va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur".
Yana bir oyatdagi: "Ko‘r bo‘lgan hollarida" ma’nosi esa, kofirlar mo‘minlarga berilgan
nurdan mahrum bo‘ladilar, deganidir. Bu butunlay ko‘r bo‘ladilar, degani emas. Balki
qorong‘ulik qoplaydi va ko‘ra olmaydi, deganidir. Chunki bilamizki, kofirlar samoga
qaraydilar, ular osmon yorilganini, farishtalarning tushganini, tog‘larning yurishini,
yulduzlarning to‘kilishini ko‘radilar.
Tur surasining 15-oyatida shunday marhamat qilingandir:
"Qani bu (azob) ham sehrmi yoki sizlar (hayoti dunyoda haqni ko‘ra
olmaganlaringiz kabi bu azobni ham) ko‘rmayapsizlarmi?!"
Qiyomatdagi ko‘rlikdan murod – qorong‘ulikda qolishdir. Va Alloh taoloning jamoli
ilohiysini ko‘rishdan man qilinishlikdir. Chunki Alloh taolo nuri bilan mahshargohni
yoritadi. Ana shu paytda kofiru munofiqlarning ko‘zlariga parda qoplanib, ular bu nurni
ko‘rmaydilar.
Alloh taolo ularning quloqlariga ham parda tortadi. Kalomullohni eshitmasliklari uchun.
Chunki farishtalar A’rof sursining 49-oyatini:
Dostları ilə paylaş: |