www.ziyouz.com kutubxonasi
14
so‘ralganda: "Bir kun tahoratsiz namoz o‘qigandim, Alloh taolo meni azoblash uchun bir
bo‘rini yubordi. Shuning uchun ahvolim yomon", dedi. (Benamozlarning va namozining
qazosini o‘qimaganlarning hollari nima bo‘lishini shundan anglashimiz lozim.)
Yana bir kishi tushda ko‘rilib, undan so‘ralgan: "Alloh taolo senga qanday muomala
qildi?!" U bunday javob bergan: "Bir kun junublikdan g‘usl qilmagandim. Alloh taolo
olovdan bir kiyim kiydirdi. Shu tariqa to Qiyomatgacha meni sudrab azoblaydilar. (Har
bir musulmon kishi ota-onasiga va bolalariga g‘usl qilishni o‘rgatishi lozim.)
Yana bir kishi tushda ko‘rilib so‘raldi: "Alloh taolo senga qanday muomala qildi?" U
bunday javob berdi: "Meni yuvayotgan kishi meni ag‘darayotganda bir mix badanimni
tirnadi. Undan qattiq zahmat chekdim". Ertalab yuvgan kishidan so‘ralganda: "Men
bilmagan holda shunday bo‘lgandi", dedi.
Yana bir kishi tushda ko‘rilib: "Ahvoling qanday, sen o‘lmaganmiding?!" deb
so‘ralganida: "Ahvolim yaxshi, lekin meni ko‘mishayotganda bir tosh tushib, ikkita
suyagimni sindirdi. Men juda qiynaldim" deb javob berdi Uning qabrini ochib
ko‘rganlarida xuddi shunday bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Bir kishi o‘g‘lining tushiga kirib: "Ey noqobil farzand! Otangning qabrini tuzat! Yomg‘ir
uni vayron qildi" dedi. Uning ham qabrini ochdilar. Sel kelib, qabrni to‘ldirgan ekan.
Bir arab hikoya qiladi: "Vafot etgan o‘g‘limdan Alloh unga qanday muomala qilganini
so‘radim. U bunday javob berdi: "Ahvolim yaxshi. Ammo falonchi fosiqning qabriga
yonma-yon ko‘milganimdan unga berilayotgan azoblardan qalbimga qo‘rquv kiradi".
Shunga o‘xshagan hikoyalardan shu narsa anglashiladiki, qabr ahli qabrlarida azob
chekadilar. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘likning suyaklarini sindirishdan
qaytarganlar va bir kishi qabr ustiga o‘tirganini ko‘rganlarida: "O‘liklarga qabrlarida azob
bermanglar" va: "Tiriklar uylarida alamni va azobni qanday his qilsalar, o‘liklar ham
qabrlarida xuddi shunday alam va azobni his qiladilar", deganlar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) onalari hazrati Omina qabrini ziyorat qilayotganlarida yig‘ladilar
va hamrohlarini ham yig‘latdilar. Marhamat qildilarki:
"Rabbimdan onam uchun mag‘firat so‘rashga izn so‘radim? Rabbim Menga izn bermadi".
Va:
"Qabrini ziyorat qilish uchun izn so‘radim, izn berdi. Shunday ekan, sizlar ham qabrlarni
ziyorat qiling! Chunki ziyorat sizga o‘limni, oxiratni eslatib turadi".
(Rasululloh (s.a.v.) muborak ota-onasi uchun keyinroq izn berilganligiga doir xabarlar
bor. Chunki mo‘min edilar. Keyin tirilib, bu ummatdan bo‘ldilar.)
Bu hadisi sharif Rasulullohning (s.a.v.) muhtaram ota-onasi mo‘’min bo‘lganliklarining
ko‘rsatadi. Chunki kofirning qabrini ziyorat qilish ma’n etilgan. Ularning qabrlarini ziyorat
qilishi izni berilishi ularning mo‘’min ekanliklarini ko‘rsatadi. Mag‘firat so‘rash uchun izn
berilmaganligining ham sababi bor edi. Haq taolo Habibining hurmati sharafi uchun
muborak ota-onasini buyuk ne’matga qovushni istardi.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |