ِﺔَﻋﺎﱠﺴﻟا ُﻢْﻠِﻋ ُﻩَﺪْﻨِﻋ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ «Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat qachon bo‘lishi to‘g‘risida bilim bordir». (Luqmon, 34) Dunyoning muddati to‘g‘risida Payg‘ambarimiz (s.a.v) dan ijmoliy fikr aytilganligi diqqatga sazovordir.
Abdulloh ibn Umar(r.a.)ning rivoyat qilishlaricha, Janobi Rasululloh(s.a.v) dedilar: «Sizlardan oldin yashab o‘tgan insonlarga qaraganda sizlarning muddatlaringiz Asrdan Shomgacha bo‘lgan muddatchadir». Yahudiylarning hozirda qo‘llarida mavjud bo‘lgan Tavrot kitoblarida, Alloh taolo Odamni yaratgan vaqtdan to
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yillarigacha to‘rt ming yetti yuz qirq ikki (4742)
yil ekanligi aytilgan. Unda bu muddatda yashab o‘tgan har bir payg‘ambar va har bir podshohning tug‘ilishidan
vafotigacha yilma-yil yozilgan
. (Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat etilgan hadis va yahudiy hamda nasroniylar tomonidan bildirilgan fikrlar mazmuniga qaraganda, besh ming, olti ming, yetti ming yil deb ixtilof etilayotgan narsa insoniyatning yaratilishi va tugatilishi tarixidir. Ammo dunyoning yaratilishi va oxiri faqat Allohning ilmiga havola.) Ammo Yunon nasroniylarining aytishlaricha, insoniyat tarixining muddati yahudiylarning Tavrotida xato
ko‘rsatilgan. Bu muddatning aniqrog‘i, ya’ni Odamning yaratilishidan Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning hijratlarigacha
besh ming to‘qqiz yuz to‘qson ikki (5992) yildan ziyodroqdir. Nasroniylar ham o‘z tarixlarini bayon etishda har
bir payg‘ambar va har bir podshohning tug‘ilgan va vafot etgan yillarini aniq ko‘rsatish bilan o‘z da’volarini
isbotlashga harakat qilganlar. Ularning aytishlaricha, yahudiylar Iyso (a.s.)ni yomon ko‘rganlari va uning
payg‘ambarligini inkor qilganlari uchun, Tavrotda aniq sifatlari bayon etilgan va yahudiylarning o‘zlari intizorlik
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)