www.ziyouz.com kutubxonasi
20
"Aniqki, Bizga Yer ular (ning jasadlari)ni kamaytirayotgani (ya’ni, jasadlari
chirib tuproqqa aylanib ketayotgani) ma’lum. Va Bizning huzurimizda (barcha
narsani o‘z sahifalarida) saqlaguvchi Kitob (Lavhul Mahfuz) bordir (demak,
ularni qayta tiriltirib hisob-kitob qilish Biz uchun qiyin ish emasdir)".
Bu tirilish jarayonida voyaga yetmasdan o‘lganlar voyaga yetmagan yoshda, qari holda
o‘lganlar qari holda , yigit yoshida o‘lganlar qanaqa yoshda bo‘lsa, shu yoshda
tiriltiriladilar. Alloh taolo arshi a’lo ostida mayin bir shamol esdiradi. Bu shamol yer
yuzini butunlay qoplaydi. Yer yuzi xuddi changga o‘xshagan mayin qum holiga kiradi.
Shundan keyin Alloh taolo Isrofil (a.s.)ni tiriltiradi. Quddusdagi muborak toshdan sur
chalinadi. Sur nurdan yaratilgan bo‘lib, muguzga o‘xshagan bir maxluqdir va o‘n to‘rt
qismdan iborat. Bir qismda quruqlikda yashagan hayvonlar sonicha teshik bor.
Quruqlikda yashagan hayvonlarning ruhlari o‘sha teshiklardan chiqadi. Ari ovoziga
o‘xshagan ovozlar eshitiladi va Yer bilan osmon orasini to‘ldiradi. So‘ngra har bir ruh o‘z
jasadiga kiradi.
Hatto tog‘larda o‘lgan, vahshiy hayvonlar yegan, yirtqich qushlar yegan insonlarning
ruhlari ham o‘z jasadlarini topadi.
Alloh taolo Zumar surasining 68-oyatida shunday marhamat qilgan:
Dostları ilə paylaş: |