124
Matn bo‘yicha topshiriqlar
I. Savollarga javob bering.
1. Diniy nuqtayi nazardan til qanday talqin qilinadi?
2. Ilm-fan tilning taraqqiyot bosqichlarini o‘rganib, qanday xulosaga
keldi?
3. Til qanday yo‘l bilan takomillashib bordi?
4. Turli tillarning yuzaga kelishi qanday izohlanadi?
5. Tilning paydo bo‘lishi haqida allomalarning qanday fikrlari bor?
6. Til – bu tafakkurmi?
II. Matndan quyidagi gaplarning mazmuniga mos gaplarni toping.
1. Kishilar bir-birlari bilan til yordamida axborot almashadilar.
2.
Til uzoq davr mobaynida rivojlanib, shakllanib kelgan.
3.
Jamiyatning taraqqiy etishida tilning ahamiyati katta.
4.
Qachondir mushtarak bo‘lgan bitta tildan paydo bo‘lgan tillar endi
bir-birini boyityapti.
5.
Til jamiyatda inson faoliyatini tartibga solib turadi.
G R A M M A T I K A
O‘ZBEK TILIDA BIR HARAKATNING TURLI SHAKLLARINI
KO‘RSATISH USULLARI
(Ko‘makchi fe’llar)
O‘zbek tilida mustaqil fe’llarga qo‘shilib harakatning turli shakllarini
bildiruvchi fe’llar
ko‘makchi fe’llar,
uning yordamida hosil bo‘lgan birlik
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
deyiladi. Maxsus ko‘makchi fe’llar yo‘q. Ba’zi
mustaqil fe’llar mustaqil fe’l bilan birikib, o‘z ma’nosini qisman yo‘qotadi.
Bunday qo‘shilma quyidagi shaklda bo‘ladi:
Mustaqil fe’l + -
b,-ib
+ ko‘makchi fe’l
Mustaqil fe’l + -
a, -y
+ ko‘makchi fe’l
Masalan:
kulib yubordi, ishlay boshladi, kuta berdi
Ko‘makchi fe’l vazifasida quyidagi fe’llar kelishi mumkin
: boshlamoq,
ko‘rmoq, bermoq, turmoq, yozmoq, qo‘ymoq, o‘tmoq, yubormoq, solmoq,
kelmoq, bormoq…
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi: fe’l
Dostları ilə paylaş: