ﱠﻠﻟا ُﻢُﻬَﻟ ٌﺔَﻳﺁَو َنﻮُﻤِﻠْﻈُﻣ ْﻢُه اَذِﺈَﻓ َرﺎَﻬﱠﻨﻟا ُﻪْﻨِﻣ ُﺦَﻠْﺴَﻧ ُﻞْﻴ ) ٣٧ ( ﺎَﻬَﻟ ﱟﺮَﻘَﺘْﺴُﻤِﻟ يِﺮْﺠَﺗ ُﺲْﻤﱠﺸﻟاَو ِﻢﻴِﻠَﻌْﻟا ِﺰﻳِﺰَﻌْﻟا ُﺮﻳِﺪْﻘَﺗ َﻚِﻟَذ ) ٣٨ ( ِﻢﻳِﺪَﻘْﻟا ِنﻮُﺟْﺮُﻌْﻟﺎَآ َدﺎَﻋ ﻰﱠﺘَﺣ َلِزﺎَﻨَﻣ ُﻩﺎَﻧْرﱠﺪَﻗ َﺮَﻤَﻘْﻟاَو ) ٣٩ ( ﻻ ْنَأ ﺎَﻬَﻟ ﻲِﻐَﺒْﻨَﻳ ُﺲْﻤﱠﺸﻟا َنﻮُﺤَﺒْﺴَﻳ ٍﻚَﻠَﻓ ﻲِﻓ ﱞﻞُآَو ِرﺎَﻬﱠﻨﻟا ُﻖِﺑﺎَﺳ ُﻞْﻴﱠﻠﻟا ﻻَو َﺮَﻤَﻘْﻟا َكِرْﺪُﺗ ) ٤٠ ( «Tun ham ular uchun qudratimizdan bir alomatdir. Biz undan kunduzni sug‘urib olishimiz bilan birdaniga ular zulmatda qolurlar. Quyosh tinmay o‘z qarorgohi sari joriy bo‘lur. Bu qudratli va bilimli zotning o‘lchovidir. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘idek bo‘lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o‘lchab qo‘ygandirmiz. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha kunduzdan o‘zuvchidir. (Quyosh,oy va yulduzlarning) har biri bir falakda suzadilar». (Yosin, 37-40.) Ulamolar zamonning boshlanishi va oxiri borligiga ittifoq qilgan holda, uning muddati qancha ekanligi
to‘g‘risida turli fikrlar aytganlar.
Birinchi guruhning aytishicha, zamonning umumiy muddati yetti ming yildir. Ular o‘z fikrlarining to‘g‘riligini
isbotlash uchun quyidagi hadisni rivoyat qilganlar:
Said ibn Jubayrning rivoyat qilishicha, Abdulloh ibn Abbos shunday dedilar: «Dunyo oxirat jum’alaridan bir
jum’adir. Uning muddati yetti ming yildir. Bundan olti ming necha yuz yili o‘tib bo‘ldi. Yana bir necha yuz yil
o‘tadi».(Tarixi Tabariy. Qohira. 1939.1-j.6-bet.) Ikkinchi guruhning ta’kidlashicha, dunyoning muddati olti ming yildir. Ular ham o‘z fikrlarining isboti sifatida
shunday hadis keltirganlar:
«Ismoil ibn Abdulkarimning rivoyat qilishicha, Abdussamad ibn Mu’aqqal Vahb ibn Munabbahdan shunday
deganini eshitgan: «Dunyoning besh ming olti yuz yili o‘tib bo‘ldi. Men shu o‘tgan muddatdagi barcha
payg‘ambarlar va podshohlarning tarixini bilaman». Ibn Mu’aqqal Vahb ibn Munabbahdan: «Dunyoning
umumiy muddati qancha?»,-deb so‘raganda, Ibn Munabbah: «Olti ming yil»,-deb javob bergan».
Ikki toifaning ham aytgan fikrlari noto‘g‘ri va Alloh yaratgan zamonning muddati haqida aniq fikr bildirish ilmi
g‘aybga tajovuz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lganda edi, ming yil avval Yerda
hayot tugab, Qiyomat qoim bo‘lgan bo‘lar edi. Ulamolar dunyo yaratilgandan buyon o‘tgan muddatni hisoblab
topishlari mumkin, ammo uning oxiri haqida faqat Alloh biladi: