www.ziyouz.com kutubxonasi
85
intizorlik bilan kutmoqdalar». (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 202-bet.) Yunus (a.s.) Naynavoga qaytib kelganlarida qavmlari yaxshi kutib oldilar va imon keltirdilar. Yunus (a.s.)ga
hurmat bajo keltirib, aytganlariga itoat qildilar.
َنوُﺪﻳِﺰَﻳ ْوَأ ٍﻒْﻟَأ ِﺔَﺋﺎِﻣ ﻰَﻟِإ ُﻩﺎَﻨْﻠَﺳْرَأَو ) ١٤٧ ( ٍﻦﻴِﺣ ﻰَﻟِإ ْﻢُهﺎَﻨْﻌﱠﺘَﻤَﻓ اﻮُﻨَﻣﺂَﻓ ) ١٤٨ ( «Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar qildik. Bas, ular (Yunusga) imon keltirdilar. So‘ng Biz ularni ma’lum bir muddatgacha bahramand etdik». (Vas-Soffat, 147-148.) Ibn Abbos (r.a.)ning aytishlaricha, Alloh taolo Yunus (a.s.)ni bir yuz o‘ttiz ming kishiga payg‘ambar etib
yuborgan.
Sa’id ibn Jubayrning fikricha, Yunus yuborilgan qavmning soni bir yuz yetmish mingta edi.
Ubay ibn Ka’b Rasululloh (s.a.v.)dan «Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar qildik» - degan oyatning mazmuni haqida so‘radi. Rasululloh (s.a.v.):
«Yuz mingdan ortig‘i yigirma ming edi» - deb javob berdilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 218-219-bet.) Sa’d ibn Abu Vaqqos aytadi: «Rasululloh (s.a.v.):
«Allohning duoga qo‘shib aytilsa ijobat bo‘ladigan, shu nom bilan so‘ralgan narsa beriladigan ismi Yunus ibn Mattoning qilgan duolaridir», - dedilar. Men Rasulullohdan: «Ey Allohning rasuli, bu duo Yunus
(a.s.) uchun xosmidi yoki musulmonlar uchun umumiy duomi?» - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v.):
«Bu duo Yunus (a.s.) uchun xos va musulmonlar uchun umumiy bo‘lgan duodir. Alloh taoloning so‘zini eshitmaganmisan? U shunday degan: ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ْنَأ ِتﺎَﻤُﻠﱡﻈﻟا ﻲِﻓ ىَدﺎَﻨَﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ َرِﺪْﻘَﻧ ْﻦَﻟ ْنَأ ﱠﻦَﻈَﻓ ﺎًﺒِﺿﺎَﻐُﻣ َﺐَهَذ ْذِإ ِنﻮﱡﻨﻟا اَذَو