Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

Odam (a.s.) qissasi 
Qur’oni karimda Odamning qachon yaratilganligi aytilmagan, ammo Odamning yaratilishi va Odam qissasi 
turli shakllarda tushuntirib berilgan
(Baqara, 30-38.) 
Ba’zi islom olimlarining fikrlariga ko‘ra, Qur’oni karimda zikr etilgan «Odam» umuman «Inson»ni tamsil 
etadi. Demakki, «Odam (a.s.) qissasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi payg‘ambar Hazrati 
Odamninggina emas, har bir inson mohiyatiga oid ibratli hikoyadir. Qur’onning bildirishicha, Odamning Yer 
yuziga xalifa qilib yuborilishi insonning butun tabiat quvvatlariga hokim bo‘lishiga ishoradir. (Zakoi Ko‘nrapa. 
Payg‘ambarimiz va Asharai Mubashshara. 1-t. Toshkent. 1995. 20-bet.)
 
Odam (a.s.) qissasining to‘la tafsiloti turli kitoblarda, jumladan, o‘zbek tilida bosilib chiqqan «Qisasi 
Rabg‘uziy»( Rabg‘uziy)da mavjud. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Ulug‘ sahobalardan Abu Zar (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: «Payg‘ambarlarning eng avvali kim?» - deb 
so‘radilar. Rasululloh (s.a.v): 
«Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal inson qilib 
yaratdi»(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet)

Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey 
Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?»-deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v): «Albatta, Odam birinchi 
bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar»
- deb javob berdilar».(Abu Ja’far Muhammad ibn 
Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 102-bet)
 
 
Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish 
(ibodat) yozilgan edi. 
Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini 
yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan. (O’sha manba va sahifa.)
Odam (a.s.)ning farzandlari otalari keltirgan shari’atni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar. Odam (a.s.) 
ming yil umr ko‘rdilar(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j. 
105-bet.)

Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib(Seylon)
dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays 
tog‘idagi g‘orda, deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Bayt ul-Muqaddasga dafn 
etilganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 14-bet.)

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin