Odil Yoqubov “ulug’bek xazinasi”



Yüklə 38,63 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü38,63 Kb.
#143202
\'\'ulug\'bek xazinasi\'\' maxsus savol javob


Odil Yoqubov

ULUG’BEK XAZINASI”


maxsus savol-javob

Ilm martabasi martabalarning eng ulug’idir.

@UZTILIM

ULUG’BEK XAZINASI” I


1.Asarda yoʻlbars terisi yopilgan kursi kimga tegishli edi?
Javob:Ulugʻbek
2.Amir Temur tugʻilgan yilda qaysi sayyoralar bir-biriga yaqin kelgan?
Javob:Mushtariy (Yupiter) va Zuhro
3.Shohruh Mirzo vafotiga necha yil boʻlgan edi?
Javob:2 yil
4.Xoqoni Said atalmish podshoh?
Javob: Shohruh Mirzo
5.Shohruh Mirzo vafotidan soʻng qaysi shaharlarning osmonidan qora bulutlar arimay qoldi?
Javob: Movarounnahr va Xuroson
6.Temuriy shahzodalar orasida kimning qilichi oʻtkir chiqdi?
Javob:Ulugʻbek Mirzo
7.Ulugʻbek mirzoning toj valiahdi?
Javob: Abdullatif
8.Rajab oyining boshlarida Ulugʻbek Abdullatifga qarshi qayerga otlanishga majbur boʻldi?
Javob:Jayhun (Amudaryo)tomon
9.Ulugʻbek oʻtgan kuni rasadxonaga kelganida kimning "Riyoziyot"(Matematika)asarini varaqlab chiqadi?
Javob:Qozizoda Rumiy
10.Ali Qushchi Ugʻugʻbek huzuriga ketayotganida yoʻlini toʻsib,qayerga ketayotganini soʻragan suyukli shogirdi?
Javob:Miram Chalabiy
11.Ali "Qushchi" nomini nima uchun olgan?
Javob:Ulugʻbek bilan ovga chiqqan paytda,ne-ne asov otlarni jilovlab,bir lahzada oʻziga oʻrgatib olganligi sabab.
12.Tilovat qilayotgan qorining mungli ovozi qayerdan kelayotgan edi?
Javob:Qusam Ibn Abbos dahmasidan
13.Ulugʻbek nima uchun Ali Qushchi ha "xaloskorim" derdi?
Javob:Ulugʻbekni yoʻlbars hamlasidan qutqrgani uchun
14.Hamma davlat va hamma shoh va fotihlarning tarixini besh qoʻlday biladigan zukko donishmand?
Javob:Mirzo Ulugʻbek
15.Zarrin toʻn kiyib,kamariga oltin bandli shamshir taqqan,shahar dorugʻasi?
Javob:Mironshoh
16.Soxt-sumbati kelishgan,qop-qora soqoli oʻziga juda yarashgan amir?
Javob:Sulton Jondor
17.Mashvarat qatnashchilaridan faqatgina kim Ali Qushchi bilan salomlashadi?
Javob: shayxulislom Burhoniddin
18.Uning sal toʻlisha boshlagan novcha boʻy-bastida,misday qoramtir uzunchoq yuzida,qalin qoshlari tagidan tikilib qaragan nigohida ham temuriylarga xos kishini oʻziga rom etuvchi shiddat,ham qandaydir pinhoniy majruhlik bor edi.Ushbu tasvir kim haqida?
Javob:Mirzo Ulugʻbek
19.Davrning "Aflotuni" boʻlmish, soch-soqoli oppoq obraz?
Javob: Qozizoda Rumiy
20.Ulugʻbek Mavoraunnahrga qancha muddat podshohlik qiladi?
Javob:40 yil
Uzbek philology📚:
21.Mavlono Muhiddin oʻz qizini kimga nikohlab beradi?
Javob:amir Ibrohimbek tarxonning kenja oʻgʻliga
22.Mirzo Ulugʻbek Abdullatifga qarshi qoʻshin tortib ketganida,Abdulaziz kimni qatl ettiradi?
Javob:Ibrohimbekning oʻgʻli
23.Kimning husnixati xina qoʻyilgan barmoqlariday nozik va goʻzal edi?
Javob: Xurshidabonu
24.Yigirma chogʻlik talabalar bir mullavachani dafn etgani borishganda,shayx Nizomiddin Xomush ularni asosini havoda silkitib haydagani qaysi asarda keltirilgan?
Javob:"Ulugʻbek xazinasi"
25.Sirli nimqorongʻi xonada,tprdagi quyma tilladan yasalgan naqshinkor taxtda bir paytlar kim oʻtirgan?
Javob:Amir Temur
26.Maxfiy xonadagi sandiqdagi boyliklar Amir Temur kimni tor-mor etganda qoʻlga kiritilgan?
Javob:Boyazid
27.Ugʻugʻbek Ali Qushchiga tillalarni tangaga alishtirmoqchi boʻlsa kimda murojaat qilishni aytadi?
Javob:Xoʻja Salohiddin zargar
28.Ulugʻbekning suyukli navkari?
Javob:Bobo Husayn Bahodir
29.Bobo Husayn Keshdan qanday xabar olib keladi?
Javob:Kesh dorugʻasi Amir Kamoliddin qal'a kalitini Abdulatifga topshirgani
30.Cherik yigʻish fikri kimdan chiqadi?
Javob:Bobo Husayn
31.Amir Temur qaysi oʻgʻliga:Amirlarni sodiq boʻlsin desang,qilichingni ilgingda mahkam ushla"-,degan
Javob: Shohruh Mirzo (Hirotda)
32.Al qasosil minalhaq.Ushbu soʻz kimning tilidan aytiladi?
Javob:Mirzo Ulugʻbek
33.Ugʻugʻbekning fikricha,qayerga boʻlgan shafqatsiz yurish uchun Haq taolo uni oʻz mehridan mosuvo qildi?
Javob:Xuroson
34.Ulugʻbekka kim uning sarkardalari Hirotdagi qishloqlarnigina emas,hatto yoʻqsillar va gadolar xonaqolarini ham talon-taroj qilganliklarini aytib,temuriylar Ollohning qahriga duchor boʻlishini aytadi?
Javob:Hirotlik telba darvesh
35.Kimning kirdikorlari sabab Hirot saroyida nizo-nifoq avj oldi?
Javob:Gavharshod begim

36.Uzun boʻyli,koʻk koʻylak kiyib,boshiga roʻmol oʻragan,qoʻlidan tasbehi tushmaydigan,xushsurat xotin boʻlsa ham,farishtasi yoʻq obraz?


Javob:Gavharshod begim
37.Gavharshod qachondan boshlab koʻk ipak kuladi bilan koʻk roʻmolini tashlamas,goʻyo sohibqiron uchun to oʻlgunicha motam tutar?
Javob:Amir Temur vafotidan soʻng
38.Qayer fisq-u fujur uyasiga aylanadi?
Javob:Hirot
39.Gavharshod kimlar bir-biriga qayrab qoʻyadi?
Javob:Alouddavla va Abdulatif
40.Gavharshod kimga "shohi Sharif"(Buzuq shoir) deb nom toʻqidi?
Javob:Ulugʻbek
41.Naqshbandiylar jamoasi rahnamosi kim va uning domiga ilingan obraz?
Javob: Nizomiddin Homush,Abdulatif ilinadi
42.Tilla bandlik poʻlat shamshir kim tomonidan in'om etilgan edi?
Javob: Amir Temur
43."Kitobdir" nomi bilan atalgan obraz?
Javob:Miram Chalabiy
44.Sahroyi mangʻit urugʻidan boʻlgan eng suyukli soʻzi "boʻtalogʻim" boʻlgan Ali Qushchining onasi?
Javob:Tillarini
45."Sultonlardan olis yurmoq kerak,qirq yil jahongirga mahram boʻlib,ne ortirdim?"-,deb aytgan obraz?
Javob:Ali Qushchining otasi
46.Amir Temur Qohiradan keltirgan kitoblarini kimga qarshi yurish qilganida olib keladi?
Javob:Sulton Boyazid
47."Xizonat ul-hikmat" qayerda joylashgan?
Javob:Bagʻdodda
48.Bundan 5-6 yil oldin,Ulugʻbek tilla evaziga qayerlardan allomalarni chaqirtirib oladi?
Javob: Hindiston va Chin
49.6 jildlik tabarruk asarlar kimga tegishli va ular qayerdan keltirilgan?
Javob: Xorazmiy,Bagʻddodan
50.Jomiul-ulum atalmish?
Javob:Ibn Sino
51.Uning asarlari?
Javob:"Kitob ush-shifo","Kitob un-najot"
52.16 jildlik donishmandlik majmua kimga tegishli?
Javob:Forobiy
53.Beruniy qanday asar bitgan?
Javob:Koinot sirlariga bagʻishlangan "al-Qonun al-Mas'udiy"
54.Ulugʻbek qaysi asarni koʻp mutolaa qilar va tez topib olish uchun firuza rang jildga oʻratgan edi?
Javob:"al-Qonun al-Mas'udiy"
55.1.Donishlar donishi?;2.riyoziyat ilmining piri?;3.munajjimlar sarvari?;4.jannatmakon ustoz ?
Javob:1.Marvaziy;2.Fargʻoniy va Samarqandiy;3.Tusiy;4.Qozizoda Rumiy
56.Kim bu ilm maskaniga kirganida kitobga qoʻl uzatishdan avval duo oʻqir,yuziga surtar edi?
Javob:Rumiy
57.Kimning murakkab riyoziyot masalalarini muloyim ovozda yechib berganidan Ali Qushchi musiqa tingalgandek boʻladi?
Javob:Rumiy
58.Ali Qushchi necha yosh?
Javob:Qirqdan oshgan
59.Qop-qora soqoli koʻksiga tushgan,koʻzlari yonib turgan barvasta darvesh?
Javob:Qalandar Qarnoqiy
60.Asli Qarnoq qal'asidan bilan,20 yil muqaddam qipchoq xoni Bayroq oʻgʻlon Sigʻnoq va Yassini bosib olganida Ulugʻbekdan madad tilab kelgan obraz?
Javob:Qalandar Qarnoqiy
61.Baroqxonga qarshi boʻlgan janglarda mislsiz jasorat koʻrsatgan?
Javob:Qarnoqiy
62.Muhiddining qizi kim va Inha kimning ishqi tushdi?
Javob:Xurshida bonuga Qarnaqiyning
63.Kim shoirni nevarasiga nomunosib topdi?
Javob:Xoʻja Salohiddin zargar
64.Qoʻli boʻsh kunlari rastalarga kelib, ustalarning ishiga razm solib,suhbatlashishni yoqtiradigan shaxs?
Javob:Ali Qushchi
65.Boshida toʻq havorang ipak roʻmol,egnida toʻpigʻiga tushgan havorang shoyi koʻylak,kobuliy kavush,ohuning koʻzlariday katta kiprik koʻz?
Javob:Xurshida bonu
66.Kimning ovozi ham chehrasiday muloyim va xiyol mayus edi?
Javob: Xurshida bonu
67.45 yoshlar chamasidagi, qosh-koʻzlari qizinikiday qop-qora,oq-sariqdan kelgan,nozikkina,boʻychan bir odam?
Javob:Mavlono Muhiddin
68.Ulugʻbek qaysi shogirdini juda suyar edi va shu sababli yoshligiga qaramay mudarrislikka koʻtarib,katta nafaqa tayin qilgan?
Javob:Mavlono Muhiddin
69.Salohiddin zargar oʻgʻining orqasidan qanday nomga sazovor boʻldi va qaysi soliqdan ozod boʻldi?
Javob:"Tarxon" nomi;tamgʻa soligʻidan
70.Yetmishga borgan bu cholning qaddi-qomati, uzunchoq oppoq yuzi,hatto kiyinishidan qandaydir pinhoniy bir goʻzallik bor,oʻziyam mushtdekkina boʻlsa-da,zuvalasi pishiq.Ta'rif kim haqida?
Javob: Salohiddin zargar
71.Ustodning non-tuzini unutgan shogird koʻr boʻlur.Ushbu fikr kimning tilidan aytiladi?

Javob:Ali Qushchi


72.Payʼambar alayhissalom qayerni makruh deb bilganlar?
Javob:Haramxona
73.Qari tulki?
Javob: Salohiddin zargar
74.Arabiy oq bedov ot Ulugʻbekka kim tomonidan hadya etilgan?
Javob:Bagʻdod xalifasi
75.Hind podshosining ovdagi voqeasi,ya'ni burgutining oʻz oʻgʻliga aylanib,koʻzini choʻqqishi qaysi asarda keltirilgan?
Javob:"Ulugʻbek xazinasi"
76.Ulugʻbek necha yoshida Mavoraunnahr taxtiga oʻtiradi?
Javob:14
77.Ulugʻbek chorak asr avval koʻrgan tushida,qayerda edi va unga kim koʻringan edi?
Javob: Yassaviy maqbarasida;nosuyukli xotini Ogʻabegim
78.Egnida qora movut chakmon,boshida uchi nayzasimon mis dubulgʻa,belidagi kamarida oltin sopli qilich.Ushbu ta'rif kim haqida?
Javob:Amir Temur
79.Amir Temur ham,Ulugʻbek ham qaysi shaharga mehr qoʻyishgan?
Javob:Kesh
80.Keshdagu odam kirsa,adashib qoladigan bogʻ?
Javob:"Bog'i bihisht"

80.Keshdagu odam kirsa,adashib qoladigan bogʻ?


Javob:"Bog'i bihisht"
81.Asr namozi uchun toʻxtashgan paytda,tamaddiga yolgʻiz kimni chaqiradi?
Javob: Shayxulislom Burhoniddin
82.Qirqlarga borgan,soch-soqoliga bitta ham oq oralamagan,koʻrinishidan nimjon boʻlsa ham, iqtidorli odam;padari buzrukvori Isomiddinday dono boʻlmasa ham,Ulugʻbekni shayxlarning fisq-u fasodlaridan muhofaza qiladigan?
Javob: Shayxulislom Burhoniddin
83.As-salotin zillaloxu fil arz birikmasining tarjimasi?
Javob:Sultonlar Ollohning yerdagi koʻlankasi
84.Amir Temur pirim deb qoʻl bergan Sayid Baraka qaysi jangda tosh olib,takbir sadosini oʻqib na'ra tortib,gʻalaba qozonishga yordam beradi?
Javob:Toʻxtamishxon bilan boʻlgan jangda
85.Ulugʻbek kimni ahvolni bilish uchun joʻnatgan edi va qaytib kelganida yalangbosh,poygakda yumalab yotar edi?
Javob:Sulton Jondor
86.Kimning yuzi toshdan oʻyib yasalganga oʻxshar edi?
Javob: Ulugʻbek
87.Andulatifning lashkari qancha edi?
Javob:40mingdab ortiq
88.Ulugʻbek yulduzlarga necha yil oshifta boʻldi?
Javob:50 yil
89.Amir Temur qaysi yulduzlar bir-biriga yaqin kelganida tugʻilgan?
Javob:Zuhro va Mushtariy
90.Dorussaltana dorugʻasi hisoblanmish,60lardan oshgan,yon,norgʻul odam?
Javob: Mironshoh
91.Samarqand qozisi?
Javob:Xoʻja Miskin
92.Qalandarboshi hisoblanimish,gʻilay darveshning laqabi?
Javob:"Qashqir"
93.Qalandar Qarnaqiy ilk sheʼrlarini qayerda bitgan va kim sabab?
Javob:Mutolaa xonasida;Xurshida bonu
94.Qarnaqiy va Xurshida bonu qayerda uchrashadilar?
Javob: Muhriddining bogʻida keksa yongʻoq tagida
95.Ustodini ranjitmoq,oʻz padarini ranjitmoq bilan barobarligi kimning xayolidan oʻtadi?
Javob: Qalandar Qarnoqiy
96."Bilmaysan"radifli bayti kim tomonidan bitilgan?
Javob: Xurshida bonu
97.Dunyo mening deganlar…
Ushbu bayt kimning tilidan aytiladi?
Javob: Qalandar Qarnaqiy
98.Innaolloho maassobirin soʻzining maʼnosi?
Javob:Olloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.(Xomush tilidan)
99.Mullo,mufti boʻlganlar,nohaq da'vo qilganlar…
Ushbu bayt kimning tilidan aytiladi?
Javob: Qalandar Qarnaqiy
100.Qarnaqiyning piri kim edi?
Javob: Bahovuddin Naqshband
101.Abdulatif kimning tarbiyasini oldi?
Javob:Gavharshod (Gavharshodni oʻzi zindonband etadi)
102.Ulugʻbek Abdulatifga qayerni in'om etgan?
Javob:Balx

103.Ulugʻbekning suyukli enagasi;keng yuzli,burni tugmadekkina,koʻzlari qisiq bir xotin?


Javob: Saroymulkxonim
104.Qaysi shaharlar orasi olis edi?(2 farsax kelardi)
Javob: Samarqand va Dimishq
105.Samarqandning darvozasini kim berkitadi?
Javob: Mironshoh
106.Ulugʻbekning jiyanlari?
Javob:Abdulla va Abu Said Mirzo
107.Shohruhiya qal'asi boshligʻi?
Javob: Ibrohim Poʻlat oʻgʻli
108.Rasadxonada lahim borligini kimlar bilar edi?
Javob:Ulugʻbek va Ali Qushchi
109.Baland tepalikning yonbagʻriga oʻyib kirilgan katta gʻor egasi?
Javob:Temur Samarqandiy
110.Kim Samarqandiyning oldiga kelib,Temurnikiday qilichni yasashni aytadi?
Javob: Shohruh Mirzo
111.Samaeqandiyni kim qatldan qutqaradi?
Javob: Ulugʻbek
112.Samrqandiy yasagan qilich bilan nechta sarabdor oʻldiriliadi?
Javob:32 ta va uning akasi
113.Oʻz yogʻiga oʻzi qovurilib oʻtirgan obraz?
Javob: Ulugʻbek
114.Asarda Ulugʻbekning yoshi nechada?
Javob:55dan oshgan
115.Hutbada kim Ulugʻbekdan xun talab qiladi?
Javob:Sayyid Abbos
116.Ilm oʻrganmoq har bir erkak va ayolga farzdir.Ushbu hadis kimning tilidan aytiladi?
Javob: Ulugʻbek
117.Eshon?
Javob:Ubaydulla Xoʻja Ahror
118.Kimning yuzi goʻyo ganchdan yasalgan niqobday sovuq tuyulardi?
Javob: Abdulatif

ULUG’BEK XAZINASI” II



1. Qo'lida nayakisi bo'lgan, ko'pdan beri qaychi tegmagan qalin soqoli ko'ksiga tushgan chol kim?
J: Temur Samarqandiy
2. Mirzo Ulug'bek va Ali Qushchi ov qilishga chiqqanida ko'rgan g'or qayerda edi?
J: Urgut tog'larida
3. Mana shu Urgut tog'ida Amir Temurga nasha chektirgan, Amir Temur esa boda tutgan shaxs kim edi?
J: Usta Temur Samarqandiy
4. G'ordagi Ali Qushchi o'tirgan to'nkada Amir Temurdan keyin kim o'tirgan edi?
J: Shohrux mirzo
5. Shohrux mirzo Samarqandga tashrif buyurganda, mashhur temirchiga qilich yasattirmoqchi bo'lganda, temirchi bosh tortgan, Shogrux Mirzo uni o'ldirishga buyurganda, temirchini kim qutqarib qoladi?
J: Mirzo Ulug'bek
6. Temur Samarqandiy Amir Temur lashkarida kim bo'lib ishlagan?
J: aslahasoz
7. Temur Samarqandiy yasagan qilichlarning dong' qayergacha ketgan?
J: Yamandan Yasangacha
8. Temur Samarqandiy Amir Temurga yasab bergan sopi oltindan, o'zi po'latdan bo'lgan qilichi bilan Amir Temur kimni o'ldiradi?
J: Temur Samarqandiyning akasini
9. Temur Samarqandiyning og'asi qayerda o'ldiriladi?
J: Ko'ksaroy maydonida
10. T. Samarqandiyning akasiga qo'shilib yana necha kishi o'ldiriladi?
J: o'ttiz ikki o'g'il
11. Usta necha yil davomida Badaxshon, Balx, Hirot, Bag'dod, Makkani kezadi?
J: 4 yil
12. "Devonaning ishini Xudo o'nglar ekan", - deb kim aytadi?
J: T. Samarqandiy
13. O'n ikki oy-u besh kun deganda ustaninh ko'ziga qayer ko'rinadi?
J: Movarounnahr
14. Usta qayerga kelib yiqiladi?
J: Jayhunga
15. Ilm dargohidan suv ichmagan, ammo Hirot, Bag'dod, Damashqda, ko'p madrasai oliylarda hovli supurib, ko'p donishmandlarning xizmatini qilgan shaxs kim?
J: usta Temur Samarqandiy
16. Oltin ne, temir ne—farqi yo'a bo'lgan shaxs kim?
J: usta
17. "Sen qashqir bo'lsang, men yo'lbars bo'lurman" deb kim aytadi?
J: Qalandar Qarnoqiy
18. To'tiqushdek sayragan kim?
J: Qashqir
19. Ulug'bek necha yil hukmronlik qildi?
J: salkam qirq yil
20. "Shohlar hayoti ular barpo etgan mahobatli koshonlarga o'xshaydur" deb qaysi asarda aytilgan?
J: "Ulug'bek xazinasi"
21. Ulug'bek Abdullatifga yo'llagan ikki maktubida nimalarni so'ragan edi?
J: 1-qolgan umrini ilm-ma'rifatfa bag'ishlashga imkon berishini
2-otalik nasihatini qilmoqchi, adolatga chaqirmoqchi
22. Abdullatif o'tkazgan xutbada kim unga yukunib, a'lo hazratlaridan xun dovlagan edi?
J: Sayid Abbod
23. Sayid Abbosning soxta dovini birgina kim rad qilgan?
J: Xoja Miskin
24. Bo'tako'zli ma'yus kanizak kimning darsxonasid ta'lim olgan muslimalardan edi?
J: Mavlono Muhiddin
25. Mirzo Ulug'bekka qarigan chog'ida hayot in'om etgan bir oftob kim?
J: bo'tako'zli ma'yus kanizak
26. Dorussaltana qoziyul quzzoti kim?
J: Xoja Miskin
27. "Murofaa" so'zining ma'nosi nima?
J: diniy sud
28. Ulug'bek shahzodani so'raganida, kim "ul shahnatun najaf dahriy shoh ila yuzlashmoqni gunohi azim, deb biladur" deb aytadi?
J: Shayx
29. "Mo'minlarni yo'ldan urgan murtadni murtad demoq gunoh emas, savobi azim" erur, - deb kim aytadi?
J: Shayx
30. "Yaxshilik ham, yomonlik ham—bari Allohdandir" deb kim aytgan?
J: Shayx
31. Ilm o'rganmoq har bir erkak va ayolga farzdir", deb kim aytgan?
J: Ulug'bek
32. O'rta bo'y, to'ladan kelgan, bitta ham oq tushmagan saqichday qop-qora soqoli ko'kragini qoplagan, tasbeh o'girgan yo'g'on, kalta barmoqli inson kim?
J: Eshon Ubaydullo Xo'ja Ahror
33.Ulug'bekning xayolidan "Bul shayx ul-mashoyix ham Shoshdan yetib kelibdur-da" degan fikr o'tganda kimni nazarda tutadi?
J: Ubaydullo Xo'ja Ahror
34. Nimasi bilandir Amir Temurga o'xshagan, bobosiday novcha, qotma, qiyg'ir burun, ko'zlari sal qisiq, alang-jalang ko'zida bobosiga yot bo'lgan allaqanday sarosima bo'lgan shaxs kim?
J: Abdullatif
35. "Bu toj-u taxtd ne sehr, ne sir-asror bor ekankim, unga o'ltirgan har bir kimsa darhol o'zgaradi" deb kim aytgan?
J: Ulug'bek
36. Ulug'bekning fikricha, "qora burgut" kim?
J: Abdullatif
37. Amir ush-shuaro kim?
J: Umar Xayyom
38. Abdullatifdan shafqat tilamoq ajdahodan jon tilamoq bilan barobar ekanligini kim aytgan?
J: Ulug'bek
39. Bir qinga ikki qilich sig'maydi deb qo'rqqan shaxs kim?
J: Abdullatif
40. "Fatvoi ulamo—muhri Xudodir" deb kim aytadi?
J: Abdullatif
41. "Sohibi toj so'zi bu ulamoyi kiromlar uchun vojib ul-imtisoldir" deb kim aytgan?
J: Mirzo Ulug'bek
42. "Fozil-u fuzalo qorong'ida adashib yurgan bashariyatning qo'lidagi yorug' mash'aldur" deb kim aytadi?
J: Ulug'bek
43. Tarnob jangida muzaffar yorlig'i kimning nomiga bitilgan edi?
J: Abdulaziz
44. Ulug'bek qaysi qal'adagi Amir Temur tillalarini Abdullatifdan tortib olgan edi?
J: Ixtiyoriddin qal'asida
45. "Ota rozi—Xudo rozi" deb kim aytadi?
J: Ulug'bek
46. "Al qasos ul-minalhaq" deb kim aytadi?
J: Ulug'bek
47. Ali Qushchi bilan to'rt tuyani yetaklab Urgut tog'lariga ketayotgan Ulug'bek madrasasining o'n olti-o'n yetti yashar mullavachchasi kim?
J: Miram Chalabiy
48. Abu Rayhon Beruniyning qaysi kitoblari bir qop bo'ldi?
J: "Al-Qonun al-Ma'sudiy"
"Mezon ul-hikmat"
"Kitob us-saydana"
49. Abu Ali Ibn Sinoning qaysi kitoblarini qopga joylashdi?
J: "Kitob ush-shifo"
"Kitob un-najot"
50. Bo'lakcha ishlov berilib, qog'ozday mayinlashtirilgan ohu terisiga ko'chirtirilgan Ulug'bekning suyukli risolasi qaysi?
J: "Devonu lug'otit-turk"
51. "Riyoziyot"ni kim bitgan?
J: jannatmakon Qozizoda Rumiy
52. Xorazmiyning "Al jabr val-muqobala" si nimaga o'ralgandi?
J: baxmalga
53. Ali Qushchi tanlab olgan asarlar necha qop chiqdi?
J: qirq qopdan oshiq
54. Ali Qushchi "Ajdar qush"ni qachon ko'rgan edi?
J: o'n besh-o'n olti yil avval
55. Mirzo Ulug'bek qaysi ovni yaxshi ko'rardi?
J: arxar ovini
56. Ulug'bek arxar oviga ellik chog'li yigiti bilan kuz faslida qayerga boradi?
J: Urgut tog'lariga
57. Ali Qushchi " Shohizinda" qabristoni yaqinida uchratgan, paxtasi chiqib ketgan eski takya kiygan bu "gado", dorussaltanada nomi chiqqan bu shoir kim edi?
J: Miryusuf Xilvatiy
58. "Sabab gulday' deb qayer tasvirlanadi?
J: Yassi
59. Ravishlari pok, nafaslari otashok kim?
J: Ahmad Yassaviy
60. Temur Samarqandiy necha yoshda edi?
J: 80 yosh
61. Qalabdarga hush kelgan aka-uka temirchilar kimlar?
J: Bosqonbek, Qalqonbek
62. Usta to'rtta tuyani qayerdan topib keladi?
J: Zarafshon sohilidan
63. Xo'ja Bahovuddin hazratlariga yetti tanga atagan obraz qaysi?
J: Xurshida Bonu
64. Bonuning eri kimning farzandi edi?
J: Amir Ibrohimbekning o'g'li
65. Ulug'bekning eng yaqib muqarrabi bo'lgan, hamisha Ulug'bek bilan yurgan va oxirida unga xiyonat qilgan shaxs kim?
J: Amir Sulton Jondor
66. Elliklarga borgan, chuvakkina, nihoyatda muloyim bir odam kim?
J: Shohizinda xojalaridan Muhammad Xisrav
67. "Bog'i maydon"ning qoq o'rtasida qanday koshona bo'lar edi?
J: "Chil ustun" koshonasi
68. "—Haqiqat nedur?
—Dedikim:ilmdur.
—Dedilar:ilm nedur?
—Dedikim:haqiqatdur!", deb kim aytgan?
J: Abubakir Tohir Abhariy
69. Barcha nodir kitoblar necha tuya, necha sandiqqa joylandi?
J: o'n olti sandiq, to'rt tuya
70. Qalandar Qarnoqiy Ali Qushchilarni qaysi tog' etagida kutib oldi?
J: Ko'hak tog'i etagida
71. "Vodarig'! Nechun shunday! Nechun bu koinot, bu tabiat, bu qir va adirlar bunday sof va musaffo! Nechun odamlar bunday nopok, nosamimiy yashaydilar? Shon shuhrat, toj-u taxt uchun bu yolg'on dunyoda bir-biriga shunchalar nobakorlik qiladilar, bir-birini ko'rolmaydilar" gapi asarda kim tomonidan aytiladi?
J: Ali Qushchi
72. Ali Qushchi va Ulug'bek oxirgi marta qayerda ko'rishib qolishdi?
J: Dimishq da
73. Qachon Ulug'bek va Ali selda qolgan edi?
J: arxar ovida
74. Ali va Mavlono Muhiddin necha yil bi rmadrasada tshsil ko'rib, mudarrislik qilishdi?
J: yigirma yil
75. Ulug'bek qayerdagi madrasaning tuprog'ini yalab o'tmoqchi ekanligini aytadi?
J: Istambul yo Qohira
76. "Maydonga tushgan alp manglayini qashimaydur" gapi kim tomonidan aytiladi?
J: Ali Qushchi
77. Ulug'bek qachon hammomga tushgan odamday yengil tortdi?
J: Ali Qushchilar bilan xayrlashib, Kesh yo'liga chiqib olganda
78. Burni puchuq tund yuzi, qora telpakli katta boshi gulxan shu'lasida Ulug'bekka qora quzg'unday ko'ringan shaxs kim?
J: Sayid Abbos
79. Ulug'bekka "Yulduzlar—osmonda uchib yurgan Xudoning farishtalaridur! Farishtalar mehribon bo'ladur. Uyqung kelmasa, yulduzlarga qaraysen" deb kim aytadi?
J: Saroymulk xonim
80. Mavlono Muhiddin Ulug'bek o'lganini kimdan eshitadi?
J: Salohiddin zargar
81. "Eski to'n yangi xo'jayinga to'g'ri kelmaydur" deb kim aytadi?
J: Salohiddin zargar
82. Salohiddin kimga nisbatan, "muallim ul-avval Arastu" deydi?
J: Mavlono Muhiddin
83. Salohiddin qirg'in bo'lganda, avvalo kimning boshi ketishini aytadi?
J: Muhiddin
84. Qalandarning fikricha, "tulki" kim?
J: Qashqir
85. "Al-ma'muru ma'zurin" , deb kim aytadi?
J: Shayx Nizomiddin Xomush
86. Qizlarnikiday katta, tim qora ko'zli, serkiprik obraz qaysi?
J: Mavlono Muhiddin
87. Ulug'bekning qora charm muqovaga solingan kitobi qaysi?
J: "To'rt ulus tarixi"
88. Ipakday mayin oq qog'ozga bitilgan kitobi qaysi?
J: "Ziji Ko'ragoniy"
89. Yuqori tokchalarda, kimlarning kitoblari terilgan edi?
J: Qozizoda Rumiy va G'iyosiddin Jamshid
90. "Qirq yil qirg'in bo'ls , ajali yetgan o'ladi" deb kim aytadi?
J: Ali Qushchi
91. "Tuya ko'rdingmi, yo'q, biya ko'rdingmi, yo'q" deb kim aytadi?
J: Amir Jondor
92. Ulug'bekni qayerga dafn etishadi?
J: o'z madrasasiga
93. Ko'hlik bo'lsa ham, chehrasi sovuq, yupqa lablariga tabassum ko'nmaydigan shaddod xotin kim?
J: Gavgarshodbegim
94. Gavharshodbegim barcha nabiralari orasida eng ko'p kimni suyar edi?
J: Mirzo Boysunqurning arzanda farzandi xomsemiz Alouddavlani
95. Abdullatif qaysi jangda jonbozlik ko'rsatgan bo'lsa-da , taqdirlanmagan?
J: Alouddavla bilan bo'lgan Tarnob jangida
96. Alouddavla Hirotni qamal qilganda, Ulug'bek Abdullatifga qayerni beradi?
J: Balx
97. Xoja Muhammad Xisrav necha yosh edi?
J: oltmishdan oshgan taqvodor chol
98. Abdullatifga kim "Alhazar, senday padarkushdan. Ollohning qahriga yo'liqasen! Yer yutar seni" , deb aytadi?
J: Abdulaziz
99. Abdullatifning yagona suyangan tog'i kim?
J: Amir Jondor
100. Amir Jondor Ulug'bekni o'ldirgan Abdullatif emas, aslida kim ekanligini aytadi?
J: Sayid Abbos
101. Abdullatif Abdulaziz qo'lga tushirgan husnda beqiyos ohuni chaqirtirmoqchi bo'lganda, kim kelib qoladi?
J: Shayx Nizomiddin Xomush
102. Abdullatifning murshidi muqtado, deb qo'l bergan piri kim edi?
J: Nizomiddin Xomush
103. Ulug'bekning shaqiylar uyasi qayer?
J: Rasadxona
104. "Beayb parvardigor" deb kim aytadi?
J: Shayx
105. Shayx kimni saroyga yo'llab, Abdullatifga yasovul qilib, uning qobili bedod quli qilmoqchi?
J: Dovulbek
106. Abdullatif hamisha kimning nasihatiga musallam ekanligini aytadi?
J: Shayx
107. Shayx Abdullatif uchun nimani "vojib ul-imtisoldir", deydi?
J: barcha dahriylikka yuz tutganlarni mahv etmoq, barcha kuft kitoblarni o'tda yoqmoqni
108. "Tuyani shamol uchirsa echkini osmonda ko'r", deb kim aytadi?
J: Qalandar Qarnoqiy
109. Qalandar qayerlik edi?
J: Qarnoq
110. Qalandarlarning bolalikdagi bog'i qayerda edi?
J: "Qorovultepa" ning shunday tagida, qalin qayrag'ochlar bilan o'ralgan qishloq qabristoni yonida
111. Qalandarning singlisini yovlar olib ketganda u necha yoshda edi?
J: o'n olti
112. Qalandarning otasi o'sha kuni qayerga ketgan edi?
J: tuyakashlar bilan Yassi bozoriga
113. Qalandar yov ustiga otlanib jangga chiqqanida, kim halok bo'ladi jangda?
J: otasi(qiblagohi)
114. "Zorim bor, zo'rim yo'q" , deb kim aytadi?
J: usta Temur Samarqandiy
115. "Birovning yurtida shoh bo'lguncha, o'z yurtingda ulton bo'l", — deb kim aytadi?
J: usta Temur Samarqandiy
116. "Qa'da qarimaydur" deb kim aytadi?
J: usta Temur Samarqandiy
117. "Qari bilganni pari bilmas" deb kim aytadi?
J: Temur Samarqandiy
118. Qalandar ketmoqchi bo'lib turganida, kim kelib qoladi?
J: Miram Chalabiy
119. Ali Qushchini qaysi zindonga soldilar?
J: Ko'ksaroy zindoniga
120. Kimning uyqusiz tunlarda qilgan orzu-umidlari—hammadi ipi uzilgan marjonday sochilib ketadi?
J: Qalandar Qarnoqiy

ULUG’BEK XAZINASI” III



1. Ali Qushchi zindondaligida kim unga Oqsaroydan palobmv olib kelgan edi?
J. Rillabibi
2. Asarda bid'at va xurofot maddohlari kimlar ?
J. Abdulatif bmva Nizomiddin Xomush
3. Kim “ bu dunyoga nechun keldimu , nechun ketdim" deb aytgan edi?
J. Umar Xayyom
4. Ulug'bek qaysi kuyni eshitganida barcha g'am anduhlardan qutulib , kecha tug'ilgan
chaqaloqday bo'lib qolishini aytadi?
J. “ Chorgoh"
5. Abdulatif taxtga o'tirgach dorussaltana nomidan bir guruh elchilar kelib ular nechta
tuyaga sovg'a salomlar ortib kelishgan edi?
J. 12 ta
6. Qaysi shoir Abdulatifga atab she'r yozadi va uni Abdulatifga aytib berib to'n bilan”
taqidirlanadi?
J. Miryusuf Xilvatiy
7. Hirot hokimi kim edi?
J. Abdulatifning amakivachchasi Sulton Muhammad
8. Balxdan qanday noxush xabar keladi?
J. Sulton Muhammad Ulug'bekning qatl etilganini eshitib qo'shin tortib kelayotgani
9. Abdulatifning o'g'illari kim edi?
J. Mirzo abdulla va Abusaid
10. Abdulatifni o'z zakovati bilan e'tiborini tortgan kim edi?
J. Ali Qushchi
11. Asarda kim “ Bandasi ne demasin haqiqat haqiqatligicha qolur deb kim aytgan?
J. Ali Qushchi
12. U ko'zlaridan tirqirab oqqan yosh tomchilarini qo'llari bilan artib, yum- yum yig'larkan ,
bu jahannamga tiriklay ko'milgani bejiz emasliginib, haq taolo oldida kechirilmas gunoh
qilganini o'ylab , o'zidan koyinishga tutindi" ta'rif kim haqida?
J. Muhiddin
13. Muhiddin Sulton Jondorni qayerda ko'rgan edi?
J. Ibrohim tarxonning uyida
14. Muhiddinning aytishicha, qayerdan keltirilgan kitoblar yo'qolgan edi?
J. Rum va Chindan , Misr va Farangistondan, Hind va Istanbuldan
15. Qayerdan keltirilgan kitoblar alohida saqlanar edi?
J. Movarounnahr va Xuroson
16. Mirzo Ulug'bek tojdan ayrilishidan qancha avval Ali Qushchiga qo'lyozmalarni
yashirishninbuyurgan edi?
J. 1 hafta oldin
17. To'ladan kelgan , yag'rindor , uning vajohati ham boshqacha, ko'ksiga tushgan uchlari
jingalak qop- qora soqolida , qalin qoshlarida bitta ham oq tuk yo'q , go'shtdor burunli qip-
qizil chiroyli yuzida bir qarashdayoq kishini zir titratadigan pinhoniy bir iqtidor bor edi “
ushbu tarif kim haqida?
Eshon Ubaydulla Xo'ja
18. Mavlono Muhiddinni zindonga tashkash kimga yuklatilgan edi?
J. Qashqir ga
19. Totlig'- totlig' yeganlar
Turluk – turluk yeganlar
Oltun taxt o'lturganlar
Tufroq aro yotmishlar" ushbu misralar kim tomonidan eslanadi?
J. Qalandar
20. Ulug'bek madrasasining eng yosh muddarisi kim edi?
J. Koshiy ibn Muiniddin
21. G'am- anduh kishiga yor bo'lmaydi” deb kim aytgan ?
J. Koshiy
22. Abdulatifning “ nahang" i kim?
J. Sulton Jondor
23. Abdulatif Qashqirni qanday lavozimga tayinlaydi?
J. Yasovul
24Asaeda “ Yolg'iz otning changi chiqmas “ deb kim aytgan?
J. Qashqir
25. Asarda kimning ko'zlari “ Boyqushnikiday" deb ta'riflangan?
J. Qashqir
26 Qashqir kimning ko'magi bilan yasovul amaluga ko'tarilgan edi?
J. Nizmiddin Xomush
27. Abdulatif Jondorga o'z haramiga kimni olib kelishni buturadi?
J. Abdulaziz Ibrohimbek o'g'lidan tortib olgan qizni
28. Sulton Jondorning bu hayotga umidini bog'lab turgan shaxs kim edi?
J. Xurshidabonu
29. Qalandar Qashqirga qancha tilla taklif qiladi?
J. 100 tilla
30. Qashqirni qaroqchilar qayerga olib ketishai?
J. Zarafshonga
31. Ali Qushchi yoza boshlagan risola qanday nomlanadi?
J. “ Risolayi- dar falakiyot"
32. Muqadimmasining. 1qismi nimaga bag'ishlangan edi?
J. Handasaga
33. 2 qismi bima haqida edi?
J. Tabiat masalalaruga
34. Ali qushchi bolaligida qayerlarda bog'lari , qovun polizlari bo'lar edi?
J. Obirahmat tomonlarda
35. Asaeda “ Boshga tushganni ko'z ko'rar “ deb kim aytgan?
J. Ali Qushchi
36. Asarda kim “ Kimki yaxshilikka yomonlik qilsa yomonligi o'ziga qaytadi" deb aytgan?
J. Qalandar
37. “ Ajdar g'orida “ nechta yulduzning falakdagi o'rni tasvir etilgan jadvallar bor edi?
J. 1022 ta
38. Bu jadvallar soni qancha?
J. 46 ta
39. Ali Qushchi “ Zijji ko'ragoniy" ni eslaganda bundan necha yil avvalgi Nizomiddin Xomush
bilan Ulug'bek o'rtasidagi to'qnashuvni eslaydi?
J. 5 – 6 yil
40. Ali Qushchi aytishicha bundan necha yil avval osmon jismlarni o'rganishni Beruniy
boshlab bwrgan ?
J. 500 yil muqaddam
41. Bu davrda Abdulatif Movarounnahrni zabt etganiga qancha bo'lgan edi?
J. 4 oy
42. Asarda telba bo'lib qolgan obraz kim?
J. Muhiddin
43. Qashqir Abdulatifga Muhiddinni qayerda yalangoyoq, yalangbosh ko'rganini aytadi?
J. Registonda
44. Asarda kim “ Kimki mutakabbirlik qilib dahriylik yo'liga kirsa , insholloh , duoi bad tekkan
bu beimon allomaday Ollohning intiqomiga duchor bo'lur “ deb aytadi?
J. Nizomiddin Xomush
45. Ali Qushchining onasi uni qanccha kutib oxiri vafot etadi?
J. 5 oy
46. Qalandar Xurshidani kimnikida qoldirgan edi?
J. Bobomurod bog'bonnikida
46. U qaysi qishloqda edi?
Jj. “ Kuygan tepa"
47. “ Vajohati mudhish, majnunsifat bir kimsa" kim?
J. Muhiddin
48 Abdulatif balxliknsoqchilardan nechtasuni rasasxonaga yubirishni buyuradi?
J. 200 nafar
