Kofirlar gapirishdan ham ma’n etiladilar. Ular xuddi tilsizdek bo‘lib qoladilar. Bu Alloh
Insonlar dunyoda qilgan ishlariga ko‘ra hashr qilinadilar. Ba’zilar cholg‘u chalish bilan
o‘qishni va zikr qilishni cholg‘u bilan amalga oshirish ham shunga kiradi. Chunki hech bir
Hayotlarida doimo musiqa chalgan va tinglagan kishilar qabrlaridan chiqqanlarida
bo‘lsin senga! Meni Allohning zikridan mashg‘ul qilding!" Cholg‘u bo‘lsa uning yoniga
qaytib keladi va shunday deydi: "Alloh taolo oramizda hukm chiqarguncha men senga
hamrohman. Ungacha ayrilmayman". Dunyoda mast qiluvchi ichimlik ichganlar sarxush
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
holda hashr qilinadilar. Boshlari, qo‘llari, oyoqlari ochiq holda ko‘chaga chiqqan ayollar,
qizlar o‘sha joylaridan qon va yiring oqqan holda hashr qilinadilar. Kim qaysi ish bilan
Allohning yo‘lidan ayrilsa, o‘sha holda hashr qilinadi.
Sahih bo‘lgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: "Sharob ichgan kishi
qiyomat kunida bo‘yniga olovdan bo‘lgan sharob idishi osilgan va qo‘lida qadah ushlagan
holda, undan yer yuzidagi eng badbo‘y narsalardan ham badbo‘yroq hid kelgan va yer
yuzidagi hamma narsa unga la’nat aytgan holida hashr qilinadi".
Ma’lum holda o‘lganlar zulm ko‘rgan o‘sha hollarida hashr qilinadilar. Sahih bir hadisda:
"Alloh yo‘lida o‘ldirilib shahid bo‘lganlar qiyomat kunida
yaralaridan qon oqib turgan
holda kelurlar. Rangi qondek bo‘lsa ham, hidi mushkdek bo‘ladi. Hashr qilingunlariga
qadar shu holda bo‘ladilar", deyilgan.
Shunda farishtalar ularni firqa-firqa, jamoat-jamoat chaqiradilar. Ularning ichida ularga
zulm qilganlar shu holda hashr qilinadilar. Insonlar, jinlar, shayton,
yirtqich hayvonlar va
qushlar bir joyda to‘planadilar. Bu paytda yer oppoq, tep-tekis bo‘lib qolgan bo‘ladi.
Farishtalar yer yuzidagi butun jonzotlarning atrofida bir halqa bo‘lib turadilar. Ularning
soni yer yuzi maxluqlarinikidan o‘n chandon ko‘p bo‘ladi.
Undan keyin Alloh taolo ikkinchi qavat osmondagi farishtalarga buyuradi va ular birinchi
qavat osmon farishtalarining xalqasini xalqa qilib o‘raydilar. Ularning soni bularning
hammasidan yigirma marta ko‘p bo‘ladi.
Keyin uchinchi qavat osmondagi farishtalar tushib ularning atrofini o‘raydilar. Bularning
soni hammasidan o‘ttiz marta ko‘p bo‘ladi.
Keyin to‘rtinchi qavat osmonning farishtalari ularning atrofini o‘raydilar. Ularning soni
oldingilarning hammasidan qirq marta ko‘p bo‘ladi.
Undan keyin beshinchi qavat osmonning farishtalari tushib, ularning atrofini xalqa qilib
o‘raydilar. Ularning soni oldingilarning sonidan oltmish marta ko‘pdir.
Eng oxirida yettinchi qavat osmondagi farishtalar tushib, ularning atrofini xalqa qilib
o‘raydilar. Ularning soni oldingilarning hammasidan yetmish marta ko‘p bo‘ladi.
Bu paytda xalq bir-birlariga aralashib ketgan bo‘ladi. Shunchalik tiqilinch bo‘lganidan
odamlar bir-birlarini bosib olishadi. Har kim gunohiga ko‘ra terga ko‘miladi. Ba’zilar
quloqlarigacha, ba’zilar bo‘ynigacha, ba’zilar ko‘ksigacha, ba’zilar yelkalariga, ba’zilar
tizzalarigacha terga botishadi. Ba’zilar chanqagan odam suv ichganida qancha terlasa,
shunchalik oz terlaydilar.
"Ashobi ray" – minbar sohibi bo‘lgandirlar. "Ashobi rashh" – oz terlaganlardir. "Ashobi
ka’bayn" (ya’ni, tizzalarigacha terga botganlar) suvda cho‘kib vafot etganlardir.
Farishtalar bu uch toifaga: "Siz uchun endi qo‘rquv va huzun yo‘qdir", deb xitob
qiladilar.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
Ba’zi oriflar menga xabar berdilarki, bular "Avvabun"lardir. Fuzayl ibn Iyoz (187 (mil.
803) yilda Makkada vafot etgan) va boshqa unga o‘xshaganlar shu toifadandirlar.
Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.): "Gunohga tavba qilgan kishi hech gunoh qilmagan kishi
kabidir" deganlar. Bu hadisi sharif mutloqdir. Ya’ni, bir shartga bog‘liq emas. Bu uch
toifa ahli ray, ahli rashk, ahli ka’b.
Dostları ilə paylaş: