Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
«Albatta, Men loydan bir odam yaratguvchidirman. Bas, qachon uni rostlab, unga o‘z ruhimdan
puflab kirgazganimdan so‘ng unga sajda qilgan holda yiqilinglar!»
-(Sod, 71-72.)
deb buyurdi.
Keyin Jabroil (a.s.)ni tuproq olib kelish uchun Yerga yubordi. Yer Jabroilga tuproq berishdan bosh tortdi va:
«Men Allohdan sendan najot berishini va menga nuqson yetkazishingdan saqlashini so‘rayman», - dedi.
Jabroil (a.s.) Alloh huzuriga chiqib, tuproq ololmaganlarining uzrini aytdilar. Alloh Mikoil farishtani yubordi.
Mikoilga ham Yer tuproq bermadi.
Alloh taolo o‘lim farishtasi Azroilni yubordi. Yer unga ham tuproq bermay Allohdan panoh so‘radi. Azroil:
«Men ham tuproq olmasdan va Allohning buyrug‘ini bajarmasdan qaytib ketishdan Allohdan
panoh
so‘rayman», - dedilar va Yerning bir necha rangli – qizil, oq, qora tuprog‘idan oldilar. Shu sababli insonlarning
ranglari turlichadir.
Azroil (a.s.) tuproqni Allohning
huzuriga olib chiqdilar, unga suv qo‘shib aralashtirdilar, yopishqoq loyga
aylandi. Shu holicha tashlab qo‘yildi, to qora balchiqqa aylandi. Shuning uchun otamizning nomlarini Odam
deyildi, chunki bu so‘z «adim» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralash tuproq» degan ma’noni bildiradi.
Abu Muso al-Ash’ariy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) dedilar:
«Alloh taolo Odam (a.s.)ni Yerning hamma joylaridan olingan tuproqdan yaratgan. Yer turlicha
rangda va tabiatda bo‘lgani uchun Odam farzandlari ham qizil, qora, oq yoki bu ranglar orasidagi
ko‘rinishda, tabiatlari esa xursand, xafa, yaxshi, yomon holatda bo‘ladilar. Tuproqni ho‘llab, yopishqoq
Dostları ilə paylaş: