Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Shunda Odam (a.s.) Alloh taolodan so‘radi: "Ey Rabbim! Jahannam ahlining amali
nima?"
Alloh taolo unga shunday marhamat qildi: "Menga shirk keltirishlik, yuborgan
payg‘ambarlarimga ishonmaslik va Ilohiy kitoblarimdagi amr va qaytariqlarimga amal
qilmasdan, Menga isyon qilishdir".
Shunda Odam (a.s.) Alloh taologa shunday duo qildi: "Ey Rabbim! Bularni o‘zlariga
guvoh qil. Ular jahannam
ahlining amalini qilmaydilar, deb umid qilaman". Alloh taolo
ularning nafslarini guvoh qilib:
"Men sizlarning Rabbingiz emasmanmi?!" deb so‘radi. Ular: " Sen Rabbimizsan. Biz
guvohlik beramiz", deyishdi. Ularning bu tasdiqlashlariga Alloh taolo Odam (a.s.) va
farishtalarni ham guvoh qildi. Bu ahdlashuvdan keyin ularni yana oldingi makonlariga
yubordi. Chunki ularning hayotlari faqat ruhoniy hayot bo‘lib, jismoniy hayot emas edi.
Alloh taolo ularni Odam (a.s.)ning beliga joylashtirdi. Barcha Ruhlarni qabz etib,
Arshning xazinalaridan birida saqladi.
Otaning nutfasi onaning qornida qaror topib, bolaning jismoniy surati tugagunigacha
jonsiz bo‘ladi. Malakutiy bir javhar bo‘lgani uchun jasadni o‘ldirish man qilindi.
Alloh
taolo ona qornida jonsiz bo‘lgan bu jasadga ruh berishni murod qilganidan, Arshning
xazinalarida ma’lum muddat muhofaza qilgan ruhni jasadga iroda etadi, ya’ni kiritadi.
Shunda bola qimirlay boshlaydi. Ko‘p bolalar ona qornida harakat qiladi. Onasi buni
ba’zan biladi, ba’zan bilmaydi. Alloh taolo ruhlardan: "Men sizning Rabbingiz
emasmanmi?!" deb so‘ragan Miysoq kunidan keyingi o‘lim, ya’ni ruhni Arshning
xazinalariga yuborishi birinchi o‘limdir va ona qornidagi hayot esa ikkinchi hayotdir.
Dostları ilə paylaş: