marhamat qilgan. Balki u sizlarni shafoat qilar", dedi.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
Yana oldingidek o‘zaro mashvarat qiladilar. Keyin Ibrohim (a.s.)ning yoniga boradilar
va: "Ey musulmonlarning otasi! Sen shunday kishisanki, Alloh taolo seni o‘ziga xalil,
do‘st ayladi. Bizni shafoat qil! Alloh taolo maxluqot orasida hukmini chiqarsin",
deyishadi. Ibrohim (a.s.) ularga shunday xitob qiladi: "Men dunyoda uch marta kinoya
bilan gapirdim. Ularni Alloh yo‘lida gapirdim. Hozir shuning uchun Alloh taolodan shafoat
uchun izn so‘rashga uyalaman. Sizlar Muso (a.s.)ning oldiga boringlar.
Chunki Alloh taolo u bilan bevosita gaplashdi va o‘ziga ma’naviy yaqin qildi. U sizlarni
shafoat qiladi". Insonlar yana ming yil o‘zaro mashvarat qiladilar. Ammo endi ahvollari
juda ham yomonlashadi. Mahshargoh esa yanada torayadi.
Keyin Muso (a.s.)ning oldiga borib deydilarki: "Ey Imron o‘g‘li! Sen shunday zotsanki,
Alloh taolo sen bilan vositasiz gaplashdi va senga Tavrotni nozil qildi. Hisobning tezroq
boshlanishi uchun bizga shafoat qil! Chunki bu yerda turishimiz uzoqqa cho‘zildi.
Odamlarning tiqilinchligidan bir-birimizni bosib yuribmiz".
Muso (a.s.) ularga shunday dedi: "Men Alloh taolodan Fir’avn oilasining eng qattiq
azoblar bilan azoblanishini duo qilib so‘raganman. Buni keyingi avlodlarga ibrat bo‘lsin
uchun shafoat qilishga uyalaman. Ammo Haq taolo rahmat va mag‘firat sohibidir.
Siz Iso (a.s.)ning oldiga boringlar. Chunki u har jihatdan Rasullarning eng sahihi,
ma’rifat va zuhd jihatdan eng afzali va hikmat jihatidan eng ustunidir.
Sizlarni u shafoat
qiladi". Insonlar yana mashvarat qiladilar. Ularning siqintilari esa yana ziyodalashadi.
So‘ngra Iso (a.s.)ning oldiga keladilar va deydilarki: "Sen Allohning dargohidagi ruhi va
kalomisan. Alloh taolo seni Oli Imron surasining 45-oyatida:
Dostları ilə paylaş: