"Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam (u, muhaqqaq boshimga
tushadigan azobdan qutilsam)", deb qolur", deyishadi.
So‘ngra Alloh taolo "Lavhul Mahfuz qaerda?" deb so‘raydi. Bu ovoz aqlni oladigan holda
eshitiladi. Alloh taolo: "Ey Lahv, Tavrot, Injil, va Qur’oni azimush-sha’ndan senda
yozganlarim qaerda? " deb so‘raydi. Lavhul Mahfuz shunday javob qiladi: "Yo Robbal
olamiyn! Buni Jabroil (a.s.)dan so‘ra!".
Shunda Jabroil (a.s.) titrab-titrab keladi va tiz cho‘kadi. Haq taolo so‘raydi: "Ey Jabroil!
Bu lavh aytadiki, sen mening kalomimni va vahiylarimni bandalarimga yetkazgan
ekansan, shu to‘g‘rimi?"
Jabroil (a.s.): "To‘g‘ri, ey Rabbim", deydi. Alloh taolo: "Uni qanday amalga oshirding?"
deb so‘raydi. Jabroil (a.s.): "Ey Rabbim! Tavrotni Muso (a.s.)ga, Injilni Isoga (a.s.),
Qur’oni Karimni Hazrati Muhammadga (s.a.v.) yetkazdim. Har bir Rasulga risolatini va
har bir suhuf sohibi payg‘ambarga esa sahifalarni olib tushdim", deydi.
"Ey Nuh!" degan nido eshitiladi va Nuh (a.s.) keltiriladi. Ul zot qo‘rquvdan titragan holda
huzuri ilohiyga keltiriladi.
Unga shunday deyiladi: "Ey Nuh! Jabroil (a.s.) aytyaptiki, sen Rasullardan ekansan".
"To‘g‘ri aytyapti, ey Rabbim" deb javob beradi. Nuh (a.s.) Alloh taolo so‘raydi: "Qavming
bilan nima qildinglar?"
Nuh (a.s.) javob beradi: "Ey Rabbim! Men ularni kechayu kunduz iymonga da’vat qildim.
Mening da’vatim ularga hech bir foyda bermadi. Mendan qochdilar". Shunda: "Ey Nuh
qavmi!" degan nido keladilar. Ular bir firqa bo‘lib keladi. Ularga deyiladi: "Ushbu
qavmdoshingiz Nuh (a.s.) mening risolatimni sizga yetkazganini aytyapti". Ular: "Ey
bizning Rabbimiz! Nuh yolg‘on gapiryapti. Bizga hech narsani tablig‘ etgani yo‘q", deb
risolatni inkor qilishadi.
Alloh taolo: "Ey Nuh! Sening guvohning bormi?" deb so‘raydi. Nuh (a.s.) "Ey Rabbim!
Mening guvohlarim Muhammad (s.a.v.) va uning ummatidir", deydi.
Alloh taolo: "Ey Muhammad! Nuh risolatni tablih etganiga seni guvoh qilyapti", deydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Nuhning (a.s.) risolatini tablig‘ etganiga guvoh bo‘lib, Hud
surasining 25–26-oyatlarini o‘qiydilar:
Dostları ilə paylaş: |