49.Oq shohi ustidan bankras to'n kiyib,mehmonlarga o'zi xizmat qilib yurgan amir?
J: Sulton Jondor
50.Balxlik zanjisifat deya kim ta'riflangan?
J:Saroybon
51.Amir Jondor kasalligini ro'kach qilib qanchadan beri saroyga bormasdi?
J: 1 oy
52.Asardagi bemehr mustabid kim?
-Shahzoda Abdulatif
53.Takabbur shayx va bir guruh ulamolar domiga tushib qolgan obraz?
-Abdulatif
54.Kimning doim boshini sarak-sarak qilish odati bor edi?
-Shahzoda Abdulazizning
55.Asardagi "azozil" deya ta'riflangan kim edi?
-Amir Jondor
56.Shahzoda Abdulatif ukasi Abu Saidni topishda Amir Jondorga qancha odam qo'shib beradi?
-10 nafar
57.Asarda ilonning yog'ini yalagan tulki kim?
-Amir Sulton Jondor
58.Qancha vaqtdan beri Ali Qushchiga tashqaridan keladigan to'qachlar kelmay qo'ygandi?
-Bir haftadan buyon
59.Xuddi artilgan olmosday yaltillaydigan yulduz qaysi?
-Nohid yulduzi
60.Chag'ir ko'zli,kibr-u havosi baland ulamo kim?
-Shayxulislom Burhoniddin
61.Shayxulislomga kimning yo'llagan maktubi shahzoda Abdulatifni butunlay sarosimaga solib qo'ygandi?
-Shahzoda Sulton Muhammad
62."Bu mash'um toj-u taxt,bebaqo saltanat hech kimga vafo qilmaydi"-kimning tilidan aytilgan?
-Mirzo Ulug'bek
63."Toj-u taxt ila bevafo xotun orasida farq yo'qdur" ?
-Mirzo Ulug'bek
64.Asardagi vohidi zamon kim?
-Mirzo Ulug'bek
65."Sher bilan podshodan yiroq bo'lmoq darkor" gaplarini kim aytgan?
-Ali Qushchining otasi
66."Bo'rining og'ziga tushgan butun chiqmas ekan-da"-gapini kim aytadi?
-Qalandar Qarnoqiy
67.O'tovday cho'ng gavdali kishi deb kim tasvirlangan?
-Amir Sulton Jondor
68.Amir Jonfor qanchadan beri shahzodaning qahridan qo'rqib,tog'-u toshda jon saqlab yuribdi?
-2 haftadan buyon
69.Kunduz ov qiladi,qirg'ovul-pirg'ovul otib,xo'jayinini boqadi.Kechalari chor-atrofdagi qishloqlarga o'g'rilikka boradi?
-Qashqir
70.Amir Jondor pana-panada besh-olti kishi bilan bo'ladigan yig'ilishini nima deb atardi?
-Chanoqiy
71."Kuygan tepa" qishlog'iga olib boradigan o'zanda qaysi payt odam gavjum bo'lardi?
-Namozshom
72.Asarda Amir Sulton Jondor tili bilan aytilganda "Shaytoni basir" kim?
-Qashqar
73.Egnidagi suvoriy libosi o'ziga ko'p yarashgan,sarvday xushqomat,xushsurat bir odam,Mirzo Ulug'bek hazratlarining suyukli navkari?
-Bobo Husayn
74.Asardagi Shahriyori falak iqtidor kim?
-Mirzo Ulug'bek
75.Qashqir esini taniganidan beri faqat nimani bilardi?
-Samarqand bozorini
76.Qashqir bozorda nima ishlar bilan shug'ullanib,katta bóldi?
-Meshkobchi, karvonsaroylarda farrosh, hammomda go'laxlik
77.Yoshi nechadan oshdi?
-Qirqdan
78.Qorong'uda oqqushday ajib tovlanadigan oq tulpori bor kim?
-Bobo Husayn Bahodir
79.Mirzo Abdulatif sayr qilish uchun Ko'ksaroydan qayerga boradi?
-Bog'i maydonga
80. Ulkan gulxan ichida qolganday,yal-yal yonib ko'zni oladi,faqat to'rt burchagidagi lojuvard minoralargina bo'lakcha jilolanib,olovga ro'y bermaydigan tosh ustunlarga o'xshaydi?
"Chil ustun"
81.Abdulatif tushida kimning oltin barkashda o'z kallasini ushlab turganini ko'radi?
-Amir Sulton Jondor
82."Jomiul ulum" deya ulug'langan shaxs kim?
-Ali Qushchi
83."Padarkush,toj-u taxt,olti oy...."-kimning kitobidan joy olgan satrlar?
-Nizomiy Ganjaviy
84.Abdulatif taxtga o'tirganda qaysi oy edi?
-Shabon oyi
85.Hozir qaysi oy?
-Rabbiul avval
86.Kimning aytishi bo'yicha,Mirzo Abdulatifni qatl qilgan fitnachilar uning boshini Mirzo Ulug'bek madrasasi darvozasiga osib qo'yishgan edi?
-Mavlono Koshoniy
87.Begona yurtda sulton bo'lgandan ko'ra o'z yurtingda ulton bo'lganing yaxshi-maqoli kim tomonidan aytilgan?
-Temur Samarqandiy
88.Ali Qushchi Ulug'bek xazinasidan Qalandar Qarnoqiyga nimalar in'om etdi?
-Bir hovuch la'l,Javohir,bitta quyma oltin
89.Kimlar Ali Qushchiga Movarounnahr sarhadidan chiqib ketish uchun yordam qo'lini cho'zdi?
-Navoiy bilan Jomiy
90.O'ttiz besh-qirq yoshlar chamasidagi malla soqol,ko'zlari ko'm-ko'k yosh mudarris?
-Miram Chalabiy
91.U Ajdar g'orga borib kelib,qaysi asardan uch nusxa ko'chirtirib kelgan edi?
-"Ziji ko'ragoniy"
92."Riyozot" asari muallifi kim?
-Qozizoda Rumiy
93."Handasa"chi?
-G'iyosiddin Jamshid
94.Yoshi yetmishlarga borgan,ko'rinishidan bardam,kalta qirqilgan qorday oppoq soqoli o'ziga xo'p yarashgan,xushsurat chol kim?
-Ali Qushchi
95.U qachon Movarounnahrni tark etyapti?
-Hijriy 872-yil kuzida
96.Qalandar Qarnoqiyni qayerga dafn etishadi?
-Tillabibi yotgan qabristonga
97.Boshiga qunduz telpak,egniga kimxob to'n kiygan yum-yumaloq odam,bundan yetti oy avval darveshlar xirqasiga yashirinib yurgandi?
-Miryusuf Xilvatiy
98.Ali Qushchining hovlisi qayerda joylashgandi?
-Oqsaroy yonida
99.Bonuning dugonalari qancha vaqtda uning uyiga yig'ilardi?
-Haftada uch marta
100.Ali Qushchi Abdulatif zoyicha ko'rishini so'raganida nimadan umuman xabari yo'qligini aytadi?
-Ilmu nujumdan

TUZUVCHILAR:
Turg’unova Ziyoda
Anorboyeva Oypopuk
Sulaymonova Lobar
Saparaliyeva Sevinch

KURS RAHBARI: Mavlon Burxonov
Yüklə 38,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin