"... Allohning Payg‘ambariga ozor beruvchi kimsalar uchun esa alamli azob
bordir", ma’nosidagi 61-oyati karimasiga muvofiq: "Rasulullohning otasi
jahannamdadir" degan kishi mal’undir" ("Mir’atul koinot").
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mo‘minlar qabristoni yoniga kelganlarida: "Bu yerda yotgan
mo‘min-musulmonlarga dunyo va oxirat omonligi bo‘lsin! Ey ahli qabr! Biz inshaalloh
sizlarga yetishamiz. Siz bizdan avval ko‘chdingiz. Biz ham sizning orqangizdan keyinroq
boramiz. Ey Rabbim! Bizni va bularni mag‘firat qil va gunohlarimizni kechir" deb
marhamat qilardilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) muborak zavjalariga ham qabr ziyoratida
shu so‘zlarni aytishni buyurardilar.
Dostları ilə paylaş: |