Iso (a.s.) Muhammadning (s.a.v.) fazilatlarini shunday ta’riflaydilarki, hamma insonlar
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
Darrov Payg‘ambarimizning (s.a.v.) minbari oldiga kelishadi va shunday deyishadi: "Siz
Habibullohsiz! Habib esa vositalarning eng foydalisidir.
Bizga Rabbingizdan shafoat
so‘rang!
Chunki birinchi Payg‘ambar Odam (a.s.) oldiga borgandik, Nuhga yubordi. Nuh (a.s.)ga
bordik, Ibrohim (a.s.)ga yubordi. Ibrohim (a.s.) Muso (a.s.)ga yubordi. Muso (a.s.)
Isoga yubordi. Iso (a.s.) esa sizga yubordi. Yo Rasululloh (s.a.v.)! Siz qaytarsangiz
boshqa boradigan kishimiz yo‘q".
Shunda Rasululloh (s.a.v.) deydilarki: "Alloh taolo izn bersa va rozi bo‘lsa, shafoat
qilaman".
"Surodiqoti jalol", ya’ni jalol pardasiga boradilar. Alloh taolodan shafoat uchun izn
so‘raydilar va ul zotga izn beriladi. Pardalar ko‘tariladi. Arshi a’loda sajda qiladilar. Shu
holatda ming yil turadilar.
Alloh taologa shunday hamd aytadilarki, olam yaratilganidan beri hech kim Allohni
bunday madh etmagan bo‘ladi.
Ba’zi oriflar aytishadiki: "Alloh taolo olamlarni yaratganda o‘zini ana shunday madh
etgandi". Arshi a’lo Alloh taologa ta’ziman harakat qiladi. Bu
muddat ichida insonlarning
ahvoli yanada yomonlashadi. Zahmat va mashaqqatlari ortadi. Insonlarning bo‘yinlariga
o‘zlari dunyoda ochko‘zlik bilan saqlagan mollari osiladi. Tuyasining zakotini
bermaganlarning bo‘yniga tuya osiladi. Ular yukning og‘irligidan dodlab yuborishadi.
Sigir va quyidan zakot bermaganlar ham shu kuyga tushadilar. Ularning dodlashlari
momaqaldiroqdek atrofni tutadi.
Ekinining zakotini, ya’ni ushrini bermaganlarning bo‘yniga o‘shancha ekin osiladi. U ekin
bug‘doy bo‘lsa bug‘doy, arpa bo‘lsa arpa osiladi. Oltin, kumush (qog‘oz)
pul va boshqa
tijorat mollaridan zakot bermaganlarga esa bir katta ilon osiladi. U ilonning boshida 2ta
kokili bo‘ladi. Dumi burniga kirib xalqa hosil qiladi va u odamning bo‘yniga osiladi. U
ilonning og‘irligi xuddi tegirmon toshidek og‘ir bo‘ladi. Odamlar baqiradilar va bu nima
deb so‘raydilar.
Farishtalarga: "Bular dunyoda zakotini bermagan mollaringizdir", deydilar. Bu dahshatli
hol Oli Imron surasining 180-oyatida shunday xabar qilinadi:
Dostları ilə paylaş: