www.ziyouz.com kutubxonasi
15
Vaqti kelganda Alloh taolo ularni tiriltirdi va o‘g‘illari payg‘ambarlarning eng ustuni
ekanini ularga ko‘rsatdi. Ular Payg‘ambarimizga (s.a.v.) iymon keltirdilar, ul zotning
ummati va sahobasi darajasiga erishish sharafiga muyassar bo‘ladilar.
Nishongizoda Muhammad ibn Ahmadning "Mir’atul koinot" kitobining 227-sahifasida
shunday deyiladi:
Rasulullohning (s.a.v.) muborak ota-onalari iymonli bo‘lganmi, yo‘qmi degan mavzuda
olimlarning fikrlari turlicha. 911 (mil. 1505) yilda vafot etgan Abdurahmon ibn Abu Bakr
Suyutiy "Masolikul-Hunafo" asarida va boshqa kitoblarida quyidagi 5 xil fikrni bildirgan:
1. Ularning ikkisi ham ba’satdan, ya’ni Payg‘ambarimizni (s.a.v.) risolatlaridan oldin,
johiliyat zamonida vafot etishgan. Shofe’iy olimlarining hammasi va xanafiy olimlarining
ko‘pchiligini fikricha biror bir payg‘ambarining da’vatini eshitmagan kishiga iymon
keltirish vojib emas. Chunki payg‘ambarning da’vatini eshitmasdan oldin iymonga aql
bilan erishish mumkin emas. Da’vatni eshitgandan keyin Allohning borligiga o‘ylab turib
iymon keltirish shart bo‘ladi. Johiliyat davrda oldin o‘tgan payg‘ambarlar unutilgan edi.
Chunki asrlar bo‘yi kofirlar, zolimlar boshqaruvni qo‘llariga olib, dinni ta’qiqlaganlar,
dindorlarga zulm va tazyiq o‘tkazganlar. Shuning uchun iymonli kishilar kamaygan,
yashiringan va shu tariqa borib-borib dinni, iymonni biladigan odam qolmagan. Ammo
zolimlarning hech biri iymonni yo‘q qila olmagan, aksincha o‘zlari qahrga uchragan, juda
ayanchli holatda saltanatlaridan ayrilishgan, niyatlariga yeta olmasdan o‘lim changaliga
tushgan, ismlari la’nat bilan tilga olinadi yoki umuman unutilgan. Alloh taolo bir
payg‘ambar yuborib, iymon nuri bilan yer yuzini yangidan yoritgan.
2. Alloh taolo suyukli Payg‘ambarining (s.a.v.) muborak ota-onasini tiriltirdi. Imom
Suyutiy (r.a.) ularning tiriltirilganini bildiruvchi hadisni yozadi va bunday deydi: "Zaif bir
hadis bo‘lsa ham, ko‘p odam rivoyat qilgani uchun quvvati bo‘lgan. Ko‘pchilik olimlarning
fikricha bu hadis quvvatli hadisdir.
3. Faxriddin Roziy (606 (mel. 1209) yilda Hirotda vafot etgan) va bir qancha olimlar
deyishadiki, Tavba surasining 28-oyatida bunday marhamat qilgandirki:
Dostları ilə paylaş: |