Chempionatning maqsadi va vazifalari:
O‘zbekistonda voleybolni yanada ommalashtirish;
voleybolni rivojlantirish va jamoalarning sport mahoratini oshirish;
mamlakatning yagona sport tasnifi talablariga muvofiq voleybolchilarga sport razryadlarini rasmiylashtirish;
- kuchli klublani aniqlash va Osiyo musobaqalarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini tuzish.
Musobaqaga rahbarlik qilish. Musobaqalar FIVB – Xalqaro voleybol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘yinlarda “Mikasa” firmasining MVP 200 rangli to‘plari qo‘llaniladi.
Musobaqaga rahbarlik qilish mas’uliyati O‘zbekiston voleybol federatsiyasiga yuklatiladi.
Musobaqa o‘yinlarini respublika hakamlar uyushmasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar guruhi boshqaradi. Musobaqaning bosh hakami vazifasiga milliy toifadagi hakam tayinlanadi.
Jamoalarni qabul qilish, joylashtirish va musobaqa o‘tkazish joylarini tayyorlash musobaqa o‘tkazilayotgan shahar klubi zimmasiga yuklatiladi.
Mehmonxona, ovqallanish va safar xarajatlari muvofiq jamoa klublari tomonidan qoplanadi.
Musobaqa o‘tkazish joyi va vaqti. Chempionatni o‘tkazish tartibi, tizimi, joylari va vaqti ishtirokchi jamoalar soniga qarab chempionatdan 1 oy oldin e’lon qilinadi.
Musobaqa ishtirokchilari. Chempionatda klublar jamoalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari, tashkilot va korxonalar, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar terma jamoalari ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining ijroyiya qo‘mitasi qaroriga muvofiq chempionatda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar O‘VF hisob raqami_____ga_______so‘m miqdorida a’zolik badali uchun mablag‘o‘tkazishlari lozim. Chempionatda ishtirok etishni tasdiqlovchi xabarnoma___yil ___oktyabrgacha taqdim etilishi shart.
Ushbu muddatdan kech taqdim etilgan xabarnoma qabul qilinmaydi va jamoa chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi.
Chempionatda ishtirok etish huquqini olgan jamoa tarkibi 22 kishi, shu jumladan, 18 nafar o‘yinchilar, 2 ta murabbiy, shifokor va jamoa rahbaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Jamoa tarkibiga ko‘pi bilan 2 nafar chet el o‘yinchilari federatsiya ruxsati bilan jalb qilinishi mumkin.
Natijalarni aniqlash. Chempionatda jamoalani guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishtirokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar sport bazasida “tur” shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan ochkolar yig‘indisiga qarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag‘lubiyat uchun 1 ochko,o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi.
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa, o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
a) barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
b) barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati;
c) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
d) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati.
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha uchrashuv natijalari bekor qilinadi va unga O‘VFning “Intizom Kodeksi”ga muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi.
Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi.
Rag‘batlantirish. Mamlakat chempioni maqomiga ega bo‘lgan joriy yilda o‘rta umumta’lim maktab, KHKIari yoki ALIarni bitirgan jamoa o‘yinchilari O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining O‘zDJTSU hamda viloyatlardagi OO‘Yurtlari jismoniy tarbiya fakultetlariga imtiyozli asosda qabul qilinish huquqini beruvchi sertifikatni olishga muyassar bo‘ladilar.
Chempion jamoa ko‘chma Kubok, qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va oltin medallar bilan taqdirlanadi.
2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar, muvofiq diplomlar: kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadilar.
O‘yinchilar O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalarda ishtirok etib kelgan natijalariga asosan O‘zbekistonning yagona sport tasnifida belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq navbatdagi sport razryadlari bilan taqdirlanishga muyassar bo‘ladilar.
2.3.2. Musobaqa o‘tkazish tizimlari
Birinchi navbatda, o‘yin tizimini tanlashdan oldin quyidagi vazifalar hisobga olinishi lozim. Uni o‘tkazish mumkin bo‘lgan muddati, qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi darajasi, musobaqani o‘tkazish uchun hududiy joylashish to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bolishi kerak. Musobaqalar aylanma, yutqazgan chiqib ketadigan va aralash tizimlar asosidao‘tkaziladi.
Aylanma tizim. Aylanma tizim bo‘yicha hamma qatnashuvchi jamoalar bir-birlari bilan uchrashishadi. Bellalashuvchilarning kuchlari o‘rtasidagi nisbatni aylanma usul, ayniqsa, obyektiv aniqlashga imkon beradi. Bu tizim tasodifiy natijalar oldini oladi va sportchilar tayyorgarligini tekshirishga va g‘oliblarni aniqlashga to‘liq imkoniyat beradi.Aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar ko‘p vaqt talab qiladi, bu uning asosiy zaif tomonidir.Aylanma tizim bo‘yicha o‘yin taqvimi quydagicha tuziladi.
O‘yinlarning navbati maxsus jadval yordamida aniqlanadi. Barcha jamoalar qur’a tashlash asosida tartib raqamlarini oladilar. Shundan so‘ng musobaqaning har bir kunida qaysi jamoalar (qur’ada tushgan raqam bo‘yicha) bir-biri bilan uchrashishi jadval yordamida aniqlanadi. Agar ishtirok etuvchi jamoalar soni toq bo‘lsa, unda har kuni bir jamoa qavs ichida raqami ko‘rsatilgan jamoa bilan uchrashadigan kun dam oladi.
Jadval tuzishda qatnashuvchilar soniga qarab vertikal chiziqlar chizib chiqiladi. Chiziqlar asosan toq olinadi. Masalan 7, 8 ta jamoa qatnashuvida 7 ta, 9-10 ta jamoa bo‘lganda 9 ta vertikal chiziq chizib olinadi.
Unda qatnashuvchilar raqami (qur’a natijasiga asosan) quyidagicha yoziladi: birinchi chiziq tagida 1 raqami qo‘yiladi, bitta chiziqdan so‘ng 2 raqami, уana bittadan so‘ng 3 raqami va boshqalar. Yuqoridagi ikkinchi chiziqdan boshlab, keyingi raqamlarning joylashishini davom ettiramiz: 4 raqami bittadan so‘ng 5 raqami va boshqalar. Oxirgi juft raqam mavjud bo‘lganda yuqoridagi raqamlar yoniga yoziladi.
Qatnashuvchi jamoalar soni besh yoki oltita bo‘lgandagi namuna:
Undan keyin 1 dan 5 gacha raqamlar egri chiziq bo‘yicha namunada ko‘rsatilganidek yozib chiqiladi.
Raqamlardan har bir vertikal chiziqning o‘ng tomonidan boshlab o‘ynaydigan juftlik kelib chiqadi va ular birinchi chiziqning pastidan yuqorisiga, o‘ngidan chapiga, ikkinchi vertikal chiziqning yuqorisidan pastiga qarab yoziladi.
23-jadval
1-kun
|
2-kun
|
3-kun
|
4-kun
|
5-kun
|
1-(6)
|
(6)-4
|
2-(6)
|
(6)-5
|
3-(6)
|
2-5
|
5-3
|
3-1
|
1-4
|
4-2
|
3-4
|
1-2
|
4-5
|
2-3
|
5-1
|
Chap tomonda turgan jamoalar maydon egalari hisoblanib, ular mehmon jamoalaning sport kiyimidan rangi bilan farq qiladigan ikkinchi sport kiyimiga ham ega bo‘lishlari kerak.
Chiqib ketish tizimi. Yutqazgan chiqib ketish tartibida o‘tkazilayotgan musobaqada uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan jamoa musobaqalardan chiqib ketadi. Bu tartibning kamchiligi shundaki, o‘yin natijasi tasodifiy bo‘lishi ham mumkin. Ustunligi shundaki, ko‘p sonli jamoalar qatnashayotgan musobaqalarni o‘tkazish uchun ozgina vaqt kerak bo‘ladi. Musobaqada ishtirok etayotgan jamoalar soni 4, 8, 16, 32 va hokazobo‘lganda, hamma qatnashuvchilar musobaqaning birinchi turidan qatnashishadi. Juftliklar tartib raqamlari yuqoridan pastga qarab tuziladi.
8 ta jamoa uchun namuna:
1
2
3
4
5
6
7
8
Agar jamoalar soni 2 ning darajasiga barobar bo‘lmasa, unda ayrim jamoalar (qur’a natijasiga ko‘ra) ikkinchi davradan boshlab qatnashadilar. Jadvalni shunday tuzish kerakki, ikkinchi turda o‘ynaydigan jamoalar soni teng bo‘lishi kerak. Birinchi davrada nechta jamoa ishtirok etishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(A – 2n) x 2, bunda A – jami jamoalar soni; n – qatnashadigan jamoalar soniga yaqin bo‘lgan daraja.
Dostları ilə paylaş: |