125
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi:
fe’l + -b/-ib + olmoq.
Harakatni subyekt o‘zi uchun bajarishini bildiradi.
O‘zing uchun bilib olishing kerak.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi :
fe’l + -a/-y + olmoq.
Harakatni bajarish imkoniyatiga egalik ma’nosini beradi.
Men sizga yordam bera olaman.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi :
fe’l + -b/-ib + bermoq.
Harakatning boshqa odam uchun bajarilishi ma’nosini bildiradi.
Iltimos, menga telefon raqamingizni yozib bering.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi :
fe’l + -b/-ib + turmoq.
harakatning
davomiyligi, takrorlanishini bildiradi.
Uni ko‘rib turaman (tez-tez ma`nosida).
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi :
fe’l + -b/-ib + qo‘ymoq.
Harakatning tez va oson bajarilishini bildiradi.
Ishni tugatib qo‘ying.
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi:
fe’l+ – a , -y yozmoq.
Harakatning sodir bo‘lish xavfini bildiradi:
U yiqilayozdi (ya`ni, yiqilishiga sal qoldi).
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi: fe’l +
-b/-ib + yubormoq.
Harakatning kutilmaganda bajarilganini, biror harakatni bajarishga
ko‘maklashishni, iltimosni bildiradi:
Menga ko‘rsatib yuboring. U kulib yubordi.
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar
Dostları ilə paylaş: