Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 206,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/69
tarix01.01.2022
ölçüsü206,39 Kb.
#50314
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Imom G'azzoliy. Qiyomat va Oxirat

www.ziyouz.com kutubxonasi 

10

ayollarning muhabbatini qozonish uchun zakotlarini ularga berishgan. Biz bundaylarni 



ko‘p ko‘rdik. Halol narsalar bilan Alloh taolo barchaga ofiyat bersin. 

 

Ba’zilarni ro‘zasi orqaga qaytaradi. Chunki u kimsalar yeyish-ichishdangina ro‘za tutgan, 



ammo bekorchi so‘zlardan, g‘iybat va gunoh qilishdan o‘zini tiymagandir. Bunday ro‘za 

fahsh va xusrondir. Banda ana shu tarzda Ramazon oyini o‘tkazadi. U zohiran ro‘za 

tutgan, lekin ro‘zasi qabul qilinmaydi. 

 

Ba’zi kishilarni qilgan haji orqaga qaytaradi. Chunki u riyo uchun yoki harom mol bilan 



haj qilgandir. 

 

Ba’zilarni ota-onaga oq bo‘lish kabi og‘ir gunohlari orqaga qaytaradi. Bu hollarni asror 



olamidan xabari bo‘lganlar va Alloh roziligi uchun ilm o‘rgangan olimlargina biladilar. 

 

Hozirgacha biz anglatgan xususlar to‘g‘risida Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) hadislar vorid 



bo‘lgan, sahobalar va tobe’inlardan xabarlar kelgan. Muoz ibn Jabalning (r.a.) rivoyatida 

bildirilganidek, amallarning rad qilinishi va boshqa xususlarda juda ko‘p xabarlar kelgan. 

Men bu masalani qisqaroq qilishni istadim. Agar qisqartirmaganimda bu kitob katta 

bo‘lib ketardi. Ahli sunnat e’tiqodida bo‘lganlar, ya’ni to‘g‘ri e’tiqod va iymonga sohib 

bo‘lganlar so‘zlarimizga ishonishadi. 

 

Ruh jasadga qaytarilganida jasadni yuvilayotgan holda topadi va boshi uzra g‘usli 



bitguncha qarab turadi. Alloh taolo o‘zi istagan insonlarning ko‘zidan pardani ko‘taradi 

va u kimsa o‘likning ruhini dunyodagi inson sifatida ko‘radi. 

 

Bir zot o‘g‘lining jasadini yuvayotganda tepasida o‘g‘lini ko‘rdi. Qo‘rqqanidan teskari 



qarab oldi. O‘g‘lini kafanga o‘rab bo‘lguncha shu holatni ko‘rdi. Kafanga o‘ralgach, ruh 

jasadga qaytdi. Tobutga qo‘yayotganda ruhni ko‘rganlar ham bo‘lgan. Bir necha solih 

kishilardan rivoyat qilinadiki ular tobut yonida ekanlar: "Falonchi ruh qaerda?" degan 

ovoz eshitildi. Shunda kafanning ko‘krak tomoni ikki yoki uch marta qimirladi. 

 

Robi’ ibn Haysamdan (r.a.) rivoyat qilinadiki, bir jasad yuvayotgan kishining qo‘lida 



qimirladi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) zamonlarida bir o‘lik tobut ichida gapirib, Abu Bakr 

(r.a.) va Umar (r.a.)larning fazilatlarini zikr qildi. 

 

Mayyitlarning bu hollarini ko‘rganlar farishtalar olamini sayr etgan valiylardir. Alloh qaysi 



kimsaning ko‘zi va qulog‘idan pardani ko‘tarsa, o‘sha kishi bu hollarni ko‘radi va biladi. 

 

O‘lik jasadi kafanlangan paytda ruh tashqaridan ko‘krak tomonga yaqinlashadi. Ana shu 



paytda u bunday deb baqiradi: "Meni Rabbimning rahmatiga tezroq olib boringlar. Agar 

menga ehson qilingan ne’matlarni bilsaydingiz, meni tezroq olib borardingiz". 

 

Agar yomon odam bo‘lgan bo‘lsa deydiki: "Meni ilohiy azobdan biroz kechiktirib



sekinroq olib boring. Agar meni nima kutib turganini bilsaydingiz, meni ko‘tarib 

bormasdingiz". 

 

Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir janozani ko‘rsalar, darrov o‘rnilaridan turib, 



qirq qadamcha birga yurib borardilar. 

 



Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

 

 




Yüklə 206,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin