"Parvardigoring fazlu rahmatidan faqat adashgan kimsalargina noumid
bo‘lurlar", ya’ni, Hijr surasining 56-oyati karimasi bilan xitob qiladi. "Bor, seni
mag‘firat qildim", deydi.
Yana bir kishi do‘zaxdan chiqadi. Alloh taolo: "Ey bandam, do‘zaxdan chiqding. Qaysi
amaling bilan jannatga kirasan?" deb so‘raydi. U banda: "Ey Rabbim! Men ojizman,
ozgina narsadan boshqa narsa so‘ramayman", deydi. Unga jannatdan bir daraxt
ko‘rsatiladi. Alloh taolo: "Sen ko‘rgan shu daraxtni senga bersam, boshqa narsa
so‘ramaysanmi?" deb so‘raydi. U odam: "Ey Rabbim! Izzat va jaloling haqqi, boshqa
narsa so‘ramayman", deydi. Alloh taolo: "Bu Mendan senga hadya bo‘lsin", deydi. U
daraxtning mevasidan yeb, soyasida dam olgandan keyin, undan ham go‘zalroq boshqa
bir daraxt ko‘rsatiladi. U odam haligi daraxtga maxliyo bo‘lib qoladi. Alloh taolo: "Senga
nima bo‘ldi? Senga bu daraxt yoqib qoldimi?" deb so‘raydi. Banda: "Ha, ey Rabbim!"
deydi. Alloh taolo: "Senga uni ham bersam, boshqa narsa so‘ramaysanmi?" deb
so‘raydi. Banda: "So‘ramayman, ey Rabbim" deydi. U daraxtning mevasidan yeydi,
soyasida dam oladi. Undan ham go‘zalroq bir daraxt ko‘rsatiladi. U odam bu daraxtga
ham mahliyo bo‘lib qoladi. Alloh taolo: "Senga buni ham bersam, boshqa narsa
so‘ramaysanmi?" deb so‘raydi. Banda: "Izzat va jaloling haqqi, so‘ramayman, ey
Rabbim", deydi. Shunda Alloh taolo rozi bo‘lib, u mo‘min bandasini mag‘firat qiladi va
jannatga kiritadi.
Oxiratda bo‘ladigan Allohning qudratini ko‘rsatadigan ishlardan biri: Bir kishi Allohning
huzuriga keltiriladi. Alloh taolo uni hisob-kitob qiladi. Savob va gunohlari tortiladi. U
kimsa hozir Alloh taolo faqat meni hisob qilyapti, deb o‘ylaydi. Ammo unday emas.
Chunki bu paytda hisobini faqat Alloh taolo biladigan miqdordagi kishilarning hisobi
qilinadi.
U yerda bir kishi ikkinchisini ko‘rmaydi. Biri ikkinchisining so‘zini eshitmaydi. Chunki har
kim Allohning pardalari ostidadir. Subhonalloh, bu qanday buyuk quvvat va qudratdir.
Bu haqda Alloh taolo Luqmon surasining 28-oyatida marhamat qilgan:
Dostları ilə paylaş: |