"Albatta Alloh Yer boshqa Yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib
qoladigan hamda (barcha odamlar) Yolg‘iz va Qudratli Allohga ro‘baro‘
bo‘ladigan Kunda (Qiyomatda) G‘olib va Intiqom olguvchidir".
Bu paytda yer yuzidagilar turli holatdadirlar. Dunyoda buyuk ko‘ringanlar, buyuklik da’vo
qilganlar mahsharda zarra qadardirlar. Hadisi sharifda kibrlilarning zarra kabi bo‘lishlari
bildirilgan. Ammo ular zarradek kichik emaslar. Balki ular oyoqlar ostida qolib
ezilganlaridan, zalil va haqir bo‘lganlari uchun zarra kabidirlar, deyilgan.
Ularning orasida bir qavm shirin va muzdek toza suv ichadilar. Voyaga yetmasdan,
go‘daklik chog‘ida vafot etgan mo‘min bolalari jannat daryolaridan suv olib kelib, ota-
onalariga beradilar.
Ba’zi salafi solihiynlardan hikoya qilinadiki: bir kishining tushida qiyomat qoyim bo‘libdi.
U chanqagan holatda tik turganmish. Kichkina bolalar suv taratayotganini ko‘ribdi. U
debdiki: "Ey bolalar, menga ham bir qultum suv beringlar". Bolalardan biri so‘rabdi:
"Bizning ichimizda sening bolang bormi?" U yo‘q, deganida, bola: "Unday bo‘lsa, jannat
suvidan senga nasiba yo‘q", dedi.
Bu hikoyada uylanish va farzand ko‘rishning afzalligiga ishora bor.
Ba’zi insonlarning boshlariga bir soya yaqinlashadi va mahsharning haroratidan saqlaydi.
Bu soya dunyoda bergan zakoti va sadaqalaridir.
Ana shu holatda ming yil turadilar. Muddassir surasining 8-oyati bo‘lgan:
Dostları ilə paylaş: |