari bilan farqlanadi. Musobaqaning ochilishi va yopilishiga doir ssenariyda rasmiy dasturlardan tashqari mahalliy, milliy va umumbashariy an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar hamda udumlarga xos turli ko‘ngilochar tadbirlar (san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblarining chiqishlari va boshqalar) joy olishi mumkin.
Musobaqaning ochilish va yopilish ssenariysida belgilangan dastur avvaldan puxta ishlab chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi.Quyida namuna sifatida musobaqaning ochilish va yopilish marosimiga doir ssenariysi keltirilgan:
- musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sadolari ostida ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni saflantrib joylashtiradi;
- bosh hakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (komanda) bilan tashkiliy qo‘mita “markazi”ga qaratadi va tantanavor ravishda kelib, tashkiliy qo‘mita raisiga ishtirokchi jamoalarning musobaqa ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot beradi;
- tashkiliy qo‘mita raisi qisqacha musobaqaning maqsadi va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida fkir yuritib, tabrik so‘zini faxriy shaxs (rahbar yoki rahbar nomidan tabriklaydigan shaxs)ga beradi;
- tabrik so‘zi yakunlanganidan so‘ng, bosh hakam ishtirokchi jamoalar nigohini davlat bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi;
- davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko‘tariladi;
- davlat madhiyasi tugab, davlat bayrog‘i ko‘tarilganidan so‘ng bosh hakam musobaqa ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga sihat-salomatlik, musobaqa o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi;
- bosh hakam ishtirokchi jamoalarni musiqa sadosi ostida maydondan olib chiqadi;
- musobaqaning ochilishi marosimidan so‘ng musobaqa jadvali bo‘yicha birinchi o‘yinda ishtirok etadigan jamoalar maydonga tashrif buyurishadi va musobaqa o‘yiniga hozirlik ko‘rishadi.
Musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalar o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng musobaqaning yopilish marosimi o‘tkaziladi.
Musobaqaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindor jamoalar (ayrim hollarda barcha jamoalar) ishtirok etadi.
Musobaqaning yopilish marosimi ham maxsus ssenariy asosida o‘tkaziladi. Ssenariyda belgilangan dastur yakunida davlat bayrog‘i tushiriladi va musobaqa yopiq deb e’lon qilinadi.
Musobaqaning yakuniy natijalari va tashkiliy ishlarning saviyasi bo‘yicha rasmiy hisobot tuziladi va ushbu hisobotning nusxalari har bir jamoa vakillariga taqdim etiladi (ilovalarda mavzuga doir andozalar berilgan).
Musobaqa Nizomi (O‘zbekiston chempionati misolida)