"Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron
vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga
uchirib ketgan (kimsa) kabidir". U ruh yerga tushgach, bir zaboniy uni tutib sijjiynga
olib boradi. Sijjiyn yerning ostida yoki jahannamning tubidagi tosh bo‘lib, kofir va
fosiqlarning ruhlari o‘sha yerga olib boriladi.
Yahudiy va nasroniylarning ruhlari Kursidan qabriga qaytarib yuboriladi. Agar ular
haqiqiy o‘z dinlarida (buzilmagan yahudiylik va nasroniylik) bo‘lsalar, o‘z jasadlarining
yuvilayotganini kuzatib turadilar.
Mushrik, ya’ni e’tiqodsiz kishilar hech narsa ko‘ra olmaydi. Chunki u dunyo osmonidan
haqir qilib qaytarilgan.
Munofiqlarning ruhi xuddi ikkinchi toifa ya’ni, mushriklar kabi Alloh taoloning qahriga
uchragan holda qabriga qaytariladi.
Ibodatda xato (qusur) qilgan mo‘’minlarning holati turlicha bo‘ladi. Ba’zilarni o‘qigan
namozi orqaga qaytaradi. Agar biror kishi namozini xuddi xo‘roz don cho‘qigandek tez-
tez o‘qisa, namozidan o‘g‘irlik qilgan bo‘ladi. Uning namozi bilan yuziga uriladi.
So‘ngra namoz yuqoriga ko‘tarib: "Sen meni zoe etganingdek, Alloh taolo ham seni zoe
qilsin", deydi.
Ba’zilarni zakoti orqaga qaytaradi. Chunki unday kishilar odamlar ko‘rsin deya, falonchi
zakotini beryapti, sadaqa qilyapti, deyishlari uchun zakotini beradi. Va ko‘pincha
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |