«Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang. Bas, Biz uning duosini mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz». (Anbiyo, 87-88.) Yunus (a.s.) nahangning qornida bir necha kun qolib ketdilar. Bu muddat haqida tarixchi va mufassir
ulamolar turli fikrlar bildirganlar.
Mujohid ash-Sha’biydan rivoyat qilib, Yunus (a.s.)ni nahang ertalab yutgan va kechqurun quruqlikka
chiqarganini aytadi.
Qatoda esa, bu muddat uch kun bo‘lgan, deb fikr bildiradi.
Ja’far as-Sodiq, yetti kun deb da’vo qiladi va fikrining tasdig‘i uchun Umayya ibn Abis-Saltning she’ridan
quyidagi satrlarni keltiradi:
Sen o‘zingning fazling bilan Yunusga berding najot, Necha kunlar nahang qorni uningchun bo‘ldi zulumot. Sa’id ibn Abil-Hasan va Abu Molik: «Yunus (a.s.) nahang qornida qirq kun turganlar» - deydilar. Hazrat So‘fi
Olloyor ham o‘z manzumasida:
«Baliq qornida ul sohib karomat, Chilla o‘ltirdi-yu chiqdi salomat» - deb, Yunus (a.s.)ning nahang qornida turgan muddatlarini qirq kun
ekanligini yozadi.
Bu muddatning uzoqroq ekanligiga Allohning oyati karimasi ham dalolat qiladi:
َﻦﻴِﺤِّﺒَﺴُﻤْﻟا َﻦِﻣ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧَأ ﻻْﻮَﻠَﻓ ) ١٤٣ ( َﻌْﺒُﻳ ِمْﻮَﻳ ﻰَﻟِإ ِﻪِﻨْﻄَﺑ ﻲِﻓ َﺚِﺒَﻠَﻟ َنﻮُﺜ ) ١٤٤ ( ُﻩﺎَﻧْﺬَﺒَﻨَﻓ ٌﻢﻴِﻘَﺳ َﻮُهَو ِءاَﺮَﻌْﻟﺎِﺑ ) ١٤٥ ( ٍﻦﻴِﻄْﻘَﻳ ْﻦِﻣ ًةَﺮَﺠَﺷ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻨْﺘَﺒْﻧَأَو ) ١٤٦ ( “Bas, biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq