www.ziyouz.com kutubxonasi
11
Sahih hadisda kelgandirki: Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yonlaridan bir janoza o‘tib qoldi.
Hurmat uchun Rasululloh (s.a.v.) oyoqqa turdilar. Sahobalar (r.a.): "Ey Rasululloh! Bu
yahudiy janozasi-ku", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) aytdilarki: "Nafs emasmi?!"
(Ya’ni, inson emasmi.) Rasululloh (s.a.v.) bunday qilishlarining sababi u muborak zotga
malaklar olami bildirilgan, ko‘rsatilgan. Shuning uchun bir janoza ko‘rsalar, hayajonda
bo‘lardilar.
"Halabiy"da deyiladiki, yonidan (oldidan) janoza o‘tayotgan kishi o‘lik uchun oyoqqa
turmasligi lozim. Balki janozani ko‘tarish va orqasidan yurib borish uchun turish kerak.
Rasululloh (s.a.v.) janozani ko‘rganlarida turib va o‘tib ketgandan keyin o‘tirganlar va siz
ham shunday qiling deya buyurganlar. Ammo keyinchalik bu buyruqni bekor qilgan.
"Maroq-ul faloh va "Durrul Muxtor"da ham janozani ko‘rganda hurmat yuzasidangina
o‘rnidan turishlik joiz emasligi yozilgan.
Murda qabrga qo‘yilib, ustiga tuproq tortilayotgan paytda qabr o‘likka bunday deydi:
"Mening ustimda farog‘atda eding, endi ostimda mahzun bo‘lasan. Mening ustimda
taomlar yerding, endi esa mening ostimda seni qurtlar yer". Qabr mayyit ko‘mib
bo‘linguncha, unga shunday achchiq so‘zlar aytadi.
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: "Rasulullohdan (s.a.v.) so‘radim:
– Yo Rasululloh! Inson qabrga qo‘yilgandan keyin uni birinchi qarshilaydigan narsa
nima?
– Ey Ibn Mas’ud! Buni sendan boshqa hech kim so‘ramadi. Faqat sen so‘rading. Inson
qabrga qo‘yilgandan keyin, Ro‘mon ismli bir farishta qabrga kirib deydiki: "Ey Abdulloh!
Amallaringni yoz!"
U kimsa deydiki: "Qanday yozaman? Na qog‘ozim bo‘lsa, na qalamim".
Farishta: "bu so‘zing qabul qilinmas. Sening kafaning qog‘ozing, tupuging siyohingdir,
barmoqlaring esa qalamingdir", deydi. Keyin farishta uning kafanidan bir parcha yirtib
beradi. U banda dunyoda yozishni bilmagan bo‘lsa ham, u yerda barcha savob va
gunohini xuddi bir kunda qilgandek bir pasda yozib beradi.
Keyin farishta shu yozilgan kafan parchasini o‘likning bo‘yniga osib qo‘yadi.
Shundan keyin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Isro surasining 13-oyatini o‘qidilar:
Dostları ilə paylaş: |