IKKINCHI FASL
Shundan keyin Alloh taolo insonga hayoti davomida rizq-ro‘z beradi. Ma’lum bo‘lgan ajali
kelgunicha, to rizqi tugaguniga qadar unga umr berib, dunyodagi o‘limi yaqinlashganida,
to‘rtta farishta keladi, ulardan biri insonning ruhini o‘ng oyog‘idan, ikkinchisi chap
oyog‘idan, uchinchisi o‘ng qo‘lidan, to‘rtinchisi chap qo‘lidan tortadilar. Inson ko‘pincha
o‘z joni g‘ar-g‘ara holiga kelmasidan oldin "Olami malakut"ni ko‘ra boshlaydi va
farishtalarni, o‘z qilgan amallarining haqiqatini olamlarda ro‘y berayotgan ko‘pgina
hollarni ko‘radi. Agar gapira olsa, ularning mavjudligini gapirib beradi. Ko‘pincha
ko‘rayotgan narsalarini shaytonning ishi deb o‘ylaydi. Tildan qolgunigacha harakat
qilmaydi. Shunda yana farishtalar ruhini barmoq uchlaridan tortadilar. Xuddi
bo‘g‘ilgandek xirillab nafas ola boshlaydi. Fojir Odamning ruhi xuddi insonning ichidan
tikanni tortib olgandek qiynab chiqarib olinadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) xabar
berganlar. Bu holatda o‘layotgan kishi qornini tikan bilan to‘ladek his qiladi. Ruhini igna
teshigidan o‘tayotgandek, osmon Yerga qulab tushganu, o‘zini uning ostida qolgandek
his qiladi.
Hazrati Ka’b ul Ahbor (r.a.) dan: "O‘lim qanday bo‘ladi?" deb so‘rashdi. U kishi aytdiki:
"Bir kishining ichiga bir tikan shoxini qo‘yib kuchli bir odam tortsa, uning ichini qanday
kesib,tilib chiqsa xuddi shunga o‘xshaydi".
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |