BESHINCHI FASL
Qabrda o‘liklar to‘rt holatda bo‘ladi. Ba’zilari tovoni ustida o‘tiradi. Tanasi to tuproqqa
aylangunicha shu holatda bo‘ladi. Keyin uning ruhi boshqa malakut olamini kezib yuradi.
Ba’zilarga Alloh taolo bir uyqu beradi. Birinchi marta Sur chalingunga qadar nima
bo‘lganini bilmaydi. Birinchi Surda uyg‘onadi va yana o‘ladi.
Ba’zilar qabrda ikki oy yoki uch oy yotadi. Keyin ruhi jannat qushiga aylanib jannatga
uchadi. Bu haqdagi hadislar sahihdir. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar:
"Mo‘minning ruhi jannat qushi bilan barobardir. Jannat daraxtlaridan birida osilib turadi".
U zotdan (s.a.v.) shahidlarning ruhlari haqida so‘ralganida shunday deganlar:
"Shahidlarning ruhlari yashil qushlarning jig‘ildonida bo‘lib, jannat daraxtlarida osilib
turardilar".
Ba’zi insonlar, xohlasalar, shu maqomlaridan yuksaladilar. Ba’zilari Sur chalingunga
qadar u yerda turishadi.
To‘rtinchi nav – Anbiyo va Avliyoga maxsusdir. Ularning ba’zilari to Qiyomatgacha uchib
yuradi va ko‘pincha kechasi ko‘rinadi. Abu Bakr Siddiq va Umarul Foruq (r.a.)
shundaylardandir.
Buni ba’zi solihlar ko‘rishgan. Bir kishi bunday hikoya qiladi. "Yo Rasululloh (s.a.v.)! Ota-
onam sizga fido bo‘lsin! Ummatingizning fitnalarini ko‘rmayapsizmi?" dedim. Shunda
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Alloh taolo bu fitnalarini ziyoda qiladi. Hazrati Husaynni ham
shohid qildilar. Mening hurmatimni saqlamadilar", dedilar.
Ulardan ba’zilari (Ibrohim (a.s.) kabi) yettinchi osmondan joy olishgan. Payg‘ambarimiz
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |