"Sur chalindi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan
zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular
(ya’ni, barcha xaloyiq qayta tirildi va qabrlaridan) turib, (Allohning amriga)
ko‘z tutarlar".
Insonlar qabrlaridan tanalari chirigan yoki yonib kul bo‘lgan joylaridan turib ko‘radilarki,
tog‘lar titilgan paxtadek, dengiz suvsiz qolgan, yerda na chuqurlik, na balandlik
qolmagan. Yer yuzi xuddi qog‘ozdek tep-tekis bo‘lib qoladi.
Insonlar qabrlarining ustida o‘tirib, yalang‘och holda atrofga hayrat va o‘ychan holda
boqadilar.
Sahih bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: "Insonlar hammasi
kiyimsiz, yalang‘och va sunnat qilinmagan hollarida hashr qilinadilar". Ammo g‘ariblikda
kiyimsiz holda vafot etgan bo‘lsa, ularga jannat kiyimlari keltiriladi va kiydiriladi.
Shahidlarning va sunnatga (ya’ni, islom ahkomlariga) amal qilib yashab vafot etgan
solih kishilarning igna teshigichalik ham joylari ochiq qolmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
yana bir hadislarida aytganlarki: "Ey ummatim va ashobim! Siz o‘liklarning kafaniga
e’tibor beringlar! Chunki mening ummatim kafanlari bilan hashr qilinadilar. Holbuki,
boshqa ummatlar yalang‘ochdirlar". Bu hadisni Abu Sufyon (r.a.) rivoyat qilganlar.
Payg‘ambar (s.a.v.) yana shunday deganlar: "O‘liklar kafanlari bilan hashr qilinadilar".
Bir kasal yotgan kishi o‘limi oldidan: "Menga falon kiyimni kiydiringlar" deganini
eshitdim. So‘raganini kiydirmadilar. Ustidagi kalta bir kuylak bilan vafot etdi. Boshqa
biror bir kafan topilmadi. Bir necha kundan keyin tushda ko‘rildi. Juda xafa holda edi.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
"Senga nima bo‘ldi?" deb so‘ralganida: "Men istagan kiyimni kiydirmadinglar. Meni mana
shu kalta ko‘ylak bilan hashr qilinishimga mahkum etdinglar" deb javob qildi.
Dostları ilə paylaş: |