Hisobdan keyin hamma insonlar Sirot ko‘prigidan o‘tkaziladi. Sirotdan o‘ta olmay
yiqilgan mujrimlar Jahannam tubiga, azob farishtalariga topshiriladi. Ular baqirib yig‘alay
boshlaydilar. Mo‘minlarning osiylari ham do‘zaxga kirayotganlarida dahshatga tushib
yig‘lay boshlaydilar. Farishtalar jinoyatchilarni do‘zaxga tashlarkan:
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Buyuk faryod – jahannam ahli eng ko‘p faryod ko‘tarib yig‘iladigan to‘rt joydan birinchisi
– sur chalingan paytda; ikkinchisi – do‘zax farishtalari qo‘lidan qutilib, mahshar ahliga
qarab ketayotgan paytda; uchinchisi – Odam (a.s.) Alloh taologa shafoatchi yuborish
uchun chiqqan paytda; to‘rtinchisi – ular do‘zaxning azob farishtalariga topshirilgan
paytda.
Do‘zaxiy bo‘lganlar do‘zaxga ketgach, arosat maydonida faqat mo‘minlar, muslimlar
xayru ehson qilganlar, oriflar, siddiqlar, valiylar, solihlar, shahidlar va rasullar qoladilar.
Iymonlarida shubhalari bo‘lganlar, munofiqlar, zindiqlar, bid’at sohiblari (ya’ni, ahli
sunnat e’tiqodida bo‘lmagan mo‘minlar) ham do‘zaxga ketishadi. Alloh mahsharda
qolganlardan: "Ey insonlar, Rabbingiz kim?" deb so‘raydi. Ular: "Alloh taolodir", deb
javob berishadi. Alloh taolo: "Siz uni bilasizmi?" deb so‘raydi. Ular: "Ha bilamiz, ey
Rabbimiz", deyishadi. Shunda ularga Arshi a’loning chap tarafidan bir farishta ko‘rinadi.
U farishta shu qadar bahaybatki, agar yetti dengiz barmog‘ining uchiga qo‘yilsa, bir
tomchidek bo‘lmaydi. U farishta mahshardagilarga Allohning amri bilan ularni imtihon
uchun: "Men sizning Rabbingizman", deydi. Ahli mahshar: "Sendan Alloh taologa
sig‘inamiz", deyishadi.
Undan keyin Arshi a’loning o‘ng tarafidan bir farishta ko‘rinadi. U ham shunday
bahaybatki, agar oyog‘ining uchi bilan bir bossa, o‘n to‘rt dengiz ko‘rinmaydi. U ahli
mahsharga: "Men sizning Rabbingizman", deydi. Ahli mahshar: "Sendan Alloh taologa
sig‘inamiz", deyishadi.
Shundan keyin Alloh taolo ularga o‘zlari istagandek g‘oyat yumshoq va xush muomala
qiladi. Mahshar ahlining hammasi sajda qiladilar. Haq taolo ularga: "Sizlar shunday bir
joyga keldingizki, siz uchun begonalik va qo‘rquv yo‘qdir", deydi.
Alloh taolo barcha mo‘minlarni Sirot ko‘prigidan o‘tkazadi. Mo‘minlar darajalariga ko‘ra
jannatga o‘tkaziladi. Insonlar guruh-guruh o‘tadilar.
Oldin Rasululloh, keyin nabiylar, keyin siddiqlar, keyin valiylar, oriflar, keyin xayru ehson
qilganlar, keyin shahidlar, keyin qolgan mo‘minlar o‘tadilar. Musulmonlar gunohlari afv
etilmaganlar o‘ta olmaydilar, ba’zilari A’rofda mahbus bo‘lib qoladilar. Iymoni zaifroq
bo‘lganlardan ba’zilari Sirotdan yuz yilda, ba’zilari esa ming yilda o‘tadilar. Muhimi
do‘zaxda yonmaydilar.
Kimki Parvardigorini ko‘rsa, do‘zaxga kirmaydi. Ular baxtli insonlardir. Ko‘pchiligi
Sirotdan xuddi chaqmoqdek tez o‘tadilar. Ko‘plari ochlik va suvsizlikdan shunaqa
qiynalishadiki, narsalardan tutun chiqadi. Ular kosalari ko‘kdagi yulduzlar soniga, suvi
kavsar irmog‘idan, kattaligi Quddusdan Yamangacha va Adandan Madinai
munavvaragacha bo‘lgan Kavsar hovuzidan suv ichadilar. Bu hol Payg‘ambarimizning
(s.a.v.): "Mening minbarim hovuzim ustidadir" – ya’ni minbarim Kavsar hovuzining ikki
qirg‘og‘ining biri ustidadir, deganlari bilan sobitdir. Kavsar hovuzlaridan uzoq bo‘lganlar
qabohatlarining darajasiga ko‘ra Sirotda hibs qilinadilar.
Ko‘p insonlar yaxshi, mukammal tahorat olmaydilar. Ba’zi namozxonlar namozlarini
xushu’ va xuzu’ bilan o‘qimaydilar. Agar uni chumoli chaqsa, namozini to‘xtatib, chumoli
bilan mashg‘ul bo‘ladi. Holbuki, namoz paytida oriflarning qo‘llarini yoki oyoqlarini
kesishsa ham, bu narsa ularni namozdan chalg‘itmaydi. Chunki ularning ibodatlari Alloh
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
uchundir. Alloh taoloning huzurida turgan kishi Uning azamatini his qilgan holda,
tafakkur qilgan holda xushu’ qiladi, qo‘rqadi. Shunday bo‘ladiki, podshohlardan birining
huzurida insonni chayon chaqsa ham, sabr qiladi. Podshohga hurmat uchun
qimirlamaydi ham. Bu insonlarning bir maxluqning huzuridagi holatidir.
Ammo Alloh taoloning huzurida turgandachi, Uning haybat, saltanat, azamat, jabarut,
qahru g‘azabini his qilgan holda ko‘proq xushu’da,xuzu’da bo‘lish talab qilinadi.
Ibodat qilgani holda zulm qilgan, tavba qilgan bo‘lsada, mazlumni topolmaganidan
dunyoda halollasha olmagan bir kishi haqida hikoya qilinadiki, u Alloh taoloning huzuriga
keltiriladi. Dunyoda halollashmagan qul haqlari bo‘lsa, ma’lum qilinadi. Mazlum uning
yoqasiga yopishadi. Alloh taolo mazlumga: "Ey mazlum! Yuqoriga qara" deydi. U
yuqoriga qarab bir saroyni ko‘radi. Kattaligi va chiroyi aqlni oladi. Mazlum: "Ey Rabbim!
Bu nima?" deb so‘raydi. Alloh taolo: "Bu saroy sotiladi. Mendan uni sotib olasanmi?"
deydi. Mazlum: "Ey Rabbim! Uning haqini to‘lashga menda hech vaqo yo‘q", deydi. Alloh
taolo: "Birodaringni kechirib xalos qilsang, saroy senikidir", deydi. Shunda mazlum: "Ey
Rabbim! Sening amring sababli undagi haqqimdan voz kechdim", deydi.
Alloh taolo tavba qilgan zolimlarga shunday muomala qiladi. Alloh taolo Isro surasining
25-oyatida shunday marhamat qilgan:
Dostları ilə paylaş: