Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Quyoshning nuri ketib qop-qora bo‘lib qoladi. Tog‘lar changga aylanadi. Odamlar bir-
birlariga aralashib ketadi. Tizilgan durga o‘xshab turgan yulduzlar har yoqqa sochilib
ketadi. Osmon xuddi mumdek eriydi va tegirmon toshidek qattiq aylanadi.
Alloh taolo olamlarning parcha-parcha bo‘lishini amr qiladi. Yetti qavat yerda va yetti
qavat osmonda hech qanday tirik jon qolmaydi. Barcha jonzot o‘ladi. Agar ruhoniy
bo‘lsa, ruhi ketadi. Butun borliq o‘ladi. Olamda hech zot qolmaydi.
Alloh taolo ilohiylik maqomida tajalliy qilib, yetti qavat osmonni o‘ng qudrat qo‘liga va
yetti qavat yerni chap qudrat qo‘liga olib deydiki: "Ey haqir dunyo!
Sening ichingda
xudolik da’vosini qilganlar, ahmoqlar, o‘zini xudo deb bilgan ojizlar qaerda? Sening
go‘zalligingga va latofatingga aldangan va oxiratini unutgan kishilar qaerda?" Undan
keyin qahr va yo‘q qiluvchi quvvati va hikmati bilan iftixor etadi. "Mulk kimnikidir?" deb
so‘raydi. Hech kim javob bermaydi. Qahhor bo‘lgan Alloh taoloning o‘zi: "Bugun mulk
vohid va qahhor bo‘lgan Allohnikidir", deb javob beradi.
Shundan keyin Alloh taolo oldingidan ham buyukroq iroda va quvvatini namoyish etadi:
Yetti qavat osmonni bir qudrat barmog‘iga va yetti qavat yerni bir qudrat barmog‘iga
oladi va: "Men azimushsh’an, Maliki dunyoman (Ya’ni qiyomat kunining yagona hokimi
va sohibiman).
Men bergan rizqni yeb, Menga shirk keltirganlar va Mendan boshqaga butlarga ibodat
qilganlar qaerda? Men bergan rizq bilan quvvatlanib, Menga osiy bo‘lganlar, jabbor va
zolimlar qaerda? Kibrlanganlar va maqtanganlar qaerda? Hozir mulk kimniki", deb xitob
qiladi. Bunga javob beradigan hech kim yo‘q. Haq subhonahu va taolo o‘zi o‘zi istagan
muddat kutadi. Bu paytda biron bir jonzot bo‘lmaydi. Hatto jannatdagi huru
g‘ilmonlarning ham ruhi qabz etilgan bo‘ladi.
Shundan keyin Alloh taolo jahannam chuqurlaridan bo‘lgan Saqardan bir eshik ochadi. U
yerdan olov otilib chiqadi. Ana
shu olov hamma narsani yoqadi, o‘n to‘rt dengizni quritib,
yer yuzini qop-qora qiladi va osmonlarni sarg‘aytirib, xuddi erigan mis holiga keltiradi.
Keyin olovning shiddati osmonlarga yaqinlashganda, Alloh taolo ma’n etadi va olov
so‘nadi. Olovdan asar ham qolmaydi.
Undan keyin Alloh taolo Arshi a’loning xazinalaridan birini ochadi. Unda hayot dengizi
bor. Bu dengiz Allohning amri bilan yer yuziga qattiq yomg‘ir yog‘diradi. Yomg‘ir shu
darajada yog‘adiki, yer yuzini qirq arshin balandlikda qoplaydi. Undan keyin tuproqqa
aylangan insonlar va hayvonlar o‘tga o‘xshab o‘sib chiqadilar. Bu to‘g‘rida
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: "Inson dumg‘aza suyagidan yaratilgandir.
Keyin yana shundan yaratiladi".
Yana bir hadisda: "Insonning hamma joyi chirib yo‘q bo‘ladi. Ammo dumg‘aza suyagi
chirimaydi. Inson undan yaratilgandi. Yana undan yaratiladi", deyilgan (Bu dumg‘aza
suyagi umurtqa suyagining so‘nggi suyagidir, kattaligi no‘xotdek bo‘lib, ichida iligi yo‘q.
Hamma jonzotlar qabrlarida shu suyakdan xuddi o‘tga o‘xshab o‘sib chiqadilar. Bir
joyning o‘zida juda ko‘plab insonlarning xoki yotgan bo‘lsa ham hech aralashtirilmaydi.
Bu haqda Alloh taolo Qof surasining 4-oyatida shunday marhamat qiladi: