15. Har juma kuni hamda ikki hayit (iyd) arafasida ota-ona qabrini ziyorat qilib
turing.
Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida hadislar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
Hazrati Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi: “Kimki har juma kuni
ota-onasining qabrini yoki ular agar tirik bo‘lsa, marhum qarindoshlarining qabrini
ziyorat qilsa, uning barcha gunohlari kechirilib, yaxshilar qatoridan o‘rin beriladi”.
QABRISTON ZIYORATI ODOBI
Sahoba Burayda roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qildilar:
“Rasululloh: “Men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim, endi ruxsat etildi,
borib ziyorat qilinglar”, – dedilar.
Sahoba Buraydaning aytishicha, Payg‘ambar alayhissalom qabristonni ziyorat qilgani
borganlarida deganlar: “Ey mo‘minlar va musulmonlar, qabriston ahllari, sizlarga salom
bo‘lsin! Xudo xohlasa bizlar ham kelib sizlarga qo‘shilurmiz. O‘zimizga va sizlarga
Allohdan ofiyat va ajr so‘raymiz”.
Abu Muhammad Samarqandiy “Fazoil” kitoblarida har bir kishi qabristondan o‘ta turib
“Ixlos” surasini 11 boro‘qisa va ajrini mayitlarga xadya etsa, qabristondagi amvotlar
sonicha ajr beriladi”. (Imom Suyutiy rivoyatlari).
Sa’d ibn Aliy az-Zanjoniy “Favoid” kitoblarida hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhu
aytadilar: “Janobi Rasululloh aytdilar: Qabristonga kirgan kishi “Fotiha”, “Ixlos”,
“Takasur” suralarini o‘qisa va savobini qabriston ahli bo‘lgan mo‘’min va mo‘’minalar
ruhlariga baxshida etsa uning uchun amvotlar Allohning huzurida shafiy bo‘ladilar”.
Sohibi “Hilol” Abdulaziz rivoyati sanadini hazrati Anas roziyallohu anhuga yetkazib
rivoyat qiladilar: “Rasululloh aytdilarki, “Qabristonga kirgan kishi surai “Yosin” o‘qisa,
Alloh ahli qabrga yengillik ato etadi, o‘quvchiga mayitlar adadicha hasanot bo‘ladi”.
(Imom Suyutiy rivoyatlari).
Imom G‘azzoliy “Ihyoi ulumid-din” kitoblarida va muhaddis Abdulhaq Dehlaviy “Oqibat”
kitoblarida Imom Rahmatullohdan rivoyat qilishadi: u zot aytdilarki, qachon qabristonga
kirsangiz, “Fotiha”, “Falaq” va “Nos” hamda “Ixlos suralarini o‘qib shu qabriston ahliga
savobini hadya etsalaringiz ruhlariga albatta yetadi”. (Imom Suyutiy rivoyatlari).
Qatoda ibni Abu Borzatil Aslaniy roziyallohu anhu rivoyat qildilarki, Rasuli Akram (s.a.v.)
bir qabrning oldidan o‘tib ketayotganlarida qabrdagi mayitni azoblanayotganini aytib,
qabrga ho‘l ko‘kat bo‘lgan shoxni qo‘yib qo‘ydilar. “Shul shox qurigunga qadar ulardan
azob ko‘tariladi” deb marhamat qildilar. (Imom Suyutiy rivoyatlari).
Online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=837.0
Internet uchun Doniyor tayyorladi.
www.ziyouz.com
2007
Dostları ilə paylaş: |