www.ziyouz.com kutubxonasi
13
Ba’zi odamlar "Dinim Islomdir" deya olmaydilar. Ular yo shubha uzra vafot etganlar va
vafot etguncha bir fitna qurboni bo‘lishgan. (Bular ahli sunnatdan bo‘lmagan kishilarning
so‘zlariga va kitoblariga aldanganlardir.) Buni ham uradilar, qabri olovga to‘ladi.
Ba’zi kishilar "Imomim Qur’ondir" deya olmaydilar. Chunki ular Qur’on o‘qirdilar, ammo
undan nasihat olmasdilar, uning amrlariga amal qilmasdilar va u qaytargan gunohlardan
tiyilmas edilar. Ular ham yuqoridagilar kabi muomala ko‘radilar.
Ba’zilarning esa, amali qo‘rqinchli shakl oladi Undaylarni sudrab qabrida gunohlariga
yarasha azoblaydilar. Xabarlarda vorid bo‘lganki: "Ba’zi insonlarning amali xunut
shakliga kiradi". Xunut deb cho‘chqa bolasiga aytiladi.
Ba’zilar: "Payg‘ambarim Muhammad (s.a.v.)" deya olmaydilar. Chunki ular dunyoda
sunnati nabaviyani, islomning amrlarini va nahiylarini unutgandilar. Zamonalarining
sharoiti va modasiga ergashgandilar. Bolalariga Qur’onni o‘rgatmagandilar, Allohning
amrlarini va ta’qiqlarini o‘rganmagan va o‘rgatmagandilar.
Ba’zilar: "Qiblam Ka’ba sharifdir" deya olmaydilar. Sababi namoz o‘qish uchun qiblaga oz
yo‘nalganlar yoki tahoratda xato qilganlar yoki namozda boshqa narsalarni o‘ylashgan
yoki ruku’ va sajdada qusur etishgan, ta’dili arkonga rioya qilmaganlar.
Senga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) quyidagi hadisi shariflari kifoya qiladi: "Alloh taolo
bo‘ynida namozlaridan qarzi bor kishining va haromdan kiyim kiygan (hamda najas
kiyim kiygan) kishining namozini qabul qilmaydi".
(Bundan anglashiladiki, farz namozning qazosini o‘qimagan kishilarning sunnat va nafl
namozlari qabul bo‘lmaydi.) Ba’zilar: "Ibrohim (a.s.) bobomdir" deya olmaydi. Chunki
dunyoda Ibrohimni (a.s.) yahudiy va nasroniy deb eshitgan va shubhaga tushgandi.
Bunday kishilar ham yuqoridagilarning kuyiga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |