Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 206,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/69
tarix01.01.2022
ölçüsü206,39 Kb.
#50314
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Imom G'azzoliy. Qiyomat va Oxirat

www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

qochadi. O‘likning burnidan ko‘ksiga kiradi. Ko‘ksidan yuqori qismi tiriladi. O‘ladigan 



o‘lim oldi paytidagi holatiga kiradi. Harakat qila olmaydi. Ammo hamma gapni eshitadi 

va ko‘radi. Farishtalar uni qattiq savolga tutadilar, ezadilar. Tuproq unga xuddi suvdek 

bo‘lib qoladi. Qachonki qimirlasa, joy ochilib bo‘shliq hosil bo‘ladi. 

 

Bu ikki farishta: "Rabbing kim? Dining nima? Payg‘ambaring kim? Qiblang qaer?" degan 



savollarni berishadi. Alloh taolo kimni muvaffaq qilsa va kimning qalbiga haq so‘zni 

joylagan bo‘lsa, o‘shagina: "Sizlarni vakil qilib menga kim yuborgan bo‘lsa, Rabbim 

O‘sha. Mening Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), dinim 

Islomdir", deb javob beradi. 

 

Farishtalar deydilarki: "To‘g‘ri javob berdi. Dalilini keltirdi. Bizdan qutuldi". Keyin uni 



qabrining tepasini gumbazdek keng qilishadi va pastiga xushbo‘y rayhonlar to‘shashadi. 

Uning o‘ng tarafidan ikkita eshik ochib qo‘yadilar. Unga jannat qizlari kelib turadi. 

Dunyoda qilgan go‘zal amallari eng yaxshi ko‘rgan do‘sti suratida kelib, ko‘nglini 

ko‘taradi va yaxshi xabarlardan so‘zlaydi. Qabr nurga to‘ladi. Qiyomat kelguncha ana 

shunday masrur holda bo‘ladi. Qiyomatni juda-juda orziqib kutadi. 

 

Ilmi va amali ozroq bo‘lgan va malakut asroridan xabari bo‘lmagan mo‘minlarning 



darajasi bundan past bo‘ladi. Uning yoniga Ro‘mondan keyin g‘oyat chiroyli, xushbo‘y 

hidlar taratib, go‘zal kiyingan amali keladi. "Meni taniysanmi?" deb so‘raydi. 

 

U esa: "Sen kimsanki, Alloh taolo seni mening oldimga shu g‘arib holimda yubordi?" 



deydi. Shunda amali: "Men sening solih amallaringman. Qo‘rqma, mahzun bo‘lma! 

Birozdan keyin Munkar va Nakir farishtalari kelishadi va seni savolga tutadilar. Ulardan 

aslo qo‘rqma!" deydi. 

 

Keyin amali unga farishtalarga nima deb javob berish kerakligini o‘rgatadi. Munkar va 



Nakir keladi. Uni o‘tirg‘izib savolga tutishadi: "Man Rabbuka – Rabbing kim?" U oldin 

aytganimizdek: "Rabbim Alloh, payg‘ambarim Hazrati Muhammad (s.a.v.), imomim 

Qur’oni karim, qiblam Ka’bai sharif, bobom Ibrohim (a.s.). Uning millati mening 

millatimdir", deb javob beradi. Uning tili hech ham tutilmaydi. 

 

Farishtalar: "Juda to‘g‘ri aytding", deb oldingi farishtalar kabi muomala qilishadi. Ammo 



uning chap tomonidan jahannamdan bir eshik ochishadi. Jahannamning ilonu chayonlari, 

kishanlari, zahar-zaqqumlari, qaynoq (issiq) suvlari va shunga o‘xshash azoblari unga 

ko‘rsatiladi. U bundan qattiq ta’sirlanib, dodu faryod qiladi. 

 

Unga: "Qo‘rqma, bu yerning dahshati senga zarar bermaydi. Bu yer sening do‘zaxdagi 



joying edi. Ammo Alloh taolo buning o‘rniga jannatdan senga joy berdi. Orom ol, sen 

saidsan (baxtlisan)", deyishadi. Keyin do‘zax eshiklari yopiladi. Shundan keyin u uyquga 

ketadi va undan hech narsa so‘ralmaydi. 

 

Ba’zi kishilarni bu holatda tili tutiladi. Agar e’tiqodi buzuq bo‘lsa, (ahli sunnatdan 



bo‘lmasa, bid’atchi bo‘lsa), "Rabbim Alloh" deya olmaydi. Boshqa so‘zlarni ayta 

boshlaydi. Shunda farishtalar uni bir uradilar, qabri olovga to‘ladi. Keyin olov bir necha 

kungacha so‘nib turadi. Keyin yana olov hosil bo‘ladi. Ana shu holat to qiyomatgacha 

davom etadi. 

 



Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

 

 




Yüklə 206,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin