www.ziyouz.com kutubxonasi
18
yo‘qotib (jinni bo‘lib) o‘zini o‘ldirgan yoki o‘ldirishga harakat qilsa-yu, lekin yaralanib
yotib, o‘limdan oldin tavba qilsa, kofir bo‘lmaydi.) Sahih xabarda kelgandirki:
Odam (a.s.) Muso (a.s.) bilan uchrashibdi. Muso (a.s.) ul zotdan so‘rabdi: "Alloh taolo
seni qudrati bilan yaratdi va senga jon ato qildi. Seni jannatga kiritdi. Nega Unga isyon
qilding?" Odam (a.s.) unga shunday dedi: "Ey Muso! Alloh taolo sen bilan gaplashdi va
senga Tavrotni nozil qildi. "Odam Parvardigoriga yo‘ldan adashib isyon qildi" degan
yozuvni Tavrotda ko‘rmadingmi?" Muso (a.s.): "Ko‘rdim", dedi. Odam (a.s.): "Bu narsa
men isyon qilmasdan necha yil oldin taqdir qilindi?" Muso (a.s.): "Ellik ming yil oldin".
Shunda Odam (a.s.): "Unday bo‘lsa, ey Muso, qilmasimdan ellik ming yil oldin taqdir
qilingan bir gunoh bilan meni ayblayapsanmi?" dedi.
(Shu to‘g‘rida gaplashganlari "Saodati abadiya" nomli asarning ikkinchi qism elliginchi
bobida batafsilroq berilgan. Odam (a.s.) bergan javobning ma’nosi shunday ta’riflangan:
"Bu ishni qilishni iroda va ixtiyor etishimni Alloh taolo azaldan bilganini Tavrotda
o‘qiganing holda va bu ish sababli yuzaga keladigan behisob foydalarni bilganing holda
meni ayblash senga yarashmaydi".)
Sahih bo‘lgan hadisda xabar berilgandi: Rasululloh (s.a.v.) Me’roj kechasi Payg‘ambarlar
(a.s.) bilan ikki rak’at namoz o‘qidilar. Horun (a.s.) bilan salomlashdilar. Horun (a.s.)
Payg‘ambarimizni (s.a.v.) va ummatlarini duo qildi.
Idris (a.s.) bilan ham salomlashdilar. U ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.) va ummatlari
haqqiga duo qildi. Horun (a.s.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) payg‘ambarliklari
bildirilmasidan oldin vafot etgandi. Muborak ruhi ko‘rindi. Ana shu ruhoniy hayotdir.
Bu dunyo hayotidan keyin uchunchi toifa hayot ham bor. Birinchi toifa hayot bu – Alloh
taolo Odamning (a.s.) belidan chiqarib: "Men sizning Rabbingiz emasmanmi?" deganida
insonlar: "Albatta, sen bizning Rabbimizsan, yo Rabbiy" degan paytlaridir. Dunyo
hayotiga e’tibor qilinmaydi, chunki bu hayot insonning ne’matlanishiga vosita bo‘lib,
o‘tkinchi va yo‘q bo‘lguvchi imtihon yeridir.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Insonlar uyqudadirlar, o‘lgach uyg‘onadilar", deganlar.
Bu hadisi sharif uchinchi toifa hayotni, ya’ni qabr hayotini bizga bildiradi.
Qabr hayotidagi hollar marhumlarning haqiqatlari, sifatlari zohir bo‘lgan vaqtdagi
hollardir. Marhumlarning ba’zilari qabrida qoladi. Ba’zilari kezib yuradi. Ba’zilari uriladi,
qattiq azob beriladi. Buning dalili G‘ofir surasining 46-oyatidir:
Dostları ilə paylaş: